Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Sanalish-sanalmasligiga ko‘ra otning turlari


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

Sanalish-sanalmasligiga ko‘ra otning turlari 
Mazkur xususiyatga ko‘ra otlar ikkiga bo‘linadi: 
1. Sanaladigan otlar. 


40 
2. Sanalmaydigan otlar. 
Sanaladigan otlar. Bu otlarga turdosh – aniq otlar kiradi va ular 
quyidagi belgilari bilan ajralib turadi. 
1) -lar ko‘plik qo‘shimchasini qabul qiladi. M.: bola+lar, 
kitob+lar, uy+lar, qishloq+lar, shahar+lar. 
2) sanaladigan otlar oldidan miqdor va tartib sonlar kelib uning 
miqdorga ko‘ra belgisini izohlab, keladi. M.: besh kilogramm olma, 
ikkita ko‘chat, birinchi farzand.  
Sanalmaydigan otlar. Bu otlar ko‘plik –lar qo‘shimchasini qabul 
qilmaydi, shuningdek, ular oldidan aniqlovchisi sifatida son 
kelmaydi.
Sanalmaydigan otlarga quyidagilar kiradi: 
1) mavhum otlarsevgi, sadoqat, ilm, odob, sevinch, tuyg‘u. 
2) atoqli otlar: Buxoro, Yevropa, Tinch okeani. 
3) jism-modda otlari: suv, shaker, un, neft, choy, havo. 
Otning yasalishi 
 
Otlar so‘z yasalishining barcha usullari, ya’ni affiksastiya, 
kompozistiya, konversiya hamda leksik-semantik va fonetik usullar 
yordamida yasaladi. 
Kompozistiya usuli bilan juft, takroriy va qo‘shma otlar yasaladi 
(ular keyingi faslda ko‘rib o‘tiladi). 
Leksik-semantik usul yordamida otlarning ko‘chma ma’nolari 
hosil bo‘ladi. Masalan: listeyimiz qaldirg‘ochlari, yigitning guli, 
samovarga bormoq, tirnoqqa zor, tuyoq sonini ko‘paytirmoq, 
aravaning o‘qi. 
Fonetik usul yordamida bo‘r — bo‘z, ko‘r — ko‘z, boshoq — 
mashoq, yagona – yagana, ogʻa – ini – og‘ayni, oshiq-ma’shuq — 
oshiq-moshiq, qattiq - qatiq, qozon - qosqon (ya’ni manti qozon), 
oyoq - adoq, aka - uka kabi juftliklarning biri ikkinchisidan hosil 
bo‘lgan. Ko‘r fe’li, yagona va qattiq sifatlaridan ot yasalishida 
fonetik usul bilan birgalikda konversiya ham ishtirok etgan. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling