M.: Nodirshoh, Boburshoh.
5. Tarixiy sana va bayram nomlarining yozilishi. Tarixiy sana va
bayram nomlarining tarkibidagi birinchi so‘z bosh harf bilan yoziladi.
M.: 1-yanvar – Yangi yil bayrami, 8-mart – Xotin-qizlar kuni,
21-mart – Navro‘z bayrami, 9-may – Xotira va qadrlash kuni,
1-sentabr – Mustaqillik kuni, 21-oktabr – Til bayrami.
Qanday atoqli otlar qo‘shtirnoq ichiga olinadi?
Turli korxonalar, mahsulotlar, inshootlar, transport vositalari
kabilarga berilgan shartli nomlar qo‘shtirnoq (“”) ichida bosh harf
bilan (birikmali holatlarda faqat bir so‘z) yoziladi. M.: “Xalqlar
do‘stligi” saroyi, “Buxoro” mehmonxonasi, “Bahor” konsert zali,
“Alisher Navoiy” kutubxonasi…
Atoqli otlarning so‘z turkumlaridan hosil bo‘lishi. Atoqli otlar
quyidagi so‘z turkumlaridan hosil bo‘ladi:
1. Turdosh otlardan: Shabnam, Shuhrat, Bahor, Lola.
2. Sifatdan atoqli ot hosil bo‘ladi: Aziz, Azamat, Oqil, Ulug‘,
Go‘zal, Botir.
37
3. Sondan hosil bo‘ladi: Beshim, Sakson, To‘qson.
4. Olmoshdan hosil bo‘ladi: Kimsan.
5. Fe’ldan hosil bo‘ladi: Turdi, To‘xtasin, Sotiboldi, Unsin,
Ochil, Olloberdi, Xudoyberdi, Berdi.
6. Ravishdan hosil bo‘ladi: Bultur, Ortiq, Muqaddam.
7. Undovdan hosil bo‘ladi: Salom, Shukur.
ESLATMA
! Atoqli otlar ham turdosh otga aylanadi, bunda ayrim
shaxslarning nomi o‘zlari kashf etgan hodisani ifodalaydi. M.:
amper, rengen, nyuton, paskal, volt, joul.
Atoqli otlar nimani atab kelishiga ko‘ra sh a x s nomlari va joy
Do'stlaringiz bilan baham: |