Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/91
Sana24.12.2022
Hajmi1.31 Mb.
#1056334
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   91
Bog'liq
yangi oquv

yuqori tovarlar ro'yxati milliy guruhlashlarda yanada kattaroq bo'lshi 
mumkin. Masalan, AQShda ularga biotexnologiya, yangi materiallar, 
atom reaktorlari, qurol-yarog'larning alohida turlari ham kiritiladi. 
Jahon 
tovarlar 
bozori 
ishtirokchilari 
o'rtasidagi 
o'zaro 
munosabatlar xarakteriga ko'ra yopiq, ochiq, preferentsial bozorlarga 
bo'linadi. 
Xalqaro savdo qatnashchilarini, birinchi navbatda, tovar bozorlari 
kon'yunkturasi qiziqtiradi. Zamonaviy dunyoda, bozor raqobati tobora 
kuchayib borayotgan bir vaqtda, tijoratda muvaffaqiyatga erishishning 
eng muhim sharti – kon'yunktura omillarining o'zaro ta'sirini tahlil 
qilish asosida tovarning talab va taklif nisbatlarini doimiy aniqlashdir. 
Odatda, quyidagi omillar guruhini asosiy omillar qatoriga kiritish 
mumkin: 
- doimiy va o'zgaruvchan; 
- tsiklik va notsiklik
- bozor rivojlanishini rag'batlantiruvchi va cheklovchi omillar; 
- amal qilish muddati bo’yicha farq qiluvchi omillar. 
Misol uchun, notsiklik xarakterdagi doimiy faol omillarga davlat 
tomonidan monopoliyaning tartibga solinishi keltirish mumkin. Qator 
sohalardagi (ayniqsa, qishloq xo'jaligi sohasida) ishlab chiqarish va 
iste'molning mavsumiyligi kabi omillar tsiklik omillarga kiradi. 
Tsikllar, ma'lumki, turli xil xarakter va davomiylikka ega: katta, qisqa 
– ishlab chiqarish, mavsumiy, biologik va boshqalar. 
Davomiyligi bo'yicha kon'yunkturani tashkil etuvchi omillar 
qisqa muddatli – bir necha haftadan bir yilgacha, o'rta muddatli – odatda 
besh yilgacha va uzoq muddatli deb tasniflanishi mumkin. 
Kon'yunkturani tashkil etuvchi ba’zi omillar ikkitomonlama namoyon 
bo'lishi bilan ajralib turadi: bir tomondan ular doimiy faoliyat 
ko'rsatishi mumkin, ikkinchidan, ular davriy (tsiklik) xarakterga ega.
Ilmiy-texnik taraqqoyot (ITT) alohida mamlakatlar va umuman 
jahon iqtisodiyotining iqtisodiy rivojlanishiga doimiy ta’sir qiladi. 
Biroq, bu omilning doimiy ta'siridan tashqari, uning ta'sirining 
tsiklikligi ham namoyon bo'ladi, chunki bilim, texnologiya, ishlab 
chiqarilgan mahsulotlar doimo takomillashib boradi va ma'lum bir 
bosqichda sifatli sakrash yoki ilmiy-texnik inqilob (ITI) sodir bo’ladi. 
Bozorni rivojlantirishni rag'batlantiruvchi yoki cheklovchi 
omillar, birinchi navbatda, savdo siyosati vositalarini, masalan, biror bir 


49 
mahsulotni eksport qilishni qo'llab-quvvatlash choralarini yoki savdo 
urushlarini o'z ichiga oladi. 

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling