Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
yangi oquv
Yevropa Ittifoqi (YeI). 1950 yilda birlashma shakllanishining
boshlanishi va 1951 yilning Parij shartnomasiga ko’ra (Parijda tuzilgan) 6 ta Yevropa davlatlarini o'z ichiga olgan Ko'mir va po'latning Yevropa Ittifoqi yaratilgan. 1957 yilda Rim shartnomasiga ko’ra tashkilot Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga aylantirildi va 1992 yildan buyon esa Yevropa Ittifoqi degan nom oldi. NAFTA – AQSh, Kanada va Meksika o'rtasidagi Shimoliy Amerika erkin savdo uyushmasi (1994 y.). ASEAN – 1967 yilda tashkil etilgan Osiyo-tinch okeani Ittifoqi. Bu Osiyo-tinch okeani mintaqasining 10 davlatlarini o'z ichiga oladi. Jahon savdo tashkiloti (JST) BMT tizimining ixtisoslashtirilgan muassasasi bo’lib, uning faoliyati orqali butun jahon savdosining 9/10 qismini tartibga solinadi. Tashkilot 1995 yilda GATSning (General Agreement on Trade in Services, Xizmatlar savdosi bo'yicha umumiy bitim) vorisi sifatida tashkil etilgan. 43 4.3. Xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar Ma'lumki, butun jahon iqtisodiyoti, jahon bozori, xalqaro iqtisodiy munosabatlar milliy iqtisodiyotlarning o'zaro bog'liqligining chuqurlashuvi va takror ishlab chiqarish jarayonining baynalmilallashuvi natijasida xalqaro mehnat taqsimoti asosida shakllangan. Tovarlar, xizmatlar, texnologiyalar xalqaro almashinuvi, kapital va mehnatning xalqaro harakati butun dunyo iqtisodiyoti va uning sub'ektlari – alohida mamlakatlarning yanada rivojlanishiga olib keladi. Mehnat taqsimoti – tarixiy ijtimoiy mehnat tizimi. Jamiyat rivojlanishi jarayonida mehnat faoliyatining sifat jihatidan farqlanishi tufayli yuzaga kelgan. Mehnat taqsimoti turli shakllarda mavjud bo’ladi. Xalqaro mehnat taqsimoti ishlab chiqarish jarayonini shunday tashklillashtiradiki unda turli mamlakatlarning korxonalari muayyan texnologik jarayonlarga, muayyan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va ularni o’zaro almashadi. Xalqaro mehnat taqsimotining mohiyati ishlab chiqarish jarayonini ajratish va birlashtirishning dialektik birligida namoyon bo'ladi. Ishlab chiqarish jarayoni bir tomondan, turli xil mehnat faoliyatlarini ajratish va ixtisoslashtirishni, ikkinchi tomondan, ularning hamkorligi va o'zaro ta'sirini o'z ichiga oladi. Boshqacha qilib aytganda, mehnat taqsimoti nafaqat ajratish jarayoni, balki mehnatni, ayniqsa, jahon miqyosida, birlashtirish usuli sifatida ham namoyon bo'ladi. Xalqaro mehnat taqsimotining ahamiyati jahon iqtisodiyotida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda uning ortib borayotgan roli bilan belgilanadi. Buning sababi shundaki, xalqaro mehnat taqsimoti birinchi navbatda ushbu jarayonlarning o'zaro bog'liqligini ta’minlaydi, ikkinchidan, tegishli xalqaro tarmoq va mintaqaviy-tarmoq nisbatlarini shakllantiradi. Har bir milliy iqtisodiyot xalqaro mehnat taqsimotidan yutadi. Jahon bozoriga mamlakatning milliy ishlab chiqarish xarajatlari jahon narxidan past bo'lgan mahsulotlari chiqarilib va milliy ishlab chiqarish xarajatlari jahon narxidan yuqori bo'lgan mahsulotlar import qilinadi. Xarajatlarga kelsak, ular asosan uchta asosiy ishlab chiqarish omilining qiymati – mehnat (ish haqi darajasi), kapital (foiz), yer va tabiiy resurslar (yer rentasi) bilan belgilanadi. 44 Shunday qilib, xalqaro almashinuv jarayonida xalqaro mehnat taqsimotining afzalliklarini amalga oshirish har qanday mamlakatni qulay sharoitlarda, birinchi navbatda, eksport qilinadigan tovarlar va xizmatlarning xalqaro va ichki narxlari o'rtasidagi farqni olish va ikkinchidan, arzon importdan foydalanib, qimmatbaho milliy ishlab chiqarishdan voz kechish evaziga ichki xarajatlarni tejash imkonini beradi. Xalqaro mehnat taqsimotini tarixan va mantiqan ravishda 3 turga ajratiladi: 1) umumiy XMT – xalq xo'jaligining ishlab chiqarish sohalari va tarmoqlari bo'yicha (tarmoq ixtisoslashuvi). Bundan esa eksport qiluvchi mamlakatlarni industrial, xomashyo yetkazib beruvchi, agrar va boshqalarga bo’linishi kelig chiqadi; 2) xususiy XMT – tayyor mahsulot va xizmatlarning ayrim turlari bo'yicha (predmetli) ixtisoslashuv; 3) Detal boʻyicha ixtisoslashish –texnologik jarayon bosqichlarida individual qismlar, ularning komponentlarini ishlab chiqarish bo'yicha ixtisoslashuv. Bu eng murakkab, ammo istiqbolli ixtisoslashuv turi, chunki u o'sib borayotgan darajada milliy iqtisodiyotlarning umumiy, alohida korporatsiyalar va firmalarning o'zaro ta'sirini belgilaydi. Xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chiqarish kooperatsiyasining kengayishi xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishining asosiy yo'nalishi bo’lib, uning mohiyatini ifodalaydi. Xalqaro hamkorlikning ob'ektiv asoslari ishlab chiqarish kuchlarining o'sib borayotgan rivojlanish darajasi va mustaqil korxonalar o'rtasida barqaror samarali aloqalarni o’rnatishdan iborat. Ushbu jarayon mamlakat ichida yoki xalqaro maydonda sodir bo’lishi mumkin. Shunday qilib, xalqaro ixtisoslashuv va xalqaro kooperatsiyani ishlab chiqarish munosabatlarining shakli sifatida keng tarqalishi sheriklar o'rtasida barqaror va uzoq muddatli aloqalarga bog'liq bo'lib, bu sheriklarga ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini, ya'ni ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxini tejashga yordam beradi. Ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi mahsulot, firma, mamlakat jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirishga olib keladi va bu o'z navbatida xalqaro mehnat taqsimotini zamonaviy xalqaro 45 iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishning zarur elementiga aylantiradi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling