Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


UNUTMANG! Hisob soʻzlari asosan ot soʻz turkumiga


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

UNUTMANG! Hisob soʻzlari asosan ot soʻz turkumiga 
mansub.
Hisob soʻzlari sanoq son va ot oʻrtasida kelib, son bilan birgalikda 
bitta gap boʻlagi vazifasida keladi. M.: bir hovuch suv, 2 qop un, besh 
yashik olma. 
Oʻzbek tilida hisob soʻzlarning ishlatilishi juda keng va xilma-
xildir. 
Eski hisob soʻzlari:
Botmon (16 kg 365 gr)Uch botmon bug’doy oldi. 
Qadoq (400 gr): Qassobdan yarim qadoq goʻsht olib kel. 
Jon: Oilada toʻrt jon odam bor. 


100 
Tanob ( 8,33 sotix): Qishloqda toʻrt tanob yeri bor. 
Gaz: Toʻrt gaz boʻzini olib ketishibdi. 
Sarjin: Har kuni besh sarjin oʻtin sotadi. 
Paysa ( taxminan 50 gr): Ikki paysa goʻsht boʻlsa edi. 
Taxta: Bir necha kunlik ishdan soʻng besh taxta qog’oz tayyorlandi. 
Yumaloq: Toʻrt yumaloq pamil choy oldi. 
Mahal (vaqt): Besh vaqt namoz. Dorini ikki mahal iching. 
Pud: Ellik pud paxta sotdi. 
Tosh: Manzilga qadar ikki tosh yoʻl qoldi. 
Soʻlkavoy: Bir soʻlkavoy pul oldi. 
Enlik: Onasigga ikki enlik xat ham yozmaydi-ya.
Chaksa ( taxminan 5 kg): Nosfurush kechgacha bir chaksa nos 
sotdi. 
Misqol ( taxminan 4,25 gr): Oltin tanga bir misqol atrofida ekan. 
XX asrda rus tili ta’sirida kirib kelgan hisob soʻzlari: gektar, 
kubometr, kilovatt-soat, sotix, pachka, millimetr, santimetr, detsimetr, 
metr, kilometr, kilo, sentner, tonna, gradus, par, ekzemplyar. 
1. Predmetlarni yakkalab hisoblash uchun ishlatiladigan hisob 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling