Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi


O`tganlarini takrorlash bosqichi


Download 1.68 Mb.
bet34/93
Sana26.01.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1126397
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   93
Bog'liq
мажмуа

O`tganlarini takrorlash bosqichi. Takrorlash darsning yana bir bosqichi o`zaro bog`langan uch zvenodan iborat: 1) oldingi o`rganilgan bilimlarni ongli esga tushirish; 2) esga tushirilgan bilimlarni turli o`quv sharoitlariga tatbiq etish; 3) bilimlar doirasini kengaytirish. O`quv materialiga ikkinchi marta takroriy duch kelinganda bolalar ongida kumulyatsiya hodisasi yuz berib, ular shu mavzuning yangicha xususiyatlarini anglab olishadi.
Yuqoridagi bosqichlarga o`xshab, bilim va malakalarni tekshirish, darsni tashkil etish, uy vazifasini tekshirish, o`quvchilar bilimini baholash, darsni yakunlash ham dars bosqichlari hisoblanadi. Har bir dars yuqorida sanalgan bosqichlarning o`zaro kombinatsiyasi, turlicha bog`lanishidan tashkil topadi.






















9-MAVZU. PEDAGOGIK MAHORATNING TARKIBIY QISMLARI VA ULARNING MOHIYATI.
Reja:
1. Pedagogning mahorati.
2. Pedagogik ijod va madaniyat
3. O’qituvchi faoliyatining asosiy yo’nalishlari.
1. Pedagogik mahorat - bu o’qituvchi – tarbiyachining shunday shaxsiy (bolajonligi, xayrixohligi, insonparvarligi, mehribonligi va h.k.) va kasbiy (bilimdonligi, zukkoligi, fidoyiligi, ijodkorligi, eruditsiyasi va h.k.) fazilatlarini belgilaydigan hususiyatki, u o’z o’quv fanini chuqur va atroflicha bilishida, pedagogik – psihologik va metodik tayyorgarligida, talaba – yoshlarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo’llarini izlab topib, amaliy faoliyatga qo’llashida namoyon bo’ladi.
Pedagogik mahorat - pedagogik jarayonda tarkib topadi. Pedagogik jarayon esa kasbiy va shahsiy tayyorgarlikni yo’lga qo’yib, bo’lajak mutahassisni mehnatga, hayotga tayyorlash uchun davlat, jamiyat, millat va kelajak avlod oldida javob beradigan mutahassislarni tayyorlashga hizmat qiladi. SHuning uchun, pedagog shahsiy va kasbiy fazilatlar egasi bo’lishi lozim. Pedagogning shahsiy fazilatlari sirasiga iymon – e’tiqodi, dunyoqarashi, ijtimoiy ehtiyoj va faolligi, odob – ahloqi, fuqarolik burchlarini his qilishi, ma’naviyati, dilkashligi, talabchanligi, qat’iyligi va maqsadga intilishi, insonparvarligi, huquqiy bilimdonligi va h.k.lar kiradi. Bular o’qituvchiga kasbiy hususiyatlarni o’zida tarbiyalab borishga ko’maklashadi.
Yuqorida qayd etib o’tilgan va pedagogik mahoratga berilgan ta’rif, hamda o’qituvchi-tarbiyachining professiogrammasi hususiyatlari va o’qituvchiga qo’yiladigan ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiy-madaniy talablardan kelib chiqib pedagogika nazariyasi pedagogik mahoratni quyidagi asosiy komponent (tarkibiy qism)lardan iborat bo’lishi lozimligini ifodalaydi. (1.1 jadvalga qarang).
Bularning barchasi hususiy mohiyat-mazmun kasb etsada, ular yahlit holda o’qituvchi-tarbiyachi(pedagog)ning kasbiy malakalarining mazmunini ifodalaydi. ero, pedagogik tehnika – o’qitish, ta’sir ko’rsatish, ta’lim tarbiya oluvchilarga o’z his-tuyg’ulari, bilimlari, ahloqiy fazilatlarini uzatish tehnologiyasini ifodalasa, pedagogik muomala – o’qituvchi kasbiy faolligining bir ko’rinishi bo’lib, ta’lim - tarbiyada shu jarayon ishtirokchilarining o’zaro ta’sir va hamkorligini aks ettiradi.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling