Buxoro davlat universiteti psixologiya va sotsialogiya kafedrasi


O`ZBEK OILALARIDAGI MULOQOTNING O`ZIGA XOS JIHATLARI


Download 136.04 Kb.
bet5/10
Sana17.06.2023
Hajmi136.04 Kb.
#1522068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Oila muloqot tizimi sifatida

1.4 O`ZBEK OILALARIDAGI MULOQOTNING O`ZIGA XOS JIHATLARI
Yer yuzidagi jamiki millatlar, elatlarning o`z tili, tarixi, urf-odatlari hamda qadriyatlari o`ziga xos va farqlidir. Lekin umumbashariy an`ana va qadriyatlar
mavjudki, ular bir qancha millatlarda bir-biriga yaqin yoki o`xshashdir. O`zbek millati kelib chiqishi va joylashgan hududi bo`yicha Ingliz millati bilan tubdan farq qilsada, umumbashariy qadriyatlar borasida oilaviy muloqot jihatidan ayrim o`xshashlik tomonlari mavjud. Ana shu nuqtai nazardan, bir qancha ma`lumotlarga to`xtalib o`tsak.
Muloqot – bu ikki yoki undan ortiq kishilarning qiziqishlar va bilish bo`yicha ma‟lumot almashishdan iborat bo`lgan o`zaro ta‟sir etishdir.Shuningdek, muloqot - hayot kechirishning eng muhim sharti va bir shakli. Insonlar o`rtasidagi muloqot va uning umumiy qonuniyatlari shaxsning turmush tarzi barcha jabhalarida-oilada, o`qishda, ish jarayonida -boshqalar bilan bo`ladigan o`zaro munosabatining eng muhim shartlaridandir. Shaxsning aqli, hissiy madaniyati, tarbiyalanganligi, takallufi, irodasi va shu kabilarning barchasi muloqot tufayli shakllangan xislatlardir. Shu bilan birga bosh og`rig`i, uyqusizlik hamda turli asab va yurak kasalliklari, shuningdek, ichkilikka, giyohvandlikka ruju qo`yish, hatto o`z joniga qasd qilish kabilar ham aynan shu muloqotning natijasidir. Bu borada xalqimizning, “Yaxshi so`z - jon ozig`i”, “Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar, omon gap bilan pichoq qinidan chiqar” kabi maqollar insonlar o`rtasidagi muloqot vositasi bo`lmish til imkoniyatlaridan unumli va sifatli foydalanish bilan birga, albatta, ezgu fazilatlar shakllantirish maqsadini ilgari suradi. Demak, til, muloqot inson hayotida undan qanday foydalanish, uni qanday ishlatish, qanday tashkil qilishga qarab, uning uchun eng aziz, eng qadrli bo`lishi yoki aksincha eng fojiali bo`lishi ham mumkin. Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida odamlar kundalik muloqotining keskinlashishi, tezlashishi, odamlar turmush tarzining jadallashishi, ularning ruhiy zo`riqish va ta`sirchanligining kuchayib borishi bugungi kunda muloqot madaniyatining yuqori darajada bo`lishini taqozo etadi. Bunda, avvalo, quyidagi omillarga ahamiyatni qaratish kerak:
1. O`z-o`zini to`g`ri anglash bilan birga, boshqa odamlarni ham tushuna olish, tinglay olish qobiliyati, hissiyotlarini to`g`ri baholay olishi;
2. Suhbatdoshining xulqi va holatiga mos munosabat bildira olish;
3. Har bir odamning shaxsiy xususiyatlariga ma`qul keladigan muloqot
shakli hamda usullarini tanlay bilish taqozo etiladi.
Har qanday muomalaning,muloqotning boshi salomdir.Qadimdan qadriyatimiz, an`analarimizning bosh mezoni bo`lmish dinimizda salomga katta e’tibor qaratilgan. Salom berishdan insonning suhbatdoshiga nisbatan ilk munosabati izhor etiladi. Ba’zan insonlarning atrofdagilarga nisbatan takabburlik, balanddimog’lik bilan muomala qilganlariga guvoh bo’lamiz. O’zlaridan kattalarga, ustozlariga, hatto otaonalariga nisbatan qilgan odobsizligini ko’rib achinamiz. O’zaro ko’rishganda lozim Bo’ladigan oddiygina salomlashishni rioyasini qilmaydiganlar kishini qayg’uga soladi. Bunday qo’rs va egri o’sayotgan nihollar ham qaysidir oilada, qaysidir otaonadan tarbiyalanayotgani ayni haqiqatdir.
Rivoyat qilinishicha, Rasululloh (s.a.v.): “Imonli bo’lmaguningizcha jannatga kirmaysiz va bir-biringiz bilan o’zaro muhabbatli bo’lmaguningizcha imonli bo’la olmaysiz. Sizlarni orangizda mehr-muhabbat uyg’otadigan narsani o’rgataymi? Oralaringizda salomni oshkor (keng) joriy qilinglar” dedilar. Payg’ambarimiz(s.a.v.) o’zaro salomlashish orqali jamiyat a‟zolari o’rtasida mehr-muhabbat, hurmatehtirom va birdamlik paydo bo’ishiga ishora qilganlar. Salomlashish dinimizdagi muomala madaniyatining bosh mezoni sanaladi. Shuningdek, kishilar o’rtasidagi ijtimoiy axloqiy tomondan aloqa o’rnatishga asosiy omil bo’lib xizmat qiladi.
Muloqot madaniyatini oshirish uchun odamda ilk yoshlikdan boshlab boshqa
odamlarga hurmat va samimiyat bilan munosabatda bo'lishni, ularga hamdardlik,
insonparvarlik, mehribonlik qilish qobiliyatlarini shakllantirib borish kerak bo'ladi.
Muloqot madaniyati shakllanishida ilk omil oilaviy muhit bo`lib, unda o`zbek
oilalariga xos jihatlari boshqa millat oilalariga nisbatan murakkabroqdir. Sababi,
o`zbek oilalarining o`ziga xos jihatlaridan biri ko`p bo`ginli ekanligidir. Ya`ni, oilalar faqatgina ota-ona va farzandlardan iborat bo`lmay, balki, bobo –buvi, amaki va amma-xolalar va hakozolar. bilan birgalikda yashashadi.Bunda albatta muloqot
doirasi kengayadi va shaxsda nisbatan muomala qilish mas`uliyati ham ortadi.
Oilaviy muloqotlarni oiladagi shaxslar ishtirokiga ko`ra quyidagicha tasniflab
olamiz.
Ota-ona va farzandlar o`rtasidagi muloqot.
Har qanday oilada ota-onalar hamda bolalar muloqoti zaminida tashqi muhitdagi insonlar bilan muomalada bo`lish uchun ilk ko`nikmalar shakllanadi. Bu
borada g`arb, xususan ingliz oilalari bilan o`zbek oilalarining an`analari turlichadir.Ingliz oilalarida birmuncha erkin va keskin muloqot aks etsa, o`zbek
oilasining o`ziga xos qarashlari va tartiblari mavjud. Dinimizning dasturilamali
bo`lgan Qur’oni karim va hadisi sharifda ota-onaga go„zal muomalada bo’lishga
chaqiriladi. Farzand hurmat qilishi kerak bo’lgan birinchi toifa kishilar – otaonalardir. Ularga ehtirom ko’rsatish va xizmatlarini bajarish bilan farzandlik burchi ado etilgan bo’ladi. Qolaversa kishining boshqalarga nisbatan muomalasidan uning ota-onasiga nisbatan hurmatini bilib olish qiyin emas. Alloh taolo Qur’on oyatlarining bir nechasida O’zigagina ibodat qilishni zikr qilganidan so’ng, ota-onaga yaxshilik qilishga buyuradi: “Robbingiz, Uning O‘zigagina ibodat qilishingizni hamda otaonaga yaxshilik qilishni amr etdi”.(Isro surasi, 23-oyat).
Bir kishi sahobadan: “O’g’lingning senga bo’lgan mehribonligi qanday?” deb so„radi. U kishi: “Kunduzi orqamdan, kechasi oldimda yuradi va undan yuqorida yotaman” dedi. Ya‟ni, ulamoning o„g„li otasini hurmatlab, kunduzi orqaroqda, kechasi chuqur chanoqqa qoqilib ketmasin, deb oldinroqda yo„l ko„rsatib yurar ekan.
Rivoyatlarda farzand uchun ota-ona naqadar yuksak maqomda ekani aks
etgan bo„lsada, maqom sohiblari ham, o„z navbatida shunga yarashadigan ish tutishlari lozim bo„ladi. Bir donishmand: “Kaloming kamolingni belgilaydi, maqoming makoningni belgilagani kabi”, deb aytishida hikmat bor. Ko„pincha, o„zimiz amal qilmaydigan ishni farzandlarimizdan talab qilamiz. Kutgan natijaga erisha olmagach, ularni koyib urishamiz va buning foydasi bor yoki yo„qligini o„ylab ham ko„rmaymiz. Boshqacha aytganda, jamiyat hayotida husni xulq shakllanishi va odatga aylanishi uchun yosh avlodni ortiqcha tergash yoki bo„lar-bo„lmasga biror narsadan man etish kifoya qilmaydi. Go„zal xulq va tarbiyaga ega bo„lmagan kishi hech qachon muvaffaqiyatli natijaga erisha olmaydi. Shu boisdan ham, tarbiya beruvchilar avvalo o„zi odobi bilan o„rnak bo„lishi lozim. Ana shundagina ta‟sir kuchiga ega bo„ladi va asta sekin kutilgan natijaga erishiladi.
Oilaviy muloqotlarning yana bir qancha turlari mavjudki, ular oilaning katta yoki
kichikligiga, oila a`zolarining yoshiga va qarindoshlik darajasiga ham bog`liqdir.
Ya`ni, shunday ko`p bo`g`inli oilalar mavjudki, ularda amakilar yoki ammalar, buvi va bobolar bilan birgalikda, ahillik va hamjihatlikda istiqomat qiladilar. Bu albatta, oila a`zolarining o`zaro hurmat va yuksak qadriyatlar ruhida tarbiyalanganidan dalolat beradi.
O’zbek oilalariga xos yana boshqa xarakterli xususiyatlar ham mavjud. Ular uzoq yillar davomida shakllanib, qadriyat darajasiga ko’tarilgan va bugungi kunda ham o’z qimmatini saqlab qolmoqda. Ya’ni, bolajonlilik, serfarzandlik, mehnat taqsimotining qat’iyligi, oila byudjetining ota-ona tomonidan boshqarilishi, kichiklarning kattalarga izzat-ikromi, oila g’ururi, sha’nini himoya qilish uning har bir a’zosi uchun burchga aylanib qolganligi, tug’ilib o’sgan joyga alohida mehr-muhabbat tuyg’usini rivojlantiradi.
Tarbiya murakkab va uzoq davom etadigan o’ziga xos jarayon bo’lib, u farzand tug’ilmasdan ancha oldin boshlanadi. Ya’ni, bo’lajak ota-onaning salomatligi, kayfiyati, nasl-nasabi, dunyoqarashi, ichki va tashqi dunyosi, axloq-odobi, moddiy va ma’naviy darajasining mosligi, turmush qurishga ma’naviy va jismoniy tayyorligi farzand tarbiyasida muhim ahamiyatga egadir.
Oilada amalga oshiriladigan tarbiyaning mazmuni farzandlarda o’z ota-onasidan, oilasi, ajdodlari, tug’ilib o’sgan o’lkasi, Vatani, millati, xalqi, tili, dini, an’analaridan g’ururlanish hissini uyg’otishdan iborat. Xullas, insonning dastlab oila sharoitida shakllanib yetiladigan barkamol ma’naviyati yuksak ma’naviyatli jamiyat barpo etishda muhim rol o’ynaydi. Ma’lumki, bola o’z tarbiyasiga ko’ra g’oyat ta’sirlanuvchan bo’ladi. Ota-onalar o’z bolalarini bilishlariga nisbatan bolalar o’z ota-onalarini yaxshiroq biladilar. Bola ilk yoshligidanoq kattalarning harakatlariga taqlid qiladi, ularning so’zlarini takrorlaydi. Kishi ulg’aygach, bolaligida ko’rgan hamma narsani takrorlamaydi, ammo ana shu narsalarning barchasi uning qalbida, ongida o’zidan qandaydir iz qoldirgan holda saqlanib qoladi. Shuning uchun ham oilada bolalarga beriladigan nasihat va o’gitlar, ma’rifiy g’oyalar shaxs tarbiyasi kabi masalalar muhim ahamiyatga ega.
Oilada ilm olishning qadri, bilimli va donishmand kishilarni hurmat qilish, mehmondo’stlik, xushxulqlik, mardlik, jasurlikni targ’ib etuvchi, o’z manfaatini ko’zlagan molparast, baxil, ochko’z, do’sti va xalqiga xiyonat kabi xislatlar haqida fikr yuritilishi ta’lim-tarbiyaga katta ta’sir etadi. Chunki oila muhitida bolalarni ilm olishga undash, uning foydalari, ilm ahlini hurmat etish to’g’risidagi fikrlar farzand barkamolligining asosini tashkil etadi.
Oilada bolalarni ilm olishga da’vat etish, bilimli kishilardan yaxshilik kelishiga ishonish, ularning fikrini eshitibgina qolmay, amalda unga rioya etish lozimligi haqidagi o’gitlar, ilm-ma’rifat ishlari, ezgu maqsadlarni amalga oshirish muhim xususiyatlardan hisoblanadi. Chunki, inson ilm-ma’rifatli bo’lsa, odamlarga huzur baxsh etadi. Bilimli bo’lish bilan birga, yomon xatti-harakatlarni sodir etishdan saqlanish zururligi, manmanlik, maqtanchoqlikning zararli oqibatlari xususida nasihatlarni bayon etish oiladagi ma’naviy-axloqiy tarbiyaning asosini tashkil etadi.
Ma’lumki, bilimli, ma’rifatli bo’lish kishining kibr-havodan uzoqroq turishini ta’minlaydi, o’gitlarda insonning kibr-havodan uzoq bo’lishi atrofdagi kishilar bilan ijobiy munosabatni o’rnata olishi uchun zamin hozirlaydi. Ilm sari intilish qutlug’, ezgu ish sanaladi. Demak, har bir kishi ilm o’rganish sari intilishi, o’zlashtirilgan bilimlarga amal qilishi, kibr-havodan voz kechishi zarurdir. Ilm o’rganish yo’lida aziyat chekkan, mashaqqat tortgan kishigina uni to’laqonli o’zlashtira olishi, kasb-hunar sirlarini mukammal egallashi mumkin. Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning xususiyatlaridan yana biri bu aqlni rivojlantirishdir. Chunki, aqlli odamning zehni o’tkir bo’ladi, u har qanday o’git-nasihatni tezda o’z ongiga singdirib oladi. Inson zehnining o’tkirligi, har qanday muammoni hal eta olish layoqatini xuddi yuqorida parvoz etayotgan qushning yerdagi o’ljani ko’rib, unga ega bo’lish ilinjida pastga sho’ng’ishida sodir etadigan tezligidir. Oqil odam zehnining tezligi qush parvoziga qiyoslanadi. Aqlli, bilimli kishilar behuda gaplarga ahamiyat, befoyda, o’zgalarga ziyon yetkazuvchi ishlarni amalga oshirmaydi. Nojoiz berilayotgan hadyalarga uchmaydi. Amalga oshirayotgan har bir harakati evaziga in’om-ehson kutmaydi, bahosi u qadar baland bo’lmagan sovg’alarni o’z qadr-qimmatidan yuqori qo’ymaydi.
Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash xususiyatlaridan yana biri xushxulqlikdir. Bilim va hunar egasi bo’lish, ezgulik, yaxshilik yo’lida hamda umum manfaati uchun mehnat qilish xushxulq insonga xos fazilat hisoblanadi.



Download 136.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling