140
GLOSSARIY
Avizo – o’zaro hisob-kitoblar holatidagi o’zgarishlar to’g’risida bir
kontragentning ikkinchi kontragentga jo’natadigan xabari, shu
jumladan uning hisob varag’iga o'tkazmalar kelib tushgani haqida,
akkreditiv ochilishi va hokazolar to’g’risida bank tomonidan mijozga
yuboriladigan xabarnoma.
Avtarkiya – mamlakatning jahon bozoridan ixtiyoriy yoki majburiy
tarzda
mahdudlanish siyosati, davlatning xo'jalik jihatidan alohida
yashashi. Olib kiriladigan tovarlarga yuqori cheklash bojlarining
belgilanishi, boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy
va savdo aloqalarini
rivojlantirishga to’sqinlik qiluvchi shart-sharoitlarni yaratish
avtarkiyaning asosiy vositalari hisoblanadi.
«Aqlning oqib o‘tishi» – yuqori malakali mutaxassislaning
mamlakatlararo migratsiyasi.
ASEAN – 1967-yilda Bruney, Vyetnam, Indoneziya, Kambodja, Laos,
Malayziya, Myanma, Singapur, Tailand va Filippin tomonidan tashkil
etilgan Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi.
APEC – 1989-yilda Avstraliyaning taklifi bilan Tinch okeani xavzasida
iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida
tashkil etilgan Osiyo-
Tinch okeani iqti sodiy hamjamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: