Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Download 1.68 Mb.
bet39/93
Sana26.01.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1126397
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   93
Bog'liq
мажмуа

11-MAVZU. Ta’lim tarbiya jarayonida ilmiy va umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish (2 soat)
Reja:

  1. Mustaqil fikrlash, ilmiy dunyoqarash va milliy g‘oyani shakllantirish o‘quv-tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari.

  2. O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismlari.

  3. Aqliy tarbiyaning maqsadi va vazifalari. Aqliy tarbiya vositalari.

  4. Iqtisodiy tarbiya - o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismi sifatida..


Muammoli blok. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojining o‘zaro aloqadorligini tahlil etish. “Ommaviy madaniyat”ning ko‘rinishlari va salbiy ta’sirini tahlil etish.
Mustaqil ta’lim bloki. “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” kitobining “Milliy mafkuramizning asosiy g‘oyalari” bo‘limini konspekt qilish. SHarq allomalarining ma’naviy-axloqiy tarbiya to‘g‘risidagi fikrlarini alohida ajratib, konspekt qilish.
Tayanch tushunchalar: mehnat, mehnat tarbiyasi, mehnat turlari, jismoniy tarbiya, jismoniy yetuklik, jismoniy tarbiya vositalari, estetika, estetik tarbiya, astetik madaniyat, axloq, ma’naviyat, tarbiya, ma’naviy axloqiy tarbiya, ma’naviy-axloqiy tushunchalar, manaviy-axloqiy xulq-atvor, ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlari.

O‘sib kelayotgan yosh avlodning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish hamma davrlarda bo‘lgani kabi, hozir ham millatning ilg‘or kishilari diqqat markazida bo‘lib kelmoqda.


Xo‘sh, dunyoqarashni qanday tushunish kerak? Dunyoqarash-bizni o‘rab olgan borliq nima, u qanday rivojlangan, tabiatda inson qanday o ‘rin tutadi, uning ongi qanday paydo bo‘ldi va kamol topdi,jamiyatningyaralish tarixi qanday, insoniyat turmush darajasini qanday qilib yaxshilash mumkin va shu kabi masalalarga kishilarning turlicha qarashlari, munosabatlaridir. Inson o‘z faoliyatida ma’lum ilmiy bilimlardan, qonuniyatlardan,tushuncha va g‘oya!ardan foydalanadi. Ana shu bilimlarga asoslanib, tabiat, jamiyat va inson tafakkuri hodisalarini baholaydi, ularni o‘zicha talqin etib, ma’lum xulosalarga keladi.
Har qanday odam o‘zining yashashdan maqsadi nimaligini, hayotning ma’nosini bilishga intiladi. Bu insonning ijtimoiy ehtiyojidir. Ana shu ehtiyoj o‘quvchiga ham xos bo’lib, u o‘zining shu ehtiyojini qondirish bilan tevarak-atrof hayoti to‘g‘risida bilimlarga, tabiat va jamiyat haqidagi mulohazalarga ega bo‘la boshlaydi. Umuman shaxsning turli xil ehtiyojlari uning faolligini ta’minlaydi, qiziqishlari, mayl va talablarini belgilaydi. Ana shu ehtiyojni qondirishga qaratilgan faoliyat shaxsning e’tiqod va qarashlari, kundalik xulq-atvor motivlarini hosil bo‘lishiga yordam beradi.
Qarashlar va e’tiqodlar tizimi bo’lgan dunyoqarashning mohiyatidan shunday xulosa chiqarish kerakki, o ‘quvchining va umuman maktabning ishida muayyan tizim bo‘lgandagina ilmiy dunyoqarash tarkib topishi mumkin. Asta-sekin to‘plangan bilimlar yozma shaklda avloddan-avlodga qoladi. Turli davrlarda o ‘qimishli. ziyoli, bilimdon kishilar dunyo ilm-faniga, umuminsoniy madaniyatiga salmoqli hissalarini qo‘shganlar.
Ekspluatatsiyaga asoslangan quldorlik, fcodalizm, kapitalizm kabi sinfiy jamiyatlarda davming o‘qimishli, ziyoli, bilimdon kishilari dunyo ilm-faniga, umuminsoniy madaniyatiga salmoqli hissalarini qo‘shganlar. Gippokrat, Demokrit, Platon, Arximed, Gegel, Marks, Engels; Sharqda ilk o‘rta asrlarda ijod qilgan al- Kindiy, ar-Roziy, G‘azzoliy, Farobiy, Beruniy, Xorazmiy, ibn Sino, ibn Rushd (Averros), Bahovuddin Naqshband, Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviylar shular jumlasidandir.
Kaykovusning «Qobusnoma», IV asrdagi hind faylasufi Beydaboning «Kalila va Dimna» asarlari, «Ramayana», «Maxabhorat» dostoni, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», Nosir Hisravning «Saodatnoma», Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston», Alisher Navoiyning «Mahbub ul qulub», Ahmad Donishning «O‘g‘illarga nasihat», bundan tashqari o‘tmishning «Chor darvesh», «Ming bir kecha» kabi asarlar ham juda katta, qimmatbaho va boy ma’naviy- madaniy meros bo‘lib, sharq va g‘arb xalqlari ming yillar mobaynida bulardan bahramand bo’lganlar.
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib Turkiston rus mustamlakachilari tomonidan bosib olindi. Bu davrda milliy-ma’naviy merosga, madaniyatga past nazar bilan qarovchi shovinistik siyosat hukmronlik qildi. Shunday bo’lsa-da bu davrda Said Ahmad Siddiqiy (Samarqand), Furqat, Muqimiy, A.Donish, Avaz 0‘tar o‘g'li, Mamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniy, Ibrat, Fitrat, Behbudiy, Munavvar qori, Cho’lpon, qori Niyoziy va boshqalar bola tarbiyasiga oid ko‘pIab asarlar yozdilar, yoshlarni ilm-ma’rifatli qilishga intildilar.
Ayniqsa, Abdulla Avloniyning 1913- va 19 17-yilda ikki marotaba nashr qilingan «Turkiy guliston yohud axloq» asari XX asr boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini o ‘rganishda katta ahamiyatga molikdir.
Asarning «Yaxshi xulqlar» bobining birinchi qismi «Fatanat» deb atalib, Avloniy Fatanatni « Aql egasi boMuv demakdir» deb ta’riflaydi, ayni zamonda Firdavsiy, Nosir Xisrav, Rudakiy, Sa’diy, A. Navoiy kabi Avloniy ham aqlga katta e’tibor beradi. U «Hukamolardan biri aqlning quli nafsning jilovini ushlasa, seni yomon yo’llarga kirishdan saqlar»-deb uqtiradi.
Avloniyning fikricha, sog‘lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma’rifatga ega boMish uchun badanni tarbiyalash zarur. Badanning sog’lom va quvvatli boMmogM juda muhimdir. Chunki o‘qimoq, o‘qitmoq va o ‘rgatmoq uchun inson sog’lom bo’lmog’i lozim.
«Aql—deydi: u-piri komili, muroshidi yagonasidir. Ruh ishlovchi, aql boshlovchidir. Inson aql va idroki sohasida o ‘ziga keladigan zarar va zulmlardan saqlanur, yer yuzidagi hayvonlarni asir qilib, bo‘ynidan boylab iplarining uchini qo’llariga bergan insonlarning aqlidur».
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo’lga kiritgan hozirgi sharoitda qadriyatlarimizni tiklashga, tariximizni o‘rganishga, o‘zligimizni anglab yetishga ahd qilish va yosh avlod uchun xuddi mana shu durdona asarlarni mutolaa qilnioq ayni muddaodir.
Dunyoqarash. Dunyoqarash faqat insongagina xos xususiyat bo’lib, hayvonot dunyosi va boshqa mavjudot uchun bu hoi yotdir.
Avvalo ta’kidlash joizki, ilmiy dunyoqarash turli kishilarda, kasb egalarida turlicha-to’laroq, mukammolroq, chuqurroq yoki yuzakiroq, chalaroq, sayoz va xomroq bo’lishi mumkin. Bunda kishilar tomonidan oldingi ajdodlardan meros bo’lgan ma’naviy boyliklarni, bilimlarni va hozirgi mavjud bilimlarni o‘zlashtirish rajalari muhim ahamiyatga egadir.
Bugungi kundagi eng muhim dolzarb masala xalqning ongidagi eskicha dunyoqarashni o‘zgartirish, iqtisod, siyosat, madaniyat jabhalarida yangicha fikrlashni o‘rgatish, mustaqillikni mustahkamlash sharoitida o‘z haq-huquqlarini anglash va noxush holatlarni hayotga kirib qolmasligiga, unga qarshi kurashishga tayyor turadigan ilmiy dunyoqarashi keng bo’gan shaxsni tarbiyalashdan iboratdir.
Oddiy kuzatish uy hayvonlariga, hatto vahshiy hayvonlarga ham xos bo’lib, ular ham ovqat topib yeyishni, makonini tanishni, xavf- xatardan qo‘rqishni biladilar. Bu hoi shartli reflekslar yoki birinchi signal tizimlari deyilib, bunday holat jonli kuzatish bo’lib, odamlarga, hayvonlarga ham bir xil ta’sir qiladi. Tafakkur, fikrlash esa insonga xos bo’lib-bu ikkinchi signal tizimidir.
Aql har bir insonga xos tug‘ma xususiyat bo’lib, miya sog’lom bo’lsa, aql ham yaxshi ishlaydi, aksincha miya shikastlangan bo’lsa, aqli zaif bo’lib, rivojlanishdan orqada qolib ketishi, tevarak-atrofni, dunyoni bilish, oldingi avlodlar tomonidan yaratilgan ilmlarni va mavjud bilimlarni o‘zlashtirishga qiynaladi. Chunki, ilm va bilim bir xil narsa emas. Ilm mavjud bor, yaratilgan narsa, bilim esa kishi tomonidan bilib, o‘zlashtirib olinadigan narsadir. Aql, did va ilm nazariyaga; farosat, bilim amaliyotga, tajribaga taalluqlidir.
Shuni anglamoq zarurki, tafakkur va til haqidagi muammo bilish bilan chambarchas bog’liq bo’lib tasavvur, tushuncha, aql, idrok, tafakkur jami bir bo’lib, ong degan pedagogik tushunchani beradi. Dunyoni bilishda ijtimoiy-tarixiy amaliyot, tafakkur va u bilan bog’liq bo’lgan til materialistik dialektikaning bilish nazariyasi uchun asosdir.
Dunyoni bilish, idrok qilish tashqi dunyoni inson sezgilari orqali aks ettirishdan boshlanadi.
Sezgi kishini o ‘rab olgan moddiy dunyo predmet va hodisalarining ongimizda aks etishidir.
Hissiy bilish sezgidan tashqari, hissiy qabul qilish va tasavvur kabi shakllarga ega bo’lib, ular ham voqea-hodisalarni chuqurroq bilishga xizmat qiladi.
Shunday qilib, bilish, ilmiy dunyoqarash jonli kuzatishdan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga o‘tish orqali amalga oshadi.
Ilmiy dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy hodisa sifatida doim vorislik asosida rivojlanadi. 0‘tmish dunyoqarashlari yangi davr dunyoqarashining negizini tashkil etib, uni kerakli hayotbaxsh ozuqa bilan ta’minlab turadi.
Har bir tarixiy davrning dunyoqarashi o‘ziga xos bo‘lib, mavjud tarixiy davrda biror-bir ta’limotni nima uchun hukmron bo’lganligini bilish uchun oldingi davr dunyoqarashini, tarixini, rivojlanishini o‘rganmoq zarur. Demak, jamiyatda yangicha tafakkur yuritmoq yangicha dunyoqarash, fikrlash uchun albatta o ‘tmishni bilish zarur, chunki yangicha tafakkur ajdodlardan meros qolgan vorislik asosida vujudga keladi.
Pedagog yoshlarni tarbiyalashda, ularni axloq-odobli, tartib- intizomli, ota-onaga mehribon bo’lishlarida, matonatli, chidamli, mehnatsevar,vatanparvar, insonparvar bo‘lib shakllanishida mas’uldir. Dunyoqarashning shakllanishida har bir ota-ona ularni yoshlik chog‘idanoq sabr-toqatli, bardoshli, qanoatli bo’lishga o‘rgatmoqlari zarur.
Dunyoqarash dunyoni bilish orqaligina shakllanadigan juda murakkab dialektik jarayondir. Bilish dunyoning turli tomonlari haqidagi turli fanlar bergan ilmlar orqali amalga oshadi. Shuning uchun ilmsiz kishilarda dunyo to‘g‘risida ilmiy dunyoqarash bo’lmaydi.
Dunyoqarash kishilarning olam va uning o‘zgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy tasawurlarning yig‘indisidan iboratdir. Dunyoqarash ayrim kishilarning, ijtimoiy g‘ururning, sinf yoki umuman jamiyatning faoliyati yo‘nalishini va voqelikka munosabatini belgilaydi.
Ilmiy bilimlar dunyoqarash tarkibiga qo‘shiigach, insonning yoki g'ururning tevarak atrofidagi ijtimoiy va tabiiy borliqqa bcvosita amaliy yo‘l tutish niaqsadiga xizmat qiladi.Dunyoqarash ijtimoiy borliqning in’ikosidir. Unda ijtimoiy turmush aks etadi va u muayyan tarixiy davrda insoniyat erishgan bilimlar darajasiga hamda ijtimoiy tuzumga bog’liq bo’ladi.
Dunyoqarashning har bir turi o‘ziga xos xususiyatga egadir.
Mifologiya qadimgi jamiyatda keng avj olgan xalq og‘zaki ijodi-naql va afsonalarda gavdalantirilgan voqelikni fantastik aks ettirishdir.
Mifologik dunyoqarash tabiat kuchlarini jonlantirib xudolar, afsonaviy qahramonlar tarzida, bir xil buyumlar sifatini ikkinchisiga ko‘chirish, ularni hissiy obrazlar, alohida vujudlar shaklida tasvirlashga asoslanadi.
Mifologik tarzda fikrlovchi kishi har qanday o‘zgarishlar va jasoratlar ko‘rsatishi, o‘zi uchun keng shakl maydoniga ega bo’lishi mumkin va g‘ayri tabiiy kuch haqida tasavvur borligi uchun unda din elementlari ham mavjud bo’ladi.
Diniy dunyoqarashning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u tabiiy va ijtimoiy hodisalar mohiyatini ularning o‘zidan emas, balki tabiatdan tashqarida xudoning qudratiga ko‘nikib hamma narsada va har yerda ilohiy kuchlarning ta’siri, mo‘jizaviy kuch bor deb tushuntiradi.
Din va diniy dunyoqarashga yaqin o‘tmishimizda bir tomonlama yondashilib, uning axloqiy munosabatlarni takomillashtirishdagi rolini to‘g‘ri tushunilmay kelindi. Dinga qarshi kurashish paytida u bilan bogMiq bo’lgan rasm-rusumlarimiz, urf-odatlarimiz, milliy tarbiyadagi eng nozik va muhim tomonlarimizni va boshqa milliy qadriyatlarimizni ham inkor qilib yuborildi.
Endi bu sohadagi xatoliklar tuzatilmoqda. Islom madaniyati jahon madaniyatining ajralmas qismi ekanligi tan olinmoqda. Falsafiy dunyoqarashning o‘ziga xos xususiyati, u dunyoni qanday bo‘lsa, shundayligicha, hech bir yot narsani aralashtirmay, mubolag‘asiz tushuntiradi.
U kishilarga tabiat, jamiyat, inson tafakkuri rivojlanishining eng umumiy qonuniyatlari haqida bir butun yaxlit ma’lumot berib, mifologiyadan farqli ravishda insonni qurshab olgan moddiy olamni hech kim tomonidan yaratilmaganligini, abadiyligini, insoniyat jamiyati taraqqiyoti sabablari va mohiyatini, o‘ziga xos xususiyatlarini va qonuniyatlarini to‘g ‘ri, ilmiy asosda tushuntirib beradi.
Dunyoqarash pedagogik jarayon sifatida Bilimni egallash murakkab ziddiyatli jarayon bo‘lib, u insondan eng avvalo fiziologik jihatdan barkamollikni, ya’ni besh asosiy sezgi organlarini bus-butun bo‘lishini hamda bilim olish uchun tinimsiz mashq qilishni, qunt bilan mehnat qilishni talab qiladi.
Dunyoning va butun borliqning ko‘rki insondir. Inson o‘z go‘zalligi va murakkabligi bilan yer yuzidagi barcha mavjudotlardan afzaldir. Insonning tafakkuri, aqli bor. U shu aql yordamida ilm egallaydi. Ilm tufayli dunyoni biladi va uni boshqaradi. Hayvonlar tabiatga u qanday bo‘lsa, shundayligicha moslashib yashayveradilar. Inson esa tabiatni o‘ziga moslashtiradi, o ‘zgartiradi.
Ilmiy dunyoqarashni hamma vaqt bir zaylda, o‘zgarmay turaveradigan bilimlar deb qaraniay, bilimlar to‘la bo’lmagan bilimlardan to‘la bilimlarga qarab borishligini unutmaslik zarur.
Masalan, istiqlol munosabati bilan jamiyat o ‘zgardi, oldingi tushunchalar ham o‘zgardi. Yangi tarkib topayotgan jamiyatdagi hamma yangiliklar ham, qabul qilinayotgan qaror va farmonlar ham o‘zgarmas emas. Shu bois ilmiy dunyoqarash bu hodisa va voqealarning hammasiga kishilar oddiy tomoshabin bo‘lib turaverishi kerak cmasligini, bu o‘zgarishlarning faol ishtirokchilari bo’lishlik, tahlil yo‘li bilan umumlashtira bilishni talab qiladi.
Modomiki, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish ikki yo‘l: tajriba va mantiq (aql) yoMi bilan bo‘lar ekan, demak, kishi hayot to‘g‘risidagi, o ‘tmishdagi mutafakkirlarning fikrlariga va o‘zi to‘plagan shaxsiy hayot tajribasiga, bilimiga tayanmog‘i kerak.
Aqliy jihatdan sog’lom odam agar kam bilsa ham ko‘p o‘qishi, o‘rganishi natijasida o‘z bilimini oshirishi, bilimlilarga yetib olishi va ma’lum darajada ilmiy dunyoqarashni shakllantira olishi mumkin. Aql va bilim tajriba orqali qo’lga kiradi. Demak, bilimli odam aqlli, mulohazali ham bo’ladi.
Tabiat, jamiyat va tafakkur sohasidagi fanning barcha jabhalarida insoniyat tomonidan asrlar yillar davomida yaratilgan va to‘plangan bilimlardan hech bo’lmaganda boshlang’ich ma’umotlarga ega bo’lmay turib,chinakam ilmiy dunyoqarashni shakllantirib bo’lmaydi. Kishi dunyoni qay darajadagi bilim asosida bilsa, dunyoqarashining chuqur va sayozligi ham shu darajada bo’ladi.
Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda badiiy adabiyotning, xalq og‘zaki ijodining, ertaklarning, hikoya va qissalarning ahamiyati katta.
Masalan, «Kalila va Dimna», «Qobusnoma», «Ming bir kecha» va boshqalarda hissiy va mantiqiy bilishga tegishli matallar, ertaklar, hikoyalar, baytlar ko‘p bo’lib, yoshlarni ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.
Dunyoqarashni shakllantirish uchun insonda muayyan mas’uliyat hissi bo’lishi darkor. Masalan, qo‘zini yeb qo‘ygani uchun bo‘rini qora kursiga o‘tkazib, sud qilib o‘tirilmaydi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri otib tashlanaveradi. chunki uning ongi yo‘qligi tufayli mas’uliyati ham yo‘q, u qilishi mumkin bo‘lgan ishni qilgan.
Kelajagi buyuk davlatni barpo etuvchi mamlakatning fuqarolari faqat tijorat, din, oldi-sotdi bilangina shug‘ullanib qolmasdan, balki, eng avvalo ishlab chiqarishni, ilm-fanni rivojlantirishi, dunyo tillarini bilishi, ilg‘or texnika va texnologiyani joriy etishga e’tibor berish zarurligini anglab yetmoqlikiari zarur.
Ilmiy dunyoqarashni kishi narsa va buyumlarning, voqea hamda hodisalarning ko‘rinib turgan ifodasiga, shakliga qarab emas, balki ularning ichki mohiyatiga, mazmuniga qarab baho berish kerak.
Shunday qilib, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish ijtimoiy-tarixiy xarakterdagi hodisadir. Demak, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish kishidan ko‘p mehnat, malaka talab qiladigan murakkab, sermashaqqat faoliyat sohasidir.
Axloq, xulq va atvor so'zlari arabcha bo'lib, ular o'zbek tilida ham o'z ma’nosida ishlatiladi. Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri, ijtimoiy qoida bo'lib, bu tartib-qoida ijtimoiy hayotning istisnosiz hamma sohalarida kishilarning xatti-harakatlarini tartibga solish funksiyasini bajaradi. Axloq-ijtimoiy ong shakllaridan biri hisoblanib, har bir kishining jamiyat va oiladagi yurish-turishi, tartib qoidalarining yig'indisi sifatida gavdalanadi. Demak, jamiyatga, oilaga, mehnatga bo'lgan munosabatlarda axloq namoyon bo'ladi.
Donolar axloq haqida turlicha fikr bildirsalarda, ularning barchasi insonni mukammallikka erishtirishga xizmat qilivchi mesonlardan tashkil topganligini guvohi bo‘lamiz.
«Axloq ilmi insonlami yaxshi xulqlarga chaqirib, yomon xulqlardan qaytarmoq uchun yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini bayon qiladuigan, bildiradurgan bir ilmdir. Har kim axloq ilmini bilib amal qilsa, bu dunyoda aziz, oxiratda sharofatlik bo‘lur.
Agar bir kishining o'zidan, ishidan, so'zidan boshqa kishilar ozor topmasalar, yaxshi xulq deyulur. Agar ozor topadurgan bulsalar yomon xulq deb atalur».10
«Axloq insonlarni yaxshilikka chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdir. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlaming yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladuigan kitobni axloq deyilur.
Agar nafs tarbiyat topib, yaxshi ishlami qilurga odat qilsa, yaxshilikka tavsif bo‘lib, «yaxshi xulqlar», agar tartibsiz o'sib, yomon ishlar qiladurg'on bo‘lib ketsa, yomonlikka tavsif bo'lib, «yomon xulqlar» deb atalur».11
«Axloq tarbiyasi insonni axloqiy barkamollikka yetkazish va uning bashariyat jamiyatiga foydali inson qilib tarbiyalashdan iboratdir...
Bolalar suvga o'xshaydilar. Suv qaysi rangdagi idishda bo‘lsa, o‘sha rangda tovlangani kabi, bolalar ham qanday muhitda bo'lsalar o‘sha muhitning shunday odat va axloqini qabul qiladilar. Axloqiy tarbiyaning eng buyuk sharti shundan iboratki, bolalar ko'proq yaxshi va yomon axloqni o'z uylaridan, ko'chadagi o'rtoqlaridan, maktabdagi o'quvchilardan qabul qiladilar»12. Demak, axloq butun insoniyatga hos bo'lgan tushunchadir. Uning mohiyati shaxs xatti-harakatlari, turmush tarzi, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi.
Axloqiy tarbiya mazmuni asosan quyidagilarda o'z ifodasini topadi:
1. Jamiyatga, Vatanga muhabbat va sadoqatni tarbiyalash. Bu xildagi munosabatlar shaxsning vatanparvarligi, fuqaro yetukligi, baynalminallik kabi fazilatlarda aks etadi, uning maqsadlarida vatan boyliklarini ko'paytirish, mustahkamlash va himoya qilishga qaratilgan amaliy ishlarida namoyon bo'ladi.
2. Mehnatga axloqiy munosabatni tarbiyalash. Bu axloqiy munosabat shaxsning mehnat jarayonida namoyon bo'ladigan yuksak ongida, mehnatning hayotdagi rolini anglashida, xususiy va jamoa mehnatiga tayyorlik, mehnatsevarlikda ifodalandi.
3. Atrofdagi kishilarga axloqiy munosabat. Shaxsning jamoatchilik, ko'pchilik manfaatini o'z shaxsiy manfaatidan ustun qo'yishidir.
4. Shaxsning o'ziga, o'z xulqiga axloqiy munosabatni tarbiyalashi bu o'quvchini ongli intizom ruhida tarbiyalashdan iboratdir.
Axloqiy tarbiyani amalga oshirish yo'llari

  • Maktabda o'quvchilarga axloqiy tarbiya berishda xilma-xil usullar qo'llaniladi:

  • dars, ta’lim jarayonida axloqiy tarbiyani qo'shib olib borish; ahil, inoq uyushtirilgan intizomli jamoa orqali axloqiy tarbiya berish;

  • to'g'ri rejalashtirilgan tarbiyaviy tadbirlami tashkil etish orqali;

  • maktabda ijobiy eniotsional sharoit yaratish orqali. Masalan, Mustaqillik kuni, Navro'z bayrami;

  • barcha o'quvchilaming maktabdagi umumiy va yagona tartib qoidaga rioya qildirish orqali;

  • turli tushuntirish, uqtirish, suhbat, munozara, rag'batlantirish, jazolash usullaridan foydalanish orqali;

  • tarbiyaviy soatlar, «Odobnoma», «Ma’naviyat asoslari» darslari saviyasini oshirish orqali;

  • mehnat ilg'orlari, ilm-fan xodimlari, mehnat faxriylari, hojilar bilan uchrashuvlar uyushtirish orqali;

  • maktabda turli kechalar, olimpiada, festival, musobaqalar o'tkazish, turli axloqiy-ma’rifiy teleradio eshittirishlaridan foydalanish;

  • dars va tarbiyaviy tadbirlar jarayonida milliy qadriyat va an’analarimiz aks etgan asarlarni o‘qib-o‘rganish orqali.

Insonning ma’naviyati uning odobi, xulqi, madaniyatidan tashkil topadi. Ma’naviyat esa aqliy, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy va siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi.
Sifat alohida bir shaxsning muayyan bir xislatini ifodalovchi kategoriyadir.
Fazilat alohida shaxs, el, elat, xalq ulusga taalluqli bo'lgan ijobiy axloqiy sifat majmuyi.
Odamning inson sifatida shakllana borishi jarayonida uning kamolat darajasi odob, axloq, madaniyat, ma'naviyat elementlarining unda qanchalik mujassamlashganligi bilan belgilanadi. Shu o'rinda bu kategoriyalarning mohiyati ustida to'xtalib o'tish joizdir.
Odob har bir insonning o'zi bir inson yoki jamoa bilan bo'lgan muloqotida hamda yurish-turishida o'zini tuta bilishidir.
Axloq jamiyatda qabul qilingan, jamoatchilik fikri bilan ma’qullangan xulq-odob normalari majmuyi.
Madaniyat jamiyat va unda yashovchi fuqarolaming faoliyati jarayonida to'plangan barcha ijobiy yutuqlar majmuasi.
Ma’naviyat inson ongini aks ettiruvchi barcha ijobiy, ruhiy, intellektual fazilatlar majmuasi.
Mushohada qilish aqlning peshlanishiga olib keladi. Aql ongni sayqallaydi, ong esa moddiy va ma’naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson sekin asta takomillashib, komillikka erishib boradi.
Musulmon axloqining asoslari mazmunan boy va rang-barang ko'rinishlarda namoyon etadi. Qur’oni Karimdagi, hadisi sharifdagi asriar davomida ota-bobolarimiz hayotida tarkib topgan milliy urfodatlar, ma’naviyatimiz sarchashmalari Forobiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqa olimu yozuvchilaming axloq haqidagi fikr mulohazalari hozirgacha o'z qadr-qimmatini yo'qotmagan.
Milliy istiqlol mafkurasining ma’naviy, madaniy va yuksak axloqiy-ruhiy qadriyati shundaki, u hamma vaqt har qanday sharoitda kishini halollikka da’vat etadi. Zotan uning siyosiy ahamiyati va ma’naviy qadriyati ham xuddi shu bilan belgilanadi.
Tarbiyada vijdon eng oliy ma’naviy-insoniy sifatdir. Vijdon tushunchasi, insonning vijdoniy sifati, uning ongi, qalbi, aqli va irodasiga bog'liqdir. Chunki insonning ichki ruhiy kechinmalarida yaxshilik va yomonlik doimo kurashda bo‘ladi. Agar inson biror ma’naviy vaziyatda o‘z qalbiga quloq solib, irodasini ishga solsa, g‘arazgo‘ylik, mansabparastlik, molparastlik kabi g'ayri insoniy illatlardan ustun chiqib oqilona ish ko‘rsa uning vijdoniy sifati yuqoriligini ko'rsatadi. Inson qalbida g'ayri insoniy illatlaming ustun bo'lishi aslida ma’naviy kasallikdir. «Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida shunday deyiladi: «Milliy mafkura insonga faqat moddiy boyliklar va ne’matlar uchun emas, awalo, Alloh taolo ato etgan aql-zakovat, iymon-e’tiqod tufayli yuksak ma’naviyatga erishish uchun intilib yashash lozimligini anglatadigan, bu murakkab va tahlikali dunyoda uning taraqqiyot yo'lini yoritadigan mayoqdir»1.
Har bir kishi o'z-o‘ziga, kasbiga, davlatiga, xalqiga, insoniyatga, olamga vijdoniy munosabatda bo'lishi lozim.
Jamiyat mafkurasi milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda katta rol’ o‘ynaydi. Ularning merosini o'rganish talabalarni ruhiyma’naviy barkamol inson etib tarbiyalashga katta yordam beradi.
Komillikning asosiy belgilari
M. Mahmudov yurtboshimizning «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat qilsin» asarini tahlil qilib, komil inson shaxsi kontekstida qaraladigan yuzdan ortiq deskriptor mavjudligini aytib, ularni qisqartirilgan holda keltiradi. Bular: 1) o'zini anglash; 2) o'zligini anglash; 3) an’analarini anglash; 4) xalqning orzu-istaklarini bilish; 5) jamiyat oldidagi maqsadni tushunish; 6) yagona milliy bayroq ostida birlashish; 7) xalq va davlat xavfsizligi to'g'risida qayg'urish; 8) vatanni sevish; 9) elyurtga sadoqat; 10) insonparvarlik hissi; 11) odamiylik fazilatlari; 12) o'tmish va kelajak o'rtasidagi vorislik; ulug' ajdodlar merosini egallash; 14) milliy qadriyatlami bilish; 15) umum-bashariy qadriyatlarni egallash; 16) yurt birligi to'g'risida qay-g'urish; 17) o'z oldiga maqsad qo'ya bilish; 18) Ta’lim-tarbiya birligi; 19) ta’Iimtarbiyaning ongni o'zgartirishi; 20) ong, tafakkurning jamiyatni o'zgartirishi; 21) mustaqil fikrlash; 22) ijtimoiy-siyosiy iqlim o‘zgarishi; 23) insonning hayotda o‘z o'rnini topishi; 24) iymoni butunlik, 25) sog'lom fikrlilik; 26) zehn-zakovatli yoshlarni tarbiyalash va shakllantirish.
«Komillik-mehr-muruwat, adolat, to‘g‘rilik, vijdon, or-nomus, iroda, tadbirkorlik, matonat kabi ko'plab asl insoniy xislat va fazilatlaming majmuyidir».
Komillikni orzu qilmagan, barkamol avlodni voyaga yetkazish haqida qayg'urmagan xalqning, millatning kelajagi bo'lmaydi. Komil inson g'oyasi azal-azaldan o'zbek xalqimizning ezgu orzusi, millat ma’naviyatining uzviy bir qismi bo'lib kelgan.
Yoshlarda mustaqil fikrlay olish va o‘zining shaxsiy, to‘g‘ri xulosasini chiqara olish fazilatini tarbiyalash
Mustaqil fikrlash komillikning asosiy belgisidir. Komillik uch bosqichdan iborat:
1. Jismoniy salomatlik.
2. Axloqiy poklik.
3. Aqliy yetuklik.
Bu bosqichlarni shakllantirishda mustaqil fikrlash yetakchi ustuvor o'rin egallaydi. Mustaqil fikrlash sarchashmasi fahmlash, ya’ni anglashdan, fikr yuritishdan boshlanadi.
Anglash biror bir g'oyani (fikrni) tub mazmuniga tushunib yetish.
Tafakkur inson ongidagi mavjud ilmiy va hayotiy bilimlar majmualaridan keragini saralab olish va amaliyotga qo'llash.
Amaliyotda (praktikada) qo'llash hayotda bir necha bor qo'llangan o'zining ijobiy hosilasini bergan, ishonchli muammolar yechimi bilan solishtirib, xulosa qilish so'ng tafakkur saviyasiga tayanib yagona echimini tanlash va undan amaliyotda foydalanishdir.
Inson mustaqil fikrlash orqali voqelikni umumlashtirib, bilvosita va bevosita aks ettiradi, narsa va hodisalar o'rtasidagi ichki, murakkab bog'lanishlar, munosabatlar, xossalar, xususiyatlar hamda mexanizmlami anglab etadi. Binobarin inson muayyan qonun, qonuniyat va voqealaming vujudga kelishi, kechishi, rivojlanishi hamda oqibatini oldindan ko'rib turish imkoniyatiga egadirlar.
Fikr inson faoliyati uning o'zligini kuch qudratini o'zagini tashkil qiluvchi ma’naviy-insoniy sifatdir.
Yoshlarimiz ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasiga ayniqsa biz pedagoglar kuproq mas’ulmiz. Bu vazifani muqaddas bilib, amaliy faoliyatimizda hayotga tatbiq etaylik. Barkamol avlod mustaqilligimizning kafolatidir.


Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling