Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Ta’lim jarayonining tarbiyalash funktsiyasi qanday ma’noni anglatadi?


Download 1.68 Mb.
bet84/93
Sana26.01.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1126397
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   93
Bog'liq
мажмуа

Ta’lim jarayonining tarbiyalash funktsiyasi qanday ma’noni anglatadi?

Ta’limning tarbiyalash funktsiyasi ta’lim jarayonida o’quvchilarning ongini rivojlantirish asosida ularda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni, faoliyat ko’nikma, malakalarini shakllantirish, ularni ijtimoiy haѐtga samarali tayѐrlashni bildiradi. Turli ijtimoiy tuzum va sharoitda ham ta’limning tarbiyalash funktsiyasi yaqqol namoyon bo’lib kelgan.

  1. Ta’lim jarayonida o’qituvchi qanday vazifalarni bajaradi?

Ta’lim jarayonida o’qituvchi rejalashtirish, tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish, natijalarni baholash va tahlil qilish kabi vazifalarni bajaradi.

  1. O’qituvchi tomonidan ta’lim jarayonini boshqarish qanday ma’noni anglatadi?

O’qituvchi tomonidan ta’lim jarayonini boshqarish muayyan mavzu bo’yicha ichki nazorat ishlarini o’tkazish maqsadida tashkil etilayotgan o’quv mashg’ulotlarining ilmiy-pedagogik va amaliy-metodik jihatdan to’g’ri tashkillashtirilishi, olib borilishi, natijalarning tahlil etilishini anglatadi.

  1. O’qituvchi tomonidan ta’lim jarayonini boshqarish qanday bosqichlarda tashkil etiladi:

O’qituvchi tomonidan ta’lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:
1) rejalashtirish;
2) tashkil etish;
3) boshqarish;
4) nazorat qilish;
5) natijalarni baholash va tahlil qilish.

  1. Ta’lim jarayoni bo’yicha natijalarni baholash va tahlil qilishda o’qituvchi nimaga e’tibor qaratishi lozim?

Ta’lim jarayoni bo’yicha natijalarni baholash va tahlil qilishda o’qituvchi ta’lim jarayonining qanday kechganligini bilish, yutuqlar omillarini o’rganish, yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini belgilashga e’tibor qaratishi lozim.
Talabalarning nazariy bilimlarini tekshirish va mustahkamlash.



Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling