Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/91
Sana24.12.2022
Hajmi1.31 Mb.
#1056334
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   91
Bog'liq
yangi oquv

Nazorat savollari  
1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning «o‘zbek modeli» tamoyillari va 
bosqichlarini tushuntib bering.
2. O‘zbekiston iqtisodiyotining tarkibi va jahon iqtisodiyotidagi o‘mini 
tushuntiring.
3. O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarining tarkibi va rivojlanish 
dinamikasini tahlil qiling.
4. «Navoiy», «Angren», «Jizzax» erkin iqtisodiy zonalarining 
O’zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishidagi o‘rniga baho 
bering. 
5. O‘zbekiston iqtisodiyotini modemizatsiyalash holatini baholang. 
 
 
4-MAVZU. JAHON IQTISODIYOTI VA UNING 
TARKIBI 
 
4.1. Zamonaviy jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosobatlar 
4.2. Jahon xo’jaligi tushunchasi, uning asosiy sub'ektlari 
4.3. Xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar 
Tayanch boralar: jahon iqtisodiyoti, globallashuv, xalqaro 
mehnat taqsimoti, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, jahon xo’jaligi, 
xalqaro hamkorlik, ilmiy-texnik inqilob, ishlab chiqarish va texnologik 
hamkorlik.
 
4.1. Zamonaviy jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy 
munosobatlar 
Jahon iqtisodiyoti – bu an’anaviy (davlatlar, transmilliy 
kompaniyalar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va b.) va eng yangi 
(intellektual vodiylar, jahon shaharlari, texnoparklar, virtual korxonalar 
va b.) tuzilmalari va ular o'rtasidagi munosabatlari mavjud bo’lgan 
globallashayotgan murakkab tizim. 
«Jahon iqtisodiyoti» tushunchasini keng va tor ma'nolarda ko'rib 
chiqish mumkin. Keng ma'noda jahon iqtisodiyoti – bu barcha milliy 
iqgisodiyotlarni qamrab olgan bir tizim hisoblansa, tor ma'noda – bu 
milliy iqtisodiyotning tashqi dunyoga tovarlar, xizmatlar va iqgisodiy 


37 
resurslar yetkazib beruvchi qismlarinigina qamrab oluvchi tizimdir.
Zamonaviy jahon iqtisodiy tizimi xalqaro iqtisodiy munosabatlar 
tizimi orqali xalqaro mehnat taqsimoti asosida global xo'jalik yurituvchi 
sub'ektlarning o'zaro hamkorligini anglatadi. Jahon iqtisodiyoti tizim 
sifatida muayyan xususiyatlarga ega: yaxlitlik, tuzilish, ierarxiya, 
dinamizm, tartib va umumiy maqsadning mavjudligi. 
"Jahon 
iqtisodiyoti" 
tushunchasining 
sinonimlari 
"jahon 
xo’jaligi", 
«butunjahon 
iqtisodiyoti» 
hisoblanadi. 
Jahon 
iqtisodiyotining quyidagi asosiy xususiyatlari mavjud: 
1. Uning shakllanishi va rivojlanishining asosida milliy chegaradan 
tashqariga chiqadigan bozor iqtisodiyotini baynalmilallashuvning 
ob'ektiv qonuniyatlari yotadi. 
2. Ko’pukladli va ko’p darajali xo’jalik bo’lib, uning doirasida turli 
darajadagi xo'jalik yurituvchi sub'ektlar (jismoniy shaxslar va kichik 
biznesdan boshlab, global miqyosda faoliyat yurituvchi ko’p millatli 
kompaniyalargacha) o’zaro faoliyat yuritadilar. 
3. Unga sub’yektlari sonining muntazam oshishi va ularning o’z 
iqtisodiy manfaatlari asosida o’zaro hamkorligining o’sishi xosdir.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling