Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S


O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/91
Sana24.12.2022
Hajmi1.31 Mb.
#1056334
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   91
Bog'liq
yangi oquv

3.3. O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni 
boshqarish organlari tizimi va huquqiy maqomi 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining devoni 
O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni 
boshqarish, tartibga solish va muvofiqlashtirish bo’yicha eng muhіm 
organlardan biri Prezident devoni hisoblanadi. 
O’zbekiston 
Respublikasining 
Konstitusiyasiga 
ko’ra 
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti O’zbekiston Respublikasida 
davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’idir. O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti ayni vaqtda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining raisi hisoblanadi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlatga, uning faoliyatiga 
rahbarlikni amalga oshiradi va, binobarin, O’zbekiston Respublikasida 
tashqi iqtisodiy faoliyatni ham boshqaradi. 
Mustaqillikka 
erishilganidan 
keyin 
respublikada 
davpat 
xokimiyataning O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlatlararo 
munosabatlar va tashqi iqtisodiy aloqalar bo'yicha Davlat maslahatchisi 
xizmati singari institut paydo bo’ldi. O'z tabiatiga ko'ra O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining davlatlararo munosabatlar va tashqi 
iqtisodiy aloqalar bo'yicha Davlat maslahatchisi xizmati O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti devonining tarkibiy qismi hisoblanadi. Davlat 
maslahatchisi xizmatining faoliyati O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining davlatlararo munosabatlar va tashqi iqtisodiy aloqalar 
sohasidagi faoliyatini tashkiliy, axborot-tahliliy va ekspert-huquqiy 
jihatdan ta'minlaydi. 
 
 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
Tashqi istisodiy faoliyat sohasida ahamiyatiga ko’ra ikkinchi 
boshqaruv organi Vazirlar Mahkamasidir. Vazirlar Mahkamasi 
iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma'naviy sohaning samarali faoliyatiga 


31 
rahbarlikni, qonunlar va Oliy Majlisning boshqa qarorlari, O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari 
ijrosini ta'minlaydi. 
Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasining hukumati 
bo’lib, davlat boshqaruv organlari va ular tuzadigan xo’jalikni 
boshqarish organlariga rahbarlik qiladi, ularning kelishilgan faoliyatini 
ta'minlaydi. Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasi tasarrufiga 
taalluqli bo’lgan davlat va jamiyatni boshqarishning barcha 
masalalarini hal qilishga huquqlidir. 
Vazirlar Mahkamasi o’z vakolatlari doirasida: 

iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarni boshqaradi, erkin 
tadbirkorlik uchun shart-sharoitlarni yaratadi; 

xo’jalik yuritishning yangi shakllari – kontsernlar, konsortsiumlar, 
tarmoqlararo birlashmalar, uyushmalarni barpo etish va 
mustahkamlashga yordam beradi, ularning faoliyatini yo’naltiradi 
va muvofiqlashtiradi

boshqarish tarkibini takomillashtirsh to’g’risidagi takliflarni ishlab 
chiqadi; 

respublika byudjetini, shuningdek O’zbekiston Respublikasini 
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish prognozlari va eng muhim 
dasturlarini ishlab chiqish va hamda ijro etishni tashkil etadi

O’zbekiston Respublikasining chet ellardagi va xalqaro 
tashkilotlardagi 
vakilligini 
ta'minlaydi, 
hukumatlararo 
shartnomalar va kelishuvlar tuzadi 

tashqi iqgisodiy faoliyat sohasidagi rahbarlikni amalga oshiradi. 

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling