10
KIRISH
Tashqi
iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual
boyliklarining
mamlakatlar
o’rtasida
almashinuvining
turli
yo’nalishlari, shakllari va vositalarini ifodalovchi yaxlit tizimdir. Bu
har qanday mamlakat iqtisodiyotidagi eng murakkab soha bo’lib,
rivojlanishi uchun atroflicha yondashishni taqozo etadi.
O'zbekistonning siyosiy mustaqillikka erishishiga va bozor
munosabatlariga o'tishi, O’zbekiston geosiyosiy
holatining tubdan
o'zgarishi, bosqichma bosqich iqtisodiy islohotlarning amalga
oshirilishi mamlakat taraqqiyotida tashqi iqtisodiy aloqalarning rolini
ancha ko’tardi. O'zbekiston
uchun nafaqat uzoq xorij, balki yaqin
qo’shnilar bilan ham xo'jalik va savdo aloqalari tashqi iqtisodiy
aloqalarga aylandi. Shu munosabat
bilan milliy iqtisodiyotni
rivojlantiritshtda tashqi iqtisodiy omilning ahamiyati keskin oshdi.
Ayni vaqtda ham ayrim xo'jalik sub'ektlarining, ham davlatning
umuman tashqi iqtisodiy faoliyati mohiyati son va sifat jihatidan tubdan
o'zgardi. Tashqi iqtisodiy omilning ahamiyati amalga oshirilayotgan
bozor o’zgarishlari, mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiyoti, ichki
bozorning tashqi bozor bilan hamkorligining shakllanayotgan butunlay
yangi asoslari talablaridan kelib chiqadi.
Hozirgi bosqichda tashqi iqtisodiy
aloqalarning son va sifat
jihatidan o’sishi bu jarayonlarni hartomonlama chuqur o’rganishga
yanada yuksak talablar qo’yadi. Turli mulkchilik shakllaridagi
korxonalarning ishlab chiqarish,
ilmiy-texnikaviy, valyuta-moliya,
xorijiy sheriklar bilan savdo-iqrtsodiy aloqalarni amalga oshira
oladigan mutaxassislarga ehtiyojini ta'minlash uchun O’zbekiston oliy
o’quv yurtlarida ta'limning kunduzgi va sirtqi shakllarida tahsil oluvchi
talabalar tashqi iqtisodiy faoliyat masalalariga
va muammolariga
bag'ishlangan turli fanlarni o'rganadilar.
Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning xorijiy tashkilotlar va firmalar
bilan
tashqi
iqtisodiy
faoliyat
sohasidagi
iqtisodiy-tashkiliy
munosabatlari bunday kurslarning mavzusi hisoblanadi. Ushbu fanni
o’rganishdan maqsad – tashqi iqtisodiy aloqalarning turli jthatlari
bo’yicha tegishli bilimlarni berishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: