Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/91
Sana24.12.2022
Hajmi1.31 Mb.
#1056334
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   91
Bog'liq
yangi oquv

 
 
O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi 
O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi – O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tizimiga kiruvchi va O’zbekiston 
Respublikasining Konstitusiyasida, shuningdek, xalqaro-huquqiy 
me’yorlarda belgilangan prinsiplardan kelib chiqqan holda, 
O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosatini amalga oshiruvchi 
davlat boshqaruvi organidir. 
Vazirlik o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
bevosita rahbarligida amalga oshiradi. 
O’zbekiston Respublikasi davlat suvereniteti prinsiplarini 
hayotga tatbiq etish, O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy yo’lini 
amalda ro’yobga chiqarish, xorijiy mamlakatlar bilan munosabatlarda, 


32 
shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda O’zbekistonning 
davlat manfaatlarini va uning fuqarolari huquqlarini himoya qilish 
vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi. 
Vazirlik vazifalari: 

O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosati strategiyasi, uning 
tashqi siyosiy manfaatlarini himoya qilish va ilgari surish, 
shuningdek, davlatning xalqaro faoliyati umumiy muammolariga 
doir masalalar bo’yicha takliflar ishlab chiqadi; 

o’z vakolatlari doirasida vazirliklar, idoralar, muassasalarning 
xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo’yicha ishini muvofiqlashtiradi; 

tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga, xalqaro moliyaviy, 
iqtisodiy va boshqa tashkilotlar bilan aloqalar o’rnatilishiga va bu 
aloqalarning kengayishiga ko’maklashadi; 

belgilangan tartibda va o’z vakolatlari doirasida boshqa 
mamlakatlarning tegishli davlat organlari bilan va tashqi siyosiy 
muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralar 
olib boradi hamda shartnoma va bitimlar tuzadi

O’zbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomalari va 
bitimlarini ishlab chiqishda qatnashadi va tuzilishini ta’minlaydi 
hamda bu shartnoma va bitimlar asl matnlarining depozitariysi 
hisoblanadi; 

tegishli davlat shartnoma va bitimlarini ratifikasiya qilish uchun 
belgilangan tartibda Oliy Majlisga taqdim etadi; 

O’zbekiston Respublikasining kuchga kirgan davlatlararo 
shartnoma va bitimlarini ro’yxatdan o’tkazish yoki hujjatlar 
yig’ma jildida saqlash, ro’yxatga kiritish yoki e’lon qilish uchun 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Kotibiyatiga belgilangan tartibda 
yuboradi; 

O’zbekiston Respublikasi davlat shartnomalari bo’yicha 
tomonlarning 
majburiyatlari 
bajarilishi 
ustidan 
nazoratni 
ta’minlash chora-tadbirlariniko’radi; 

O’zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti, 
Oliy 
Majlis 
raisi,O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O’zbekiston 
Respublikasi tashqi ishlar vazirining xorijiy davlatlarga 
tashriflarini O’zbekiston Respublikasining davlat diplomatik 
protokoli to’g’risidagi Nizomga muvofiq protokol jihatdan 
tayyorlaydi va tashkiliy ta’minlash chora-tadbirlarini ko’radi; 


33 

xalqaro konferensiyalar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar 
majlislari ishida qatnashish uchun O’zbekiston Respublikasining 
rasmiy hay’atlarini tuzadi va yuboradi; 

xorijiy davlatlarning rasmiy davlat hay’atlarini qabul qilishni 
tashkil etadi va unda ishtirok etadi hamda siyosiy, diplomatik, 
protokol va vakillik ishlarini olib boradi; 

iqtisodiyot, madaniyat, ilmiy-texnikaviy ayirboshlash va savdo 
sohasida O’zbekiston Respublikasining vazirliklari va idoralari, 
jamoat birlashmalari va fuqarolarining xalqaro aloqalari 
rivojlanishiga ko’maklashadi; 

«Jahon» axborot agentligi orqali chet elda O’zbekiston 
Respublikasining tashqi va ichki siyosati to’g’risida xolisona 
axborot tarqatishga ko’maklashadi; 

O’zbekiston Respublikasi vazirlik, idora va tashkilotlariga 
diplomatik protokol sohasida, ular tomonidan elchixonalar va 
boshqa xorijiy vakolatxonalar bilan aloqalarning amalga 
oshirilishida ko’maklashadi; 

Respublika hududida ham chet elda xorijiy davlatlar, xalqaro, 
hukumatlararo va mintaqaviy tashkilotlar bilan diplomatik va 
konsullik aloqalarni amalga oshiradi; 

xalqaro huquq me’yorlariga va O’zbekiston qonunchiligiga 
muvofiq boshqa davlatlarning respublika hududidagi doimiy 
diplomatik vakolatxonalari bilan munosabatlarni qo’llab-
quvvatlaydi, diplomatik vakolatxonalar xodimlarini akkreditasiya 
qiladi; 

xorijiy 
muxbirlarni 
akkreditasiya 
qiladi, 
O’zbekiston 
Respublikasining tashqi siyosati to’g’risida jamoatchilikni 
xabardor qilish chora-tadbirlariniko’radi, boshqa davlatlarning 
jurnalistlari bilan brifinglar, matbuot konferensiyalari va 
uchrashuvlar o’tkazadi; 

xorijiy davlatlarning savdo vakolatxonalarini, xalqaro siyosiy, 
iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar va birlashmalarning 
vakolatxonalari va missiyalarini akkreditasiya qiladi; 

O’zbekiston Respublikasi hududida xorijiy vakolatxona va 
xalqaro tashkilotlarning diplomatik va konsullik immunitetiga 
rioya qilish uchun sharoitlar yaratadi, xalqaro huquq me’yorlariga 
muvofiq o’z funksiyalarini bajarishlarida ularga ko’maklashadi; 


34 

chet elda yashovchi vatandoshlar bilan aloqa va munosabatlarning 
rivojlanishiga ko’maklashadi; 

pasport – viza hujjatlarini rasmiylashtiradi

mahalliy va xorijiy yuridik shaxs va fuqarolar uchun hujjatlarni 
talab qilib olish va legalizasiya qilish ishini belgilangan tartibda 
yuritadi, fuqarolik holati va notariat hujjatlari bilan bog’liq 
bo’lgan boshqa konsullik masalalarini hal etadi; 

O’zbekiston Respublikasiga keluvchi fuqarolarni O’zbekiston 
Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish masalalari bo’yicha 
taqdimnomalarni ko’rib chiqishda belgilangan tartibda qatnashadi; 

tashqi siyosiy faoliyatga tegishli bo’lgan masalalar bo’yicha 
qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqadi, respublika 
qonunchiligiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishga doir 
takliflar tayyorlaydi. 

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling