Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S
Xalqaro savdo, uning dinamikasi va tarkibi
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
yangi oquv
6.2. Xalqaro savdo, uning dinamikasi va tarkibi Xalqaro savdo – turli mamlakatlarning sotuvchilari va xaridorlari o'rtasida tovarlar va xizmatlar shaklidagi mehnat mahsulotlarini almashish shakli. Jahon savdo aylanmasining hajmi, eksport va importning tovar tarkibi va uning dinamikasi, shuningdek, xalqaro savdoning geografik tuzilishi xalqaro savdoning tavsiflari bo’lib hisoblanadi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab zamonaviy xalqaro savdo juda yuqori sur'atlarda rivojlana boshladi. (6.1-rasm.) 58 6.1-rasm. Jahon tovarlar eksporti hajmining o’zgarish tendentsiyalari, 1950-2019 yillar 1 2019 yilda butun dunyo bo'ylab eksport qilinadigan tovarlarning global savdo qiymati taxminan 18 888,8 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. Taqqoslash uchun, 2000 yilda bu ko'rsatkich taxminan 6 452,32 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan. Dunyo bo'ylab eksport qilinadigan tovarlar qiymatining o'sishi xalqaro savdoning rivojlanishi, globallashuv va texnik taraqqiyotni aks ettiradi. 6.1-jadval Jahon tovarlar eksporti 2014-2019 yillar (joriy narxlarda trln.doll.) Yillar 2014 2015 2016 2017 2018 2019 Jahon tovarlari eksporti, jami 19,0 16,5 16,0 17,7 19,5 18,8 Shu jumladan Qayta ishlash sanoati 12,3 11,3 11,1 12,1 13,2 14,8 Ofis va tele- kommunikatsiya jihozlari 1,8 1,73 1,68 1,90 2,06 2,03 2019 yilda Xitoy butun dunyo bo'ylab tovarlar eksportining eng katta manbai bo'lib, tovarlarning umumiy eksporti deyarli 2,5 trillion AQSh dollarini tashkil etdi. Xitoyning jahon tovarlar eksportidagi ulushi butun dunyo bo'ylab eksport qilinadigan barcha savdo mahsulotlarining deyarli 13 foizini tashkil etdi. AQSh esa uchinchi yirik tovar eksportchisi bo’lib, eksport qiymati taxminan 1,65 trillion AQSh dollarini tashkil etdi. (6.2-rasm.) 2020 yilda COVID-19 tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy va ijtimoiy zarbalar jahon savdosiga juda katta ta’sir ko’rsatib uning kamayishga olib keldi. 2020 yilning boshidan jahon savdosi pasayish tendentsiyasiga ega bo'lib, ikkinchi choragida 2019-yilning ikkinchi 1 https://www.statista.com/statistics/264682/worldwide-export-volume-in-the-trade-since- 1950/ 59 choragiga nisbatan taxminan 19 foizga keskin kamaydi. Uchinchi chorakdagi dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, jahon savdosining o'sishi ikkinchi chorakka nisbatan o'nglangan bo'lsa-da, uchinchi chorakda salbiy bo'lib qoldi va yil hisobida taxminan 4,5% gacha kamaydi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling