Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S
Zamonaviy jahon bozori. Jahon bozorining kon'yunkturasi
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
yangi oquv
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jahon bozori
5.1. Zamonaviy jahon bozori. Jahon bozorining kon'yunkturasi.
Mamlakatlar o’rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi bozor munosabatlarining o’ziga xos sohasi bo’lgan, tovar ishlab chiqarishning shakllanishi va tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan jahon bozorining shakllanishiga olib keldi. Mamlakatlarning milliy bozori va jahon bozori o'rtasidagi farqni ta’kidlash lozim. - milliy bozor – bu muyyan mamlakat bozori bo'lib, uning bir qismi xalqaro ayriboshlash (mahsulot va xizmatlar eksporti va importi) bilan bog'liq; - jahon bozori – bu jahonning barcha mamlakatlari bozorlarini umumlashtiruvchi tushuncha. Shunday qilib, har bir mamlakatda ma'lum darajada ishlab chiqarish kuchlari, ish haqi, o'rtacha foyda me’yori va boshqalar shakllanadi. Milliy bozorda tovarlar harakati ushbu mamlakat bo’ylab sodir bo’ladi, bir xil mahsulotga bo’lgan narxlar esa tengashtiriladi. Milliy bozorda tovarlar bahosining harakatiga, odatda, ichki iqtisodiy omillar ta'sir qiladi, garchi siyosiy qarorlar ham ta’sir qilishi mumkin: masalan, hukumat tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan tovarlar narxlarining yoki tariflarning o'sishiga cheklovlarning joriy etilishi. Jahon bozorida esa boshqacha vaziyat kuzatiladi. Bu yerda milliy chegaralararo tovarlarning harakatlanishi davlatlar, xalqaro tashkilotlar, mintaqaviy guruhlarlarning tashqi savdo siyosatiga va boshqa ko'plab tashqi omillarga bog'liq. Ularning ta'siri ostida jahon bozori va jahon narxi shakllanadi. 47 Jahon bozori – xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish bilan oʻzaro bogʻlangan mamlakatlar oʻrtasidagi barqaror tovar-pul munosabatlari tizimi. Jahon tovar bozorida yuz berayotgan jarayonlarga ham xalqaro savdoga ta'sir ko’rsatadigan bir xil omillar ta’sir ko’rsatadi: - jahon iqtisodiy aloqalarining globallashuvi; - ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan foydalangan holda ehtiyojlarning yangi tarkibining shakllanishi; - davlatlarning tashqi savdo siyosati; - dunyodagi siyosiy jarayonlar; - ishlab chiqarish va kapitalning davomiy konsentratsiyasi; - integratsion tuzilmalar va xalqaro savdo tashkilotlarining savdo- iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish masalalariga ta'siri. Jahon bozorlarida kuchayib borayotgan raqobat va jahon narxlari, talab va taklifning o’zgarishi ta’siri ostida, jahon iqtisodiy aloqalarini xalqarolashtirish va globallashuvi jahon iqtisodiyotida ro'y berayotgan jarayonlarga bevosita ta'sir ko'rsatadi: milliy va jahon narxlarining yaqinlashuviga, tovarlar va xizmatlarni sotishdagi tashqi savdo to'siqlarini bartaraf etishga, tashqi savdo faoliyatini yuritish qoidalarini unifikatsiyalashtirishga yordam beradi. Zamonaviy jahon tovar bozorida mahsulotlarning xilma-xilligi, sifati va ishonchliligi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yangi axborot texnologiyalarini ishlab chiqarishga keng joriy etish elektron birjalar (shu jumladan tovar), internet-yetkazib berish kabi yangi savdo shakllarining paydo bo'lishiga yordam berdi. Jahon tovar bozorining tuzilmasi hisobiga yangi turdagi tovarlarning paydo bo’lishi va mavjud bozorlardan mahsulotni sotish hajmi jadal o'sib borayotgan segmentlarning ajralishi hisobiga muntazam o'zgarib turadi. Misol uchun, mashina va uskunalar bozorining nomenklaturasidan qurilish mashinalari va uskunalarini ijaraga olish jahon bozori, qadoqlash uskunalarining jahon bozori va boshqalar paydo bo’ldi. Tarkibiy qismlaridan biri ilmiy-texnik mahsulotlar bozori bo'lgan fan sig’imkorligi yuqpori bo’lgan mahsulotlarning jahon bozori shakllandi. Fan sig’imkorligi yuqori tovarlar bozori ham o'ziga xos xususiyatlarga ega. IHTT tasnifiga muvofiq fan sig'imkorligi yuqori tovarlarga quyidagi to'rtta tarmoqqa tegishli tovarlar kiradi: aerokosmos, farmasievtika, kompyuter va ofis jihozlari ishlab 48 chiqarish, kommunikasiyaning elektron vositalari. Fan sig’imkorligi Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling