Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Gapda tushum kelishigidagi so‘z va o‘timli fe’l o‘rtasida


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

2. Gapda tushum kelishigidagi so‘z va o‘timli fe’l o‘rtasida 
boshqa so‘z bo‘lsa, belgili ishlatiladi. Solishtiring: 
Qiziqib kitob o‘qimoq – kitob/ni qiziqib o‘qimoq, miriqib suv 
ichmoq – suv/ni miriqib ichmoq, to‘yib ovqat yemoq – ovqat/ni 
to‘yib yemoq. 
 
3. Fe’lning harakat nomi tushum kelishigini belgili qabul 
qiladi. M.: O‘ylash/ni o‘rganamiz, gapirish/ni bas qiling. 
 
4. Tushum kelishigidagi so‘z oldidan unga bog‘lanib 
sifatlovchi-aniqlovchi kelsa, belgili ishlatiladi. Solishtiring:  
Asar o‘qiyapman – qiziqarli asar/ni o‘qiyapman, gul uzmoq – beshta 
gul/ni uzmoq, mashina boshqarmoq – yangi mashina/ni boshqarmoq. 
Egilgan boshni qilich kesmas. 
 
5. Tushum kelishigidagi so‘zlar tarkibida egalik yoki ko‘plik 
qo‘shimchasi bo‘lsa, belgili ishlatiladi. M.: kitob ber – kitob/im/ni 
ber, ko‘chat o‘tqaz – ko‘chat/lar/ni o‘tqaz. 


70 
 
6. Olmoshlar odatda belgili qabul qiladi. M.: siz/ni taklif 
qilamiz, barcha/ni tabriklaymiz, siz/ni sevaman. 
7. Otlashgan so‘z turkumlari tushum kelishigini belgili qabul 
qiladi. M.:  1) sifat: Yaxshi/ni bir sina, yomon/ni ming. 
2) ravish: Ko‘p/ni ko‘rib, fikr qil, o z/ni ko‘rib shukur qil. 
3) fe’lning otlashgan sifatdosh shakli: Bo‘zchi bilgani/n to‘qir, 
Baxshi bilgani/n o‘qir. 
4) otlashgan undov so‘z: Bolam, salom/ni kanda qilma. 
8. Tushum kelishigidagi so‘zni ta’kidlash shart bo‘lsa, yoki 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling