soʻzlar: dona, nusxa, bosh, tup, nafar.
2. Butun, guruh, yoki toʻdaning qismini hisoblash uchun
ishlatiladigan hisob soʻzlar: burda, parcha, varaq(bet, sahifa), og’iz,
luqma, siqim, tilim (karch), chimdim, qultum, tomchi, qatra, chaqmoq,
nimta, toʻg’ram, poy, boʻlak, shingil.
3. Toʻdalab, guruhlab koʻrsatuvchi hisob soʻzlar: gala, toʻp,
guruh, toʻda, dasta, bog’(bog’lam), quchoq, shoda, gruppa, hovuch.
4. Juft predmetlar hisobini koʻrsatuvchi soʻzlar: juft, par(a).
5. Og’irlikni oʻlchash uchun ishlatiladigan hisob soʻzlar: gramm,
kilogramm, litr, pud, tonna, sentner, misqol, qadoq, botmon; taxminiy
hisobni bildiruvchi hisob soʻzlar: piyola, kosa, qoshiq, choynak,
qop(xalta), quti.
6. Uzunlik oʻlchovini bildiruvchi hisob soʻzlar: qadam, qarich,
quloch.
7. Yosh hisobi uchun qoʻllanadigan hisob soʻzlar: yashar,
yoshdagi, yoshli.
8. Vaqt oʻlchovini bildiradi: asr, yil, oy, kun, kecha-kunduz, hafta,
daqiqa, soat, soniya.
9. Qiymat (pul) hisobini bildiruvchi hisob soʻzlar: soʻm, tiyin,
miri, paqir, dinor.
101
10. Ish-harakat miqdorini bildiradi: marta// martaba// marotaba,
karra, qatla, sidra (bular tartib sonlar bilan ham qoʻllaniladi).
№ O‘lchov turlari
O‘lchov birliklari (hozirgi)
Tarixiy o‘lchov
birliklari
1. Og‘irlik o‘lchovlari Milligramm,
gramm,
kilo(gramm), litr, tonna,
sentner
Misqol, botmon, paysa,
dahsar
2. Uzunlik o‘lchovlari Millimetr,
santimetr,
ditsimetr, kilometr
Chaqirim,
qarich,
yog‘och, gaz, qadam
3. Donalik o‘lchovlari Dona, bosh, nafar, tup
Dona, bosh, nafar
4. Maydon o‘lchovlari Sotix, gektar
Tanob
Do'stlaringiz bilan baham: |