Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


IZOH! Lekin sonlar quyidagi soz turkumlarining yasovchilarini  qabul qilib soʻz yasalish uchun asos boʻladi. M.:  Ot


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

IZOH! Lekin sonlar quyidagi soz turkumlarining yasovchilarini 
qabul qilib soʻz yasalish uchun asos boʻladi. M.: 
Otoʻnlik, beshlik; Fe’lbirlash, ikkilan, nimtala;
Sifatikkichi, beshchi; Ravishbittalab, toʻrttalab (sanadi) 

Ta’kidlash lozimki, son kompozitsiya usuli bilan yasaladi. M.: oʻn 
bir, oʻn yetti, bir yuz bir. 
• 
UNUTMANG!
  
Qoʻshma sonlar doim ajratib yoziladi.
III. Son lug’aviy shakl yasovchi qoʻshimchalarga ega. Ular faqat 
sanoq solargagina qoʻshilib, sonning ma’no turlarini hosil qiladi. 
-ta: ikkita, beshta. 
-tadan: ikkitadan, beshtadan. 
-tacha: ikkitacha, beshtacha. 
-lab: oʻnlab, yuzlab. 


96 
 
IV. Son sintaktik shakl yasovchilarga ega emas. 
ESLATMA
-ov shaklidagi jamlovchi sonlar otga xos egalik, kelishik 
qoʻshimchalarini toʻg’ridan-toʻg’ri qabul qilsa (ikkovimizga
beshshovimizdan), boshqa sonlar otlashib, egalik, kelishik 
qoʻshimchalarini qabul qiladi. M.: Ikkimiz tezroq bajaramiz.
 
V. Son hisob – numerativ soʻzlarga ega. M.: 5 kg olma, 2 km 
yoʻl, oʻn kub tuproq, 2 l sut. 
VI. Sonlar tuzilishiga koʻra 4 ga boʻlinadi: 
1.Sodda son. 3. Juft son. 
2. Qoʻshma son. 4. Takror son. 
Sodda son – bir asosdan iborat. 
Oʻzbek tilida asosan 23 ta tub sodda son bor. Ular: nol, bir, ikki, 
uch, toʻrt, besh, olti, yetti, sakkiz, toʻqqiz, oʻn, yigirma, oʻttiz, qirq, 
ellik, oltmish, yetmish, sakson, toʻqson, yuz, ming, million, milliard.
ESLATMA!
Quyidagi soda sonlar tarixan yasama boʻlgan: oltmish 
(olti+mish), yetmish (yetti+mish), sakson (sakkiz+oʻn), toʻqson 
(toʻqqiz+oʻn). Izoh: mish boshqird tilida oʻn degani. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling