Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

 
 
Kelishik qo‘shimchalarining so‘zdagi o‘rni 
 
Kelishik qo‘shimchalari so‘z tarkibida eng oxirida qo‘shilib 
keladi. 
Formula

Asos+so‘z yasovchi+lug‘aviy shakl yasovchi+egalik q.+kelishik q. 
M.: bog‘bon + lar + imiz + ga, gul+don+cha+da. 
ESLATMA
.
Jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigidagi so‘zlar ot 
kesim vazifasida kel
sa, bu kelishik qo‘shimchalaridan so‘ng
yuklama yoki I guruh shaxs-son (-man, -san, -miz, -siz, -
dir), ya’ni 
munosabat qo‘shimchasi kelishi mumkin.
M.: Men dars/da/man
Mehmon, Samarqand/dan/mi/siz? 
 
Kelishiklarning belgili-belgisiz kelishi 
Oltita kelishikdan to‘rttasining qo‘shimchasi gapda belgili yoki
belgisiz kelishi mumkin. Shulardan qaratqich, tushum kelishigi 
qo‘shimchalarining belgili, belgisiz kelishi faol. M.: maktab hovlisi
paxta chanogi,  kitob o‘qimoq, mashina boshqarmoq. Jo‘nalish 
hamda o‘rin-payt kelishiklarining qo‘shimchalari passiv bo‘lsa-da, 
belgisiz keladi. M.: chang‘i uchmoq, bozor bormoq. 
Kelishik qo‘shimchalarining o‘z ma’nosini yo‘qotishi 
 
Unutmaslik lozimki, jo‘nalish, o‘rin-payt hamda chiqish 
kelishiklarining qo‘shimchalari ayrim so‘zlarga qo‘shilib, o‘z 
grammatik ma’nosini yo‘qotadi va o‘zak bilan birikib, ajralmas 
holga kelib, ravishga ko‘chadi. M.: birga (kelmoq), tezda (bajarmoq) 
boshda (kelishmoq), birdan (yig‘iladi). 
Kelishik kategoriyasi va so‘z turkumlari 
Yuqorida ta’kidlanganidek, kelishik qo‘shimchalari ot so‘z 
turkumidan boshqa so‘z turkumlariga ham qo‘shilib, ularni turlab 
keladi.


62 
A. Kelishik qo‘shimchalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qiluvchi 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling