Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Download 1.68 Mb.
bet26/93
Sana26.01.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1126397
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   93
Bog'liq
мажмуа

Qator sinflar tizimi. Qator sinflar yoki mangeym tizimining asoschisi Yozef Anton Zikkinger (1858-1930) edi. Y.A.Zikkingerning fikricha, o`quvchilar aqliy taraqqiyotining har xil darajada bo`lishi jamoa asosidagi o`qitishning eng asosiy kamchiligidir. Bir xil yoshdagi, lyokin taraqqiyot darajasi turlicha bo`lgan o`quvchilarni bir jamoaga to`plab o`qitish ta`limni tashkil etish, unga rahbarlik qilishni murakkablashtiradi. Bu kamchilikni yo`qotish uchun bolalarni layoqati, qobiliyati, o`zlashtirish darajasiga qarab turli qator sinflarga ajratmoq zarur. Y.A.Zikkinger shu tezisga asoslanib, bir xil yoshdagi o`quvchilarni to`rt qator-har xil sinflarga birlashtirishni taklif etgan edi: asosiy sinflar-o`rtacha qobiliyatga ega o`quvchilar sinfi; qobiliyatlari kam taraqqiy etgan o`quvchilar sinfi-sinf o`quvchilarining barchasi maktabni tugatishi shart emas; yordamchi sinflar-aqlan zaif bolalar sinfi; chet tillar sinfida eng qobiliyatli bolalar o`qishadi, ular yuqori sinflarda kollej va oliy o`quv yurtlarida o`qishni davom ettirishadi.
Har bir qator sinfda o`qish muddati ham turlicha belgilangan asosiy sinflarda o`quvchilar 8 yil, ikkinchi (qobiliyatlari kam taraqqiy etgan) va uchinchi (aqlan zaif) qator sinflarda to`rt yil, qobiliyatli bolalar sinfida esa 6 yil o`qishgan. Har bir qator sinfda o`quv-tarbiya ishlari alohida dastur, darslik, tartib asosida o`tkazilgan. O`quvchilarning qobiliyati, layoqati, taraqqiyot darajasiga ko`ra mashg`ulotlar tashkil etiladi.
Tramp rejasi. O`tgan XX asrning 60-yillarida sinfning jamoa va bolalarning individual ishlarini o`zaro qo`shib olib borish g`oyasi asosida ta`limni tashkil etish masalasini amerikalik pedagog Loyd Tramp ishlab chiqqan. L.Trampning fikricha, maktablarda umumta`lim berish uchun 100-150 o`quvchiga mo`ljallangan guruhlar tashkil etilishi lozim. Bunda ta`lim uchun ajratilgan vaqtning 40 foizi miqdorida ish turli texnik vositalar yordamida nazariy materialni o`rganishga ajratiladi. Keyin o`quvchilar kichik guruhlarga 10 yoki 15 kishidan bo`linadi. Buning uchun 20 foiz vaqt ajratiladi. Shu vaqt mobaynida ma`ruza paytida tinglangan, informatsiyalar tahlil etiladi, savol-javob o`tkaziladi, o`rganilgan materiallar oldin o`tilgan mavzular bilan solishtiriladi, ularni farqlari ajratiladi. Keyin har bir o`quvchi uchun alohida mustaqil ish topshiriladi. O`quv jarayoni uchun ajratilgan vaqtning 40 foizi doirasida bolalar mustaqil ishlab, turli intellektual ishlarni bajarishadi.
Ta`limning tashkiliy shakllari o`quvchilar miqdori va ta`limni amalga oshirish o`rniga ko`ra tasnif etiladi.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling