Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/91
Sana24.12.2022
Hajmi1.31 Mb.
#1056334
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   91
Bog'liq
yangi oquv

Hisob-konstruktiv usul muammoni istiqbolda ilmiy jihatdan 
asoslangan holda hal etishning haqiqiy yo'llarini topish imkonini 
beradi. Bu usul qishloq xo'jalik korxonalari, ularning tarmoqlari va 
bo’linmalarining rivojlanish istiqbollarini aniqlash uchun qulay sharoit 
yaratib beradi. Bu usulning afzalligi shundaki, u biron-bir tashkiliy-
iqtisodiy tadbirni amalga oshirishda bir necha xil variantlarni tavsiya 
eta oladi. Buning natijasida yuqori mehnat umumdorligiga yoki eng 
past mahsulot tannarxiga erishish mumkin. 
Tahlil qilish usuli – bunda o'rganilayotgan voqea-hodisaning 
o'zini va uning har bir qismini alohida chuqur o'rganish mumkin. Ular 
orasidagi bog'lanishni o'rganish maqsadida, ularning har bir qismini 
alohida tadqiqot qilish mumkin. 
Tahlil qilish usuli – tadqiqot qilib o'rganishning eng keng 
tarqalgan turi hisoblanadi. 
Tahlil qilish usulining asosini bir xil iqtisodiy sharoitga ega 
bo'lgan, bir nechta xo'jalik yoki bo'linmalar yillik ko'rsatkichlarining 
o'zgarish 
dinamikasini 
bir-biriga 
taqqoslab 
o'rganish, 
reja 
topshiriqlarining ko'rsatkichlari bilan haqiqiy erishilgan natijalarni bir-
biriga solishtirishdan iboratdir. 
Tajriba usuli – tabiiy fanlarda asosiy bo'lgan eksperimental usul 
iqtisodiy hodisalarni o'rganish uchun keng qo’llaniladi. Bunda 
erishilgan natijalar miqdor va sifat jihatdan to'la hisobga olinadi. 
Tajriba usulida o'rganishdan keyin uni muvaffaqiyatli amalga 
oshirishning asosiy sharti ilmiy jihatdan asoslangan yangi bir tadbirni, 
me'yorni yaratishdir. 
Balans usuli – bu hodisa yoki jarayonning mohiyatini aks 
ettiruvchi barcha ko'rsatkichlarni muvofiqlashtirish va o'zaro 
bog'lashning asosiy usuli. 
Matematik modellashtirish – usulidan eng murakkab iqtisodiy 
masalalarni hal etishda foydalaniladi. Ayrim iqtisodiy tarmoqlar ishini 
amalga oshirishda tez ishlaydigan elektron hisoblash mashinalarining 


16 
roli kattadir. Ular ishlab chiqarishdagi bir nechta ta'sir etuvchi 
omillarning tutgan o'rnini hisobga olgan holda qo'yilgan vazifani 
bajarishga imkon berib, uning maqsadga muvofiq variantini aniqlashga 
sharoit yaratadi. 

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling