Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Download 1.68 Mb.
bet32/93
Sana26.01.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1126397
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   93
Bog'liq
мажмуа

Dars tipologiyasi. Darsning tashkiliy qurilishidagi asosiy kamchiliklaridan biri darslarning chegaralash uchun ishlatilgan atamalarda bo`lsa, ikkinchisi darslarning tipologiyasidir. Didaktik adabiyotlarda dars tiplari turlicha pirinsiplar asosida ajratilgan. Pedagogika darsligida “mashg`ulotning asosiy qismini (dars soatining ko`p qismini) ishg`ol qilgan” vaqtga qarab dars tiplarini ajratish o`lchov qilib olingan. Ayrim didaktlar dars tiplarini tasnif etishda o`qitish metodlarini ko`zga tutishgan. Vaqt taqsimoti, o`qitish metodi dars tiplarini ajratishning asosiy prinsipi bo`la olmaydi. 30 yoki 45 daqiqalik vaqtni taqsimlashda o`quv materialining hajmi, murakkabligi, sinf o`quvchilarining tayyorgarlik darajasi hisobga olinadi. Bir metod vositasida o`rganilgan o`quv materialini ikkinchi bir metod yordamida o`rganish mumkin. Asosiy masala o`quv materiali mazmuniga muvofiq, uni o`zlashtirishni osonlashtiradigan ta`lim metodini tanlashdir.
S.V.Ivanov dars tiplarini ta`lim jarayonining xususiyatlari va uning tarkibiy qismlari ta`lim bosqichlariga ko`ra ajratadi. Ta`lim jarayoni juda ko`p akt, zveno, bosqichlardan iborat. Ana shunga ko`ra S.V.Ivanov tasnifida sakkiz xil dars tipi ajratilgan: kirish darsi; yangi bilimlarni (tushuncha, qonun-qoida, ta`rif) o`zlashtirish darsi; o`rganilgan bilimlarni qo`llash darsi; malaka hosil qilish darsi; mustahkamlash va takrorlash, umumlashtirish darsi; kontrol darsi; aralash darsi.
Dars tiplarini ta`lim jarayoniga tatbiq etilayotgan o`quv holatlari asosida tasnif etish g`oyasi ham mavjud. A.A.Budarniy o`quv holatlari asosida ikki xil dars tipini ajratgan: sodda dars ikki yoki bir necha bir xil o`quv holatlaridan iborat dars; murakkab dars ikkidan ortiq har xil o`quv holatlaridan iborat dars. O`quv holatlari xarakteri asosida dars tiplarini ajratish yangicha qarash bo`lsa-da, ”Sodda dars” va “Murakkab dars” atamalari asosida o`quv-tarbiya jarayonini rejalashtirish hamda tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish mumkin emas. Dars tipi, I.V.Ivanovning yozishicha, u yoki bu o`quv soati uchun asossiz qabul qilingan yorliq emas, aksincha, o`rganilayotgan mavzu doirasida o`zida dialektik qo`llash va nazorat qilish bosqichlarining jonli orientiridir.
B.P.Yesipov, I.T.Ogorodnikov darsning didaktik maqsadi, dars tipining mashg`ulotlar tizimidagi o`rnini hisobga olib, quyidagicha dars tipologiyasini ishlab chiqishgan: yangi bilim berish darsi; malaka va ko`nikmalarni shakllantirish darsi; umumlashtirish darsi; takrorlash va mustahkamlash darsi; kontrol dars; aralash dars. Hozirgi didaktik nazariya va pedagogik amaliyotda B.P.Yesipov, I.T.Ogorodnikov tipologiyasi amaldagi qarash sanaladi. Ammo bu tipologiyada ham qator kamchiliklar bor: unda, avvalo, dars tiplari tartibsiz belgilangan; ikkinchi (“malaka va ko`nikmlarni shakllantirish”) va to`rtinchi (“takrorlash va mustahkamlash”) dars tiplarini bir biridan farqlash imkoniyati mavjud emas; o`quv materialini o`rgatish bilan uni mustahkamlash o`rtasida uzilish yuz bergan. Chunki hozirgi pedagogig amaliyotda o`quv materialini o`rgatish va mustahkamlash ketma-ket olib boriladi. Xo`sh, shunday ekan, dars tiplarini qaysi prinsip asosida ishlab chiqish, ularni ajratish mumkin.
Biz dars tipologiyasini ishlab chiqish va ularning tiplari, turlarini ajratishda ta`lim jarayonining yirik birliklariga tayanamiz. Ta`lim jarayonining shunday katta birligi uning davrlari (sikllari) hisoblanadi (ta`limning davrlari to`g`risida 5-bobga qarang). Ta`lim davr (sikl)lari asosida darsning quyidagicha tiplari ajratiladi: yangi o`quv materialini o`rganish va mustahkamlash darsi; bilim va malakalarni umumlashtirish darsi; bilim va malakalarni tekshirish darsi; Dars tipologiyalarini o`zaro solishtirish va ularning maqbulini tanlashni talabalarning o`z ixtiyoriga topshirish maqsadida quyidagi jadvalni keltiramiz.


Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling