Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
yangi oquv
yuqori tovarlar ro'yxati milliy guruhlashlarda yanada kattaroq bo'lshi
mumkin. Masalan, AQShda ularga biotexnologiya, yangi materiallar, atom reaktorlari, qurol-yarog'larning alohida turlari ham kiritiladi. Jahon tovarlar bozori ishtirokchilari o'rtasidagi o'zaro munosabatlar xarakteriga ko'ra yopiq, ochiq, preferentsial bozorlarga bo'linadi. Xalqaro savdo qatnashchilarini, birinchi navbatda, tovar bozorlari kon'yunkturasi qiziqtiradi. Zamonaviy dunyoda, bozor raqobati tobora kuchayib borayotgan bir vaqtda, tijoratda muvaffaqiyatga erishishning eng muhim sharti – kon'yunktura omillarining o'zaro ta'sirini tahlil qilish asosida tovarning talab va taklif nisbatlarini doimiy aniqlashdir. Odatda, quyidagi omillar guruhini asosiy omillar qatoriga kiritish mumkin: - doimiy va o'zgaruvchan; - tsiklik va notsiklik; - bozor rivojlanishini rag'batlantiruvchi va cheklovchi omillar; - amal qilish muddati bo’yicha farq qiluvchi omillar. Misol uchun, notsiklik xarakterdagi doimiy faol omillarga davlat tomonidan monopoliyaning tartibga solinishi keltirish mumkin. Qator sohalardagi (ayniqsa, qishloq xo'jaligi sohasida) ishlab chiqarish va iste'molning mavsumiyligi kabi omillar tsiklik omillarga kiradi. Tsikllar, ma'lumki, turli xil xarakter va davomiylikka ega: katta, qisqa – ishlab chiqarish, mavsumiy, biologik va boshqalar. Davomiyligi bo'yicha kon'yunkturani tashkil etuvchi omillar qisqa muddatli – bir necha haftadan bir yilgacha, o'rta muddatli – odatda besh yilgacha va uzoq muddatli deb tasniflanishi mumkin. Kon'yunkturani tashkil etuvchi ba’zi omillar ikkitomonlama namoyon bo'lishi bilan ajralib turadi: bir tomondan ular doimiy faoliyat ko'rsatishi mumkin, ikkinchidan, ular davriy (tsiklik) xarakterga ega. Ilmiy-texnik taraqqoyot (ITT) alohida mamlakatlar va umuman jahon iqtisodiyotining iqtisodiy rivojlanishiga doimiy ta’sir qiladi. Biroq, bu omilning doimiy ta'siridan tashqari, uning ta'sirining tsiklikligi ham namoyon bo'ladi, chunki bilim, texnologiya, ishlab chiqarilgan mahsulotlar doimo takomillashib boradi va ma'lum bir bosqichda sifatli sakrash yoki ilmiy-texnik inqilob (ITI) sodir bo’ladi. Bozorni rivojlantirishni rag'batlantiruvchi yoki cheklovchi omillar, birinchi navbatda, savdo siyosati vositalarini, masalan, biror bir 49 mahsulotni eksport qilishni qo'llab-quvvatlash choralarini yoki savdo urushlarini o'z ichiga oladi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling