Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S
GATT / WTO doirasida o’tkazilgan muzokaralar bosqichlari
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
yangi oquv
GATT / WTO doirasida o’tkazilgan muzokaralar bosqichlari
(raundlar) № JST raundlari Yil A’zo mamla katlar soni Natijalar 1 Gavana raundi 1947 23 GATT kuchga kirdi. Tariflarni pasaytirish 2 Annesi raundi 1949 13 Tariflarni pasaytirish 3 Torkvey raundi 1950 34 Tariflarni pasaytirish 4 Jeneva raundi 1956 22 Tariflarni pasaytirish. Rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan, strategiya ishlab chiqish, kelishuv a’zolari sifatida ularning mavqeini yaxshilash 62 5 Dillon raundi 1960- 1961 45 Tariflarni pasaytirish 6 Kennedi raundi 1962- 1967 48 • Muayyan tovarlar uchun emas, balki birinchi marta hamma tariflarni pasaytirish • Antidemping kelishuvi (AQShda Kongress tomonidan rad etilgan) 7 Tokio raundi 1973- 1979 99 • Sanoat mahsulotlariga tariflarni pasaytirish • Notarif savdo to’siqlarini pasaytirish • GATT tizimini kengaytirish Urugvay raundi 1986- 1994 125 • Tariflarni pasaytirish • Notarif choralar • GATT ning o’rnini bosuvchi JST ni tashkil etish Doha raundi 2001- hozirga cha 164 • Tariflarni pasaytirish • TRIPS (Trade-Related Aspects of Intellectual Property Rights) — Intellektual mulk huquqlarining savdo jihatlari bo'yicha bitim • JST ning qoidalari (subsidiyalar, antidemping, mintaqaviy savdo kelishuvlari, qishloq xo’jaligi) • 2013 yil Bali. Islohotlar paketi: Bojxona bojlarini soddalashtirish JST hozirgi kunga qadar xalqaro savdoni tartibga solishda qo’llaydigan muhim qarorlar Urugvay raundida (1986-1994 yillar) qabul qilindi. Unda 123 ta mamlakat qatnashdi. Ushbu raund JST tomonidan tartibga solinadigan masalalar doirasini yanada kengaytirdi. 63 U xalqaro xizmatlar savdosi, shuningdek, bojxona bojlari miqdorini kamaytirish, ayrim tarmoqlar (shu jumladan, qishloq xo'jaligi) mahsulotlarining xalqaro savdosini tartibga solishni kuchaytirish dasturi va milliy iqtisodiy siyosatning mamlakat tashqi savdosiga ta'sir qiluvchi yo'nalishlari ustidan nazoratni kuchaytirishning sa'y-harakatlarini faollashtirishni o'z ichiga oldi. Tovarlarni qayta ishlash darajasining oshib borishida bojlarining eskalatsiyasi to’g’risida qaror qabul qilindi. Kiyim-kechak, to'qimachilik va qishloq xo'jaligi mahsulotlari savdosini liberallashtirish davom ettirildi. Biroq, oxirgi tartibga solish vositasi sifatida bojxona bojlari hisoblandi. Antidemping chora-tadbirlar sohasida «qonuniy subsidiyalar» va «maqbul subsidiyalar» tushunchalari qabul qilindi, ularning qatoriga hajmi tovar umumiy importining 3% dan kam bo’lmasligi yoki umumiy qiymatining kamida 1% ni tashkil etishi sharti bilan atrof-muhitni muhofaza qilish va mintaqaviy rivojlanish qaratilgan subsidiyalar kiritildi. Boshqa barcha subsidiyalar noqonuniy deb ataldi va tashqi savdoda ulardan foydalanish taqiqlanadi. Tashqi savdoga bilvosita ta'sir ko'rsatadigan iqtisodiy tartibga solish masalalari qatoriga qo'shma korxonada ishlab chiqarilgan tovarlarni minimal eksport qilish, mahalliy komponentlardan majburiy foydalanish va boshqa qator talablarni kiritdi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling