Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
yangi oquv
O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tizimiga kiruvchi va O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida, shuningdek, xalqaro-huquqiy me’yorlarda belgilangan prinsiplardan kelib chiqqan holda, O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organidir. Vazirlik o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining bevosita rahbarligida amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi davlat suvereniteti prinsiplarini hayotga tatbiq etish, O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy yo’lini amalda ro’yobga chiqarish, xorijiy mamlakatlar bilan munosabatlarda, 32 shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda O’zbekistonning davlat manfaatlarini va uning fuqarolari huquqlarini himoya qilish vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi. Vazirlik vazifalari: - O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosati strategiyasi, uning tashqi siyosiy manfaatlarini himoya qilish va ilgari surish, shuningdek, davlatning xalqaro faoliyati umumiy muammolariga doir masalalar bo’yicha takliflar ishlab chiqadi; - o’z vakolatlari doirasida vazirliklar, idoralar, muassasalarning xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo’yicha ishini muvofiqlashtiradi; - tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga, xalqaro moliyaviy, iqtisodiy va boshqa tashkilotlar bilan aloqalar o’rnatilishiga va bu aloqalarning kengayishiga ko’maklashadi; - belgilangan tartibda va o’z vakolatlari doirasida boshqa mamlakatlarning tegishli davlat organlari bilan va tashqi siyosiy muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralar olib boradi hamda shartnoma va bitimlar tuzadi; - O’zbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomalari va bitimlarini ishlab chiqishda qatnashadi va tuzilishini ta’minlaydi hamda bu shartnoma va bitimlar asl matnlarining depozitariysi hisoblanadi; - tegishli davlat shartnoma va bitimlarini ratifikasiya qilish uchun belgilangan tartibda Oliy Majlisga taqdim etadi; - O’zbekiston Respublikasining kuchga kirgan davlatlararo shartnoma va bitimlarini ro’yxatdan o’tkazish yoki hujjatlar yig’ma jildida saqlash, ro’yxatga kiritish yoki e’lon qilish uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Kotibiyatiga belgilangan tartibda yuboradi; - O’zbekiston Respublikasi davlat shartnomalari bo’yicha tomonlarning majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash chora-tadbirlariniko’radi; - O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis raisi,O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining xorijiy davlatlarga tashriflarini O’zbekiston Respublikasining davlat diplomatik protokoli to’g’risidagi Nizomga muvofiq protokol jihatdan tayyorlaydi va tashkiliy ta’minlash chora-tadbirlarini ko’radi; 33 - xalqaro konferensiyalar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar majlislari ishida qatnashish uchun O’zbekiston Respublikasining rasmiy hay’atlarini tuzadi va yuboradi; - xorijiy davlatlarning rasmiy davlat hay’atlarini qabul qilishni tashkil etadi va unda ishtirok etadi hamda siyosiy, diplomatik, protokol va vakillik ishlarini olib boradi; - iqtisodiyot, madaniyat, ilmiy-texnikaviy ayirboshlash va savdo sohasida O’zbekiston Respublikasining vazirliklari va idoralari, jamoat birlashmalari va fuqarolarining xalqaro aloqalari rivojlanishiga ko’maklashadi; - «Jahon» axborot agentligi orqali chet elda O’zbekiston Respublikasining tashqi va ichki siyosati to’g’risida xolisona axborot tarqatishga ko’maklashadi; - O’zbekiston Respublikasi vazirlik, idora va tashkilotlariga diplomatik protokol sohasida, ular tomonidan elchixonalar va boshqa xorijiy vakolatxonalar bilan aloqalarning amalga oshirilishida ko’maklashadi; - Respublika hududida ham chet elda xorijiy davlatlar, xalqaro, hukumatlararo va mintaqaviy tashkilotlar bilan diplomatik va konsullik aloqalarni amalga oshiradi; - xalqaro huquq me’yorlariga va O’zbekiston qonunchiligiga muvofiq boshqa davlatlarning respublika hududidagi doimiy diplomatik vakolatxonalari bilan munosabatlarni qo’llab- quvvatlaydi, diplomatik vakolatxonalar xodimlarini akkreditasiya qiladi; - xorijiy muxbirlarni akkreditasiya qiladi, O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosati to’g’risida jamoatchilikni xabardor qilish chora-tadbirlariniko’radi, boshqa davlatlarning jurnalistlari bilan brifinglar, matbuot konferensiyalari va uchrashuvlar o’tkazadi; - xorijiy davlatlarning savdo vakolatxonalarini, xalqaro siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar va birlashmalarning vakolatxonalari va missiyalarini akkreditasiya qiladi; - O’zbekiston Respublikasi hududida xorijiy vakolatxona va xalqaro tashkilotlarning diplomatik va konsullik immunitetiga rioya qilish uchun sharoitlar yaratadi, xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq o’z funksiyalarini bajarishlarida ularga ko’maklashadi; 34 - chet elda yashovchi vatandoshlar bilan aloqa va munosabatlarning rivojlanishiga ko’maklashadi; - pasport – viza hujjatlarini rasmiylashtiradi; - mahalliy va xorijiy yuridik shaxs va fuqarolar uchun hujjatlarni talab qilib olish va legalizasiya qilish ishini belgilangan tartibda yuritadi, fuqarolik holati va notariat hujjatlari bilan bog’liq bo’lgan boshqa konsullik masalalarini hal etadi; - O’zbekiston Respublikasiga keluvchi fuqarolarni O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish masalalari bo’yicha taqdimnomalarni ko’rib chiqishda belgilangan tartibda qatnashadi; - tashqi siyosiy faoliyatga tegishli bo’lgan masalalar bo’yicha qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqadi, respublika qonunchiligiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishga doir takliflar tayyorlaydi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling