Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/91
Sana24.12.2022
Hajmi1.31 Mb.
#1056334
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   91
Bog'liq
yangi oquv

Nazorat savollari: 
1. Jahon bozoriga ta'sir qiluvchi omillar nima va ular qanday 
guruhparga ajratiladi? 
2. Jahon bozori kon'yunkturasi nima va unga qanday omillar ta'sir 
ko'rsatadi? 
3. Tayyor mahsulotlar bozorida narxlarning shakllanishiga ta'sir 
qiluvchi omillar tizimi nimalardan iborat? 
4. Xalqaro savdoda qo'llaniladigan narxlarning qantay turlari mavjud? 
5. Jahon qayta ishlash sanoati mahsulotlari bozori qanday rivojlanish 
tevdentsiyalariga ega? 
6. Qayta ishlash sanoatiga qaysi tarmoqlar kiradi? 
7. Jahon qayta ishlash sanoati mahsulotlari bozorining geografik tarkibi 
qanday ko'rinishga ega? 
 
 
 
 
 


54 
6-MAVZU. XALQARO TOVAR SAVDOSI VA UNI 
BOSHQARISH 
6.1. Xalqaro iqtisodiy munosobatlar tizimida xalqaro savdo 
6.2. Xalqaro savdo, uning dinamikasi va tarkibi 
6.3.Tashqi savdo siyosati. Xalqaro savdoni tartibga solish 
 
 
Tayanch iboralar: xalqaro iqtisodiy munosobatlar, xalqaro 
savdo, tashqi savdo, tashqi savdo balansi, tashqi savdo aylanmasi 
 
6.1. Xalqaro iqtisodiy munosobatlar tizimida xalqaro savdo 
Turli mamlakatlar o'rtasida tovarlar va xizmatlarni sotib olish va 
sotish jarayonini ifodalovchi xalqaro savdo xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarning (XIM) tarixiy jihatdan ilk shakli hisoblanadi. 
Xalqaro savdo - dunyodagi barcha mamlakatlarning tashqi 
savdosidan kelib chiqadigan xalqaro tovar-pul munosabatlari tizimi, bu 
turli davlat-milliy xoʻjaliklari oʻrtasidagi tovar va xizmatlarning 
ayirboshlash jarayonidir. 
Savdoning paydo bo'lishi mehnatning ijtimoiy taqsimoti va tovar-
pul munosabatlarining rivojlanishi bilan bog'liq. Qadimgi va o'rta 
asrlarda savdogarlar tomonidan amalga oshirilgan tashqi savdo ustunlik 
qildi. Kech o'rta asrlarda (XV–XVII asrlar) jahon bozorining 
shakllanishi bilan xalqaro savdo, savdo kapitali rivojlandi. Xalqaro 
savdoning 
rivojlanishi 
yangi 
zamon 
jahon 
iqtisodiyotini 
rivojlantirishning muhim omillaridan biridir. Xalqaro savdo atamasini 
birinchi marta XII asrda italiyalik iqtisodchi Antonio Margaretti 
"Italiyaning shimolidagi xalqlarning hokimiyati» iqtisodiy risolasida 
qo’llagan. 
Mamlakatlarning xalqaro savdoda ishtirok etishining afzalliklari: 
• milliy xo'jaliklarda takror ishlab chiqarish jarayonining 
jadallashuvi 
ixtisoslashuvning 
kuchayishi, 
ommaviy 
ishlab 
chiqarishning paydo bo'lishi va rivojlanishi uchun imkoniyatning 
yaratilishi, yangi texnologiyalarni joriy etish samaradorligini oshirish 
natijasidir; 


55 
uskunalarning 
ish 
yuki 
darajasini 
oshirish, 
eksport 
mahsulotlarini yetkazib berishni ko'paytirish ish bilan bandlikni 
oshishiga olib keladi; 
• xalqaro raqobat korxonalarni takomillashtirish zaruratini keltirib 
chiqaradi; 
• eksport daromadlaridan kelgan tushum sanoatni rivojlantirishga 
yo’naltirilgan kapitalni yig'ish manbai bo'lib xizmat qiladi. 
Zamonaviy xalqaro tovarlar va xizmatlar savdosi xalqaro iqtisodiy 
munosabatlar tizimida markaziy o'rinni egallaydi. Xalqaro savdo har 
qanday 
milliy 
iqtisodiyot, 
birinchi 
navbatda, 
jahon 
savdo 
munosabatlarida faol ishtirok etishdan qo'shimcha foyda oladigan ochiq 
iqtisodiyot davlatlarini rivojlantirish uchun zarurdir. Tovarlar va 
xizmatlar xalqaro savdosi tufayli mamlakatlarning ilmiy-texnik, ishlab 
chiqarish, 
texnologik, 
moliyaviy 
o'zaro 
bog'liqligi 
mustahkamlanmoqda. 
Xalqaro savdo ikki asosiy turga bo'linadi: tashqi savdo va jahon 
savdosi. 

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling