Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
yangi oquv
- Bu sahifa navigatsiya:
- Induksiya usuli
- Dialektik usul
- Qiyosiy tahlil usuli
- Statistik guruhlash usuli
- Monografik usul
Ilmiy abstraktsiya usuli hodisalarning mohiyatini bilish uchun
tadqiqot jarayonida kichik hodisalardan, ahamiyatsiz tomonlardan umumiy, muhim xususiyatlarni ajratishdan iborat. 14 Induksiya usulidan foydalanilganda umumiy xulosa yagona omillar asosida amalga oshiriladi, ya'ni qarorlar xususiydan umumiyga, omillardan nazariyaga qadar qabul qilinadi. Deduktsiya usuli tadqiqotlarning teskari yo'nalishini o'z ichiga oladi – ya’ni umumiydan xususiyga boriladi. Ushbu usullar gipotezalarni ilgari surish imkonini beradi. Gipoteza – bu har qanday hodisani tushuntirish uchun taqdim etilgan va ishonchli ilmiy nazariya bo'lishi uchun amaliyotda tekshirishni va nazariy asosni talab qiladigan ilmiy taxmindir (farazdir). Dialektik usul hozirgi hayotdagi barcha voqelik va omillarni to'gri tahlil qilib, umumlashtiradi va shu asosda bundan keyingi rivojlanish uchun sharoit yaratadi. To'g'ri xulosa chiqarish uchun ilmiy izlanishning quyidagi usullaridan foydalaniladi: statistik guruhlash, monografik, hisoblash-mantiqiy tahlil qilish metodi, tajriba qo'yish va matematik modellashtirish. Qiyosiy tahlil usuli eng yaxshi natijalarni aniqlash uchun xususiy va umumlashtiruvchi iqtisodiy ko'rsatkichlarni taqqoslashdan iborat. Statistik-iqtisodiy usul – ommaviy raqamli ma'lumotlar orqali ijtimoiy hodisalarning rivojlanishini har tomonlama tavsiflash uchun ishlatiladigan usullar to'plami. Statistik ma'lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishning asosiy usullari iqtisodiy guruhlash, o'rta va nisbiy qiymatlar, grafik tasvirdir. Statistik guruhlash usuli – barcha ishlab chiqarish tarmoqlari bo'yicha juda katta ma'lumotlar to'plashga, qishloq xo'jaligida chorvachilik mahsulotlarining o'sishi, ekinlar hosildorligi, ish kuchi, ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish darajalari, mehnat sarflari va unumdorligi, mahsulot tannarxi va daromadlar, mexanizasiyadan foydalanish darajalari kabi ma'lumotlarni to'plashga qaratilgan usuldir. Amalda bu ma'lumotlar guruhlanib korxonalarning ixtisoslashuvi, xo'jalikning maqsadga muvofiq hajmini asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlarga ta'sir etuvchi ayrim omillarni aniqlashda ishlatiladi. Monografik usul – ayrim ilg'or xo'jaliklar va ularning ichki bo'linmalari ishlab chiqarish-moliya faoliyatini sinchiklab o'rganishda hamda ayrim ish metodlarini chuqur tahlil qilishda foydalaniladigan usuldir. Tadqiqot ishlarining bu usulini qo'llanishi ko'pgina tashkiliy masalalarni to'gri hal qilish imkonini beradi. Bu usuldan foydalanishda to'plangan ma'lumotlar, hodisalar va jarayonlar orasidagi 15 bog’lanishlarni aniqlashda, qonuniyatlarning ma'nosini ochishda, qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining istiqbollarini belgilashda va barcha yangiliklar hamda ilg’or ish usullarini qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga tadbiq etishda asosiy yo'llarni belgilashga yordam beradi. Tadqiqotning monografik usuli umumiy to'plamning alohida elementlarini o'rganishni o'z ichiga oladi. Ushbu usul yangi va ilg'or narsalarni aniqlashga yordam beradi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling