Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
yangi oquv
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.1. Zamonaviy jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosobatlar
Nazorat savollari
1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning «o‘zbek modeli» tamoyillari va bosqichlarini tushuntib bering. 2. O‘zbekiston iqtisodiyotining tarkibi va jahon iqtisodiyotidagi o‘mini tushuntiring. 3. O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarining tarkibi va rivojlanish dinamikasini tahlil qiling. 4. «Navoiy», «Angren», «Jizzax» erkin iqtisodiy zonalarining O’zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishidagi o‘rniga baho bering. 5. O‘zbekiston iqtisodiyotini modemizatsiyalash holatini baholang. 4-MAVZU. JAHON IQTISODIYOTI VA UNING TARKIBI 4.1. Zamonaviy jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosobatlar 4.2. Jahon xo’jaligi tushunchasi, uning asosiy sub'ektlari 4.3. Xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar Tayanch boralar: jahon iqtisodiyoti, globallashuv, xalqaro mehnat taqsimoti, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, jahon xo’jaligi, xalqaro hamkorlik, ilmiy-texnik inqilob, ishlab chiqarish va texnologik hamkorlik. 4.1. Zamonaviy jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosobatlar Jahon iqtisodiyoti – bu an’anaviy (davlatlar, transmilliy kompaniyalar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va b.) va eng yangi (intellektual vodiylar, jahon shaharlari, texnoparklar, virtual korxonalar va b.) tuzilmalari va ular o'rtasidagi munosabatlari mavjud bo’lgan globallashayotgan murakkab tizim. «Jahon iqtisodiyoti» tushunchasini keng va tor ma'nolarda ko'rib chiqish mumkin. Keng ma'noda jahon iqtisodiyoti – bu barcha milliy iqgisodiyotlarni qamrab olgan bir tizim hisoblansa, tor ma'noda – bu milliy iqtisodiyotning tashqi dunyoga tovarlar, xizmatlar va iqgisodiy 37 resurslar yetkazib beruvchi qismlarinigina qamrab oluvchi tizimdir. Zamonaviy jahon iqtisodiy tizimi xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimi orqali xalqaro mehnat taqsimoti asosida global xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning o'zaro hamkorligini anglatadi. Jahon iqtisodiyoti tizim sifatida muayyan xususiyatlarga ega: yaxlitlik, tuzilish, ierarxiya, dinamizm, tartib va umumiy maqsadning mavjudligi. "Jahon iqtisodiyoti" tushunchasining sinonimlari "jahon xo’jaligi", «butunjahon iqtisodiyoti» hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotining quyidagi asosiy xususiyatlari mavjud: 1. Uning shakllanishi va rivojlanishining asosida milliy chegaradan tashqariga chiqadigan bozor iqtisodiyotini baynalmilallashuvning ob'ektiv qonuniyatlari yotadi. 2. Ko’pukladli va ko’p darajali xo’jalik bo’lib, uning doirasida turli darajadagi xo'jalik yurituvchi sub'ektlar (jismoniy shaxslar va kichik biznesdan boshlab, global miqyosda faoliyat yurituvchi ko’p millatli kompaniyalargacha) o’zaro faoliyat yuritadilar. 3. Unga sub’yektlari sonining muntazam oshishi va ularning o’z iqtisodiy manfaatlari asosida o’zaro hamkorligining o’sishi xosdir. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling