Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S
Jahon xo’jaligi tushunchasi, uning asosiy sub'ektlari
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
yangi oquv
4.2. Jahon xo’jaligi tushunchasi, uning asosiy sub'ektlari
Adabiyotlarda jahon xo’jaligi tushunchasining ta'rifiga turli xil yondashuvlar mavjud. Ularning eng muhimlarini ajratib ko’rsatish mumkin: 1) jahon xo’jaligi – xalqaro mehnat taqsimoti tizimi bilan bir- biriga bog'liq bo'lgan milliy xo'jaliklarning majmui. Bunday ta'rif jahon iqtisodiyotining milliy iqtisodlar yig’indisi sifatida namoyon bo'lishiga asoslanadi va to'liq hisoblanmaydi; 2) jahon xo’jaligi – ishlab chiqarish va moliyaviy munosabatlarning jahon tizimi. Ushbu yondashuvda jahon iqtisodiyotining asosiy tarkibiy qismlari – real ishlab chiqarish sohasi va aylanma sohasi aks ettirilgan; 3) jahon xo’jaligi – milliy davlat va nodavlat tuzilmalar majmui, shuningdek, ularning xalqaro mehnat taqsimoti va siyosiy aloqalar asosida o'zaro munosabatlari. Ushbu izohda jahon iqtisodiyoti yagona iqtisodiy makon (megaiqtisodiyot) bo'lib, unda iqtisodiy munosabatlar sub’ektlari quyidagilar hisoblanadi: - dunyo mamlakatlarining milliy iqtisodiyotlari; - jahon biznesining sub’ektlari – transmilliy korporatsiyalar (TMK) va ularning ittifoqlari; 41 - jahon xo’jaligi institutlari – xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va integration birlashmalar. Milliy iqtisodiyotlar jahon iqtisodiyotining asosiy sub'ekti sanaladi. Dunyoda 180 dan ortiq davlat mavjud. Iqtisodiy rivojlanishning turli ko'rsatkichlariga ega bo'lgan ko'plab davlatlar orasida muhim xususiyatlarga ko'ra tasniflanadigan turli mamlakatlar guruhlarini ajratib ko’rsatiladi. Transmilliy korporatsiyalar (TMK) – dunyodagi eng yirik kompaniyalar, faoliyat sohasini xalqaro miqyosda olib boruvchi, ammo tashkil topgan mamlakatida milliy kapitalga ega hisoblanadi. XXI asrning boshlarida dunyoda 70 mingga yaqin TMK va 850 ming filiallari bor edi. 50 mingga yaqin bosh-kompaniyalar rivojlangan mamlakatlarda joylashgan. Jahon ishlab chiqarishining 50% va dunyo tashqi savdosining 2/3 qismi TMK ulushiga to'g'ri keladi. Birinchi o'ntalikda turuvchi dunyoning eng yirik TMK larining kapitallashuvi bir necha yuz ming dollarni tashkil etadi. Transmilliy korporatsiyalar mezonlari: 1) Transmilliy korporatsiyalar faoliyat yuritadigan mamlakatlar soni; 2) Transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqarish quvvatlari joylashgan mamlakatlar soni; 3) korporatsiya hajmi; 4) daromad va sotishdagi xorijiy operatsiyalarning ulushi; 5) bir necha mamlakatlarda aktsiyalarga ega bo'lish; 6) xodimlarning xalqaro tarkibi. Kompaniyaning ma'lumotlariga asoslanib, transmilliylashuv indeksi – kompaniyaning xorijiy aktivlarining umumiy aktivlari hajmiga nisbati o’rtacha qiymati – hisoblab chiqiladi. Zamonaviy transmilliy korporatsiyalarning xususiyatlari quyidagilardan iborat: • TMK ning yirik o’lchamlari. Ular bir necha milliard dollarlik aylanmaga ega yirik sanoat-moliya komplekslari bilan ifodalanadi; • TNKning roli. Bu korporativ manfaatlar mujassamlashgan iqtisodiyot tarmoqlarining muhim ahamiyati bilan belgilanadi. Bular ilmiy va texnik taraqqiyot bilan bog'liq ilg'or ilmiy-intensiv qayta ishlash tarmoqlari: avtomobil, elektron, kimyo, farmatsevtika va boshqalar hisoblanadi. Transmilliy korporatsiyalar rivojlanishida bir nechta bosqichni ajratib ko’rsatish mumkin: 42 1) XIX asrning oxiri va Birinchi jahon urushi boshlanishi. Ushbu davrda rivojlanayotgan mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan kartellar va sindikatlar ko’paydi va asosan xom ashyo ishlab chiqarish bilan shug'ullandi; 2) Birinchi jahon urushi – Ikkinchi jahon urushi oralig’idagi davr. Ushbu davrda asosan harbiy ehtiyojlarni qondirish uchun trestlar hukmron edi; 3) Ikkinchi jahon urushidan keyin va mustamlakachilik tizimining parchalanishigacha bo’lgan davr. Ushbu bosqichda zamonaviy qayta ishlab chiqarish sanoatida konsern va konglomeratlar ustunlik qildi; 4) XX asrning 70-80 yillari va XXI asrning boshlanishi. Ko'p tarmoqli konsernlar TMKning asosiy shakliga aylanadi. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar – bu jahon xo’jaligi institutlari bo’lib, ularning roli so'nggi o'n yilliklarda ayniqsa oshdi. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning aksariyati nodavlat bo’lib, ular taxminan 3000 taga yaqin. Ular orasida JST, XVF, OECD va boshqalar kabi mashhur tashkilotlar mavjud. Tashkilotlarning yana bir guruhi – davlatlararo, ular 400 ga yaqin. Ular orasida Evropa Ittifoqi, NAFTA, ASEAN va boshqalar bor. Dunyoning eng muhim integratsiya birlashmalari – jahon iqtisodiyoti sub’ektlarini ajratib ko’rsatish mumkin. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling