Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S
O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
yangi oquv
3.3. O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni
boshqarish organlari tizimi va huquqiy maqomi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining devoni O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish, tartibga solish va muvofiqlashtirish bo’yicha eng muhіm organlardan biri Prezident devoni hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasining Prezidenti O’zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’idir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining raisi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlatga, uning faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi va, binobarin, O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni ham boshqaradi. Mustaqillikka erishilganidan keyin respublikada davpat xokimiyataning O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlatlararo munosabatlar va tashqi iqtisodiy aloqalar bo'yicha Davlat maslahatchisi xizmati singari institut paydo bo’ldi. O'z tabiatiga ko'ra O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlatlararo munosabatlar va tashqi iqtisodiy aloqalar bo'yicha Davlat maslahatchisi xizmati O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tarkibiy qismi hisoblanadi. Davlat maslahatchisi xizmatining faoliyati O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlatlararo munosabatlar va tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi faoliyatini tashkiliy, axborot-tahliliy va ekspert-huquqiy jihatdan ta'minlaydi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Tashqi istisodiy faoliyat sohasida ahamiyatiga ko’ra ikkinchi boshqaruv organi Vazirlar Mahkamasidir. Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma'naviy sohaning samarali faoliyatiga 31 rahbarlikni, qonunlar va Oliy Majlisning boshqa qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlaydi. Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasining hukumati bo’lib, davlat boshqaruv organlari va ular tuzadigan xo’jalikni boshqarish organlariga rahbarlik qiladi, ularning kelishilgan faoliyatini ta'minlaydi. Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasi tasarrufiga taalluqli bo’lgan davlat va jamiyatni boshqarishning barcha masalalarini hal qilishga huquqlidir. Vazirlar Mahkamasi o’z vakolatlari doirasida: - iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarni boshqaradi, erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlarni yaratadi; - xo’jalik yuritishning yangi shakllari – kontsernlar, konsortsiumlar, tarmoqlararo birlashmalar, uyushmalarni barpo etish va mustahkamlashga yordam beradi, ularning faoliyatini yo’naltiradi va muvofiqlashtiradi; - boshqarish tarkibini takomillashtirsh to’g’risidagi takliflarni ishlab chiqadi; - respublika byudjetini, shuningdek O’zbekiston Respublikasini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish prognozlari va eng muhim dasturlarini ishlab chiqish va hamda ijro etishni tashkil etadi; - O’zbekiston Respublikasining chet ellardagi va xalqaro tashkilotlardagi vakilligini ta'minlaydi, hukumatlararo shartnomalar va kelishuvlar tuzadi - tashqi iqgisodiy faoliyat sohasidagi rahbarlikni amalga oshiradi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling