Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S
Jahon narxlari va asosiy tashqi savdo narxlarining turlari
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
yangi oquv
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi savdo narxlarining tasnifi 1 Tasniflash belgisi Narx turlari
5.3. Jahon narxlari va asosiy tashqi savdo narxlarining turlari Jahon narxlari tashqi savdo operatsiyalari narxini aniqlash uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Tashqi savdo narxlarining tasnifi quyidagi jadvalda keltirilgan. 5.1.- jadval Tashqi savdo narxlarining tasnifi 1 Tasniflash belgisi Narx turlari Bozor turi Auksion narxlari Birja narxlari Savdo narxlari Ma’lumot olishga ko’ra Chop etiladigan narxlar Hisob-kitob narxlari Yetkazib berish startlariga ko’ra Yetkazib berishning bazis startlari Fiksatsiya usuli Qat’iy (doimiy) narxlar O’zgaruvchan narxlar 1 Шевчук Д. А. Мировая экономика: Конспект лекций. – Ростов-на-Дону: Феникс, 2007 52 Sirg’aluvchi narxlar Aralash narxlar Savdo shakliga ko’ra joriy kontraktlar narxlari Uzoq muddatli kontraktlar narxlari Shartnomaviy narx – sotuvchi va xaridor o'rtasida kelishilgan va shartnomada ko'rsatilgan aniq baho. Odatda, u yetkazib beruvchi taklif etgan bahodan past bo'lib, tijorat siri sifatida hech qaerda oshkor etilmaydi. Ma'lumot beruvchi narxlar – maxsus nashrlarda, byulletenlarda, davriy adabiyotlarda, kompyuter ma'lumot kanallarida e'lon qilinadigan sotuvchi bahosi bo'lib, qoidaga ko'ra, ular ancha balandroq va kam harakatchan bo'ladi. Mazkur tovar bozorda yuzaga kelgan umumiy dinamika va tendentsiyani ifodalaydi; Birja narxlari – birja orqali sotiladigan tovarlar bahosini aks ettiradi. Ushbu tovarlar tarkibiga asosan xomashyo tovarlari va yarim fabrikatlar kiradi. Birja savdosiga qo'yilgan tovar bozordagi kon'yunkturani o'zida ifodalaydi, ko'p hollarda noiqtisodiy omillar ta'siriga tushib qoladi; kelishuv chog'ida tovarning birja kotirovkasini, tovarni yetkazib berishni, to'lovni va boshqalarni o'zida ifoda ettirmaydi, kotirovka bahosi maxsus byulletenlarda bosib chiqariladi. Alohida tovarlar turlarining kotirovka narxlari ko'pincha ayrim birjalarda shakllangan narx darajasi va dinamikasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi; Auktsion narxlar – tovarning savdo jarayonida vujudga kelgan bahosi bo'lib, ma'lum bir davrdagi talab hamda taklifni aks ettiruvchi va tovarning real bahosidir. Auktsionlarda asosan san'at asarlari, mo'yna, hayvonlar kabi o'ziga xos tovarlar sotiladi; Tashqi savdoning statistik narxlari – milliy va xalqaro statistik ma'lumotnomalarda bosilgan hisob-kitob narxlari, bu ma'lumotlar ma'lum bir tovar bo'yicha aniq bahoni aks ettirmaydi. Ushbu narxlar faqat mamlakatlar va jahon savdosining rivojlanish dinamikasi va tendentsiyasini tahlil qilish, statistik hisob-kitoblar uchun xizmat qiladi. Jahon bozorida narxlar vujudga kelish xususiyatlariga qarab "erkin bozor" va "yopiq bozor" narxlariga bo'linadi. "Erkin bozor" bahosi raqobat sharoitida yuzaga keladi va talab bilan taklif nisbatini 53 aks ettiradi. "Yopiq bozor" bahosi tovarlarni sotish uchun ma'lum bir joyda tashkil etilgan, auktsion savdolarga oid baholar hisoblanadi. "Yopiq bozor" bahosi sotuvchi va xaridor o'rtasidagi o'ziga xos munosabat bo'lib, mazkur tovarga talab va taklif ob'ektlarining ta'siri kam bo'ladi. Bu baholar firmalarda ichki savdo, iqgisodiy guruhlarning mintaqaviy va maxsus preferentsial kelishuvlar bahosidir. Kelishuvda belgilangan xizmat turiga qarab bahoning quyidagi turlarini ajratish mumkin: - erkin konvertirlanadigan valyutada to'lanadigan savdo bitimlari narxi; - erkin konvertirlanmaydigan valyutada to'lanadigan savdo bitimlar narxi; - kliring kelishuvlar bo'yicha shakllangan narx; - nosavdo operasiyalar bo'yicha shakllangan narx; - transfert narx (firma ichida). Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling