Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


ESLATMA! Takroriy sifatlar belgini


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

ESLATMA! Takroriy sifatlar belgini t a’ k i d l a b,
k u ch a y t i r i b  ifodalaydi. M.: Kimdir yelpib-yelpib barra-barra 
go‘shtlardan kabob pishiryapti. 
 
VI. Sifat shakl yasovchining lug‘aviy shakl yasovchilariga ega. 
Ular: -ish: ko‘k/ish, oq/ish. 
-mtir/-imtir: qora/mtir, ko‘k/imtir. 
-tob: yashil/tob. 
-g‘ish: qizg‘ish. 
Unutmang! Mazkur qo‘shimchalar faqat rang-tus belgisini 
bildiruvchi sifatlarga qo‘shiladi. Biroq –roq qoʻshimchasi sifatning 
barcha ma’no turlariga qoʻshila oladi: qora/roq, oq/roq, chiroyli/roq
mazali/roq, og‘ir/roq, baland/roq... 
BILIB OLING!
Sifatning - roq qo‘shimchasi, sifatdan tashqari 
ravishga (tez/roq, erta/roq, ko‘p/roq), fe’lning ravishdoshiga 
(o‘ylab/roq, shoshilib/roq, indamay/roq), hamda modal ma’noli 
so‘zlarga (zarur/roq, yo‘q/roq) qo‘shilib keladi. 
VII. Sifatning asosiy morfologik xususiyatlaridan biri daraja
kategoriyasiga egaligidir. Sifat darajasining to‘rtta shakli mavjud. 
Ular: 1. Oddiy daraja; 2. Ozaytirma daraja; 3.Qiyosiy daraja;
4. Orttirma daraja. (Quyiga qaralsin). 
VIII.Sifat belgini to‘g‘ridan to‘g‘ri ifodalash-ifodalamasligiga 
hamda belgini darajalash-darajalamasligiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: 
1. Asliy sifat – darajalana oladigan sifatlardir. M.: go‘zal+roq
shirin+roq, yuzaki+roq, hozir/javob+roqjuda go‘zal, eng shirin, sal 
yuzaki, juda hozir/javob. 
 2. Nisbiy sifat. Soddagina aytganda, darajalana olmaydigan 
sifatlardir. M.: tungi, bahorgi, deraza/li, devor/iy. 
 IX. Sifatning muhim morfologik xususiyatlaridan biri uning 
otlashishidir. Sifat otlashganda, quyidagi holat kuzatiladi: 
1. Ot tarkibidagi grammatik ko‘rsatkichlar, ya’ni ko‘plik, egalik, 
kelishik qo‘shimchalari sifatga qo‘shilib keladi. 
2. Otning so‘rog‘ini qabul qiladi. 
3. Otning sintaktik vazifasida keladi. Solishtiring: 
Sifat 
Otlashgan sifat 
Sinfimizda a’lochi o‘quvchi+lar Sinfimizda a’lochi+lar(ning) soni 


81 
soni tobora ortib bormoqda.
tobora ortib bormoqda. 
Keksa kishi+lar katta hayotiy 
tajribaga ega bo‘ladilar. (qanaqa 
kishi?) 
Keksa+lar katta hayotiy tajribaga 
ega bo‘ladilar.(kim?) 
Dangasa odam+ning bahonasi 
ko‘p. (qanaqa odamning?) 
Dangasa+ning bahonasi ko‘p. 
(kimning?) 
Katta odam+ga katta bo‘l, kichik 
odam+ga – kichik. (qanday 
odamga?) 
Katta+ga katta bo‘l, kichik+ga – 
kichik. (kimga?) 
X. Sifat ismlardan biri sanaladi, chunki belgini nomlab keladi 
va munosabat qo‘shimchalarini, ya’ni egalik, kelishik, -man, -miz, -
san, -siz, -dir qo‘shimchalarini qabul qiladi. M.: Yaxshiga 
yaxshi+man, yomonga yomon+man
Qiziquvchilar uchun. 1. Sifat fe’l kesimga bog‘lansa, ravish 
vazifasida keladi. M.: chiroyli kuldi(qay tarzda?), achchiq-achchiq 
gapirdi(qay tarzda?). Samoning bulutlar siyrak, zangorsimon, 
sahnida ham to‘lishmagan qandaydir beshakl oy xira, rangsiz 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling