Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/91
Sana24.12.2022
Hajmi1.31 Mb.
#1056334
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   91
Bog'liq
yangi oquv

Tashqi savdo – har qanday mamlakatning boshqa mamlakatlar 
bilan eksportni (tashqi bozorda sotish uchun tovarlar va xizmatlarni 
xorijga yetkazib berish) va importni (ichki bozorda sotish uchun 
tovarlar va xizmatlarni mamlakatga olib kirish) amalga oshirishni o'z 
ichiga olgan savdosi. Tashqi savdoning rivojlanish darajasi quyidagi 
ko'rsatkichlar yordamida aniqlanadi: 
- Tashqi savdo aylanmasi yoki eksport va import qiymatining 
summasi. Bu ko'rsatkich pulda o'lchanadi va ayrim mamlakatlarning 
(yetakchilar – Xitoy, AQSh), iqtisodiy guruhlarning, masalan, ma'lum 
bir davr uchun Yevropa Ittifoqining tashqi savdo hajmini tavsiflaydi. 
- Tashqi savdo balansi yoki eksport va import o'rtasidagi qiymat 
farqi. Eksport hajmining import hajmiga nisbatiga ko’ra, tashqi savdo 
balansi ijobiy (aktiv) yoki salbiy (passiv) bo'lishi mumkin. Xalqaro 
moliya institutlari, xususan, XVF, milliy iqtisodiyotlarni faol tashqi 
savdo balansiga intilishlarini tavsiya qiladi. 
- Eksport va import kvotalari yoki eksport va importning yalpi 
ichki mahsulotdagi ulushi. So'nggi vaqtlarda bir qator mamlakatlar 
Belgiya, Venesuela, Isroil, Irlandiya, Malayziya, Janubiy Afrika 
eksport kvotasini oshirmoqda 
- Tashqi savdo kvotasi yoki mamlakatning eksport va import 
hajmlari miqdorining YaIMga nisbati. Bu ko'rsatkich har qanday 


56 
mamlakatning sherik-mamlakat (individual kvota) yoki ko'plab 
mamlakatlar (global kvota) bilan tashqi savdosi hajmini tavsiflaydi. 
Jahon savdosi butun dunyo bo'ylab barcha mamlakatlarning 
umumiy savdo hajmini anglatadi. Jahon savdosi dinamikasining asosiy 
ko'rsatkichi – bu jahonsavdo aylanmasi bo’lib, barcha davlatlarning 
eksport va import hajmlarini umumlashtirishdir. 
Jahon savdosi ko'rsatkichlari guruhiga o'tgan yilga nisbatan uning 
hajmining o'sish sur'ati, geografik va tovar tuzilmasi, savdo shartlari 
ham kiritilgan. 
Xalqaro savdoning ob’ektlari sifatida xom ashyo, yarim tayyor 
mahsulotlar, iste'mol va ishlab chiqarish uchun tayyor mahsulotlar, 
texnologiyalarni ajratib ko'rsatish kerak. Rivojlanishning hozirgi 
bosqichida tobora ommalashib borayotgan xalqaro savdo ob'ekti bo’lib 
biznes, axborot, ilmiy-texnik, qurilish, transport, sayyohlik, ta'lim, 
moliyaviy xizmatlar hisoblanadi. 
Iqtisodiy rivojlangan va bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarning 
fan va sarmoya sig’imkorligi yuqori mahsulotlari jahon eksportining 
o'sishi an'anaviy xizmatlar – tijorat, ishlab chiqarish va yangi xizmatlar 
– muhandislik, konsalting, kosmik xizmatlar, buxgalteriya kabi 
xizmatlarning davlatlararo almashuvining jadallashishiga olib keldi. 
Xalqaro savdo almashinuvi ikki usul bilan amalga oshiriladi: 
to'g'ridan-to'g'ri va bilvosita. 
To'g'ridan-to'g'ri usul, bevosita ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) va 
iste'molchi (xaridor) o’rtasida savdo bitimini nazarda tutadi, bir necha 
afzalliklarga ega: vositachilar bo’lmaganligi tufayli komission 
to’lovlarda tejash, uzoq vaqt davomida bozorda bo’lish tijorat 
operatsiyalarini 
amalga 
oshrish 
tajribasiga 
ega 
bo’lishga 
ko’maklashadi. 
Shu bilan birga, bevosita ishlab chiqaruvchi jahon narxlarining 
o'zgaruvchanligi, bozor sharoitida o'zgarishlar haqida to'liq ma'lumotga 
ega emas, shuning uchun jahon tovar ayirboshlash munosabatlarini 
(bilvosita usul) amalga oshirishda vositachilik yuzaga keladi. 
Xalqaro savdo doirasidagi savdo vositachiligini quyidagilar 
amalga oshiradi: 
- ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilarni qidiradigan, ammo 
bitimlar tuzishda ishtirok etmaydiganlar – brokerlar yoki oddiy 
vositachilar; 


57 
- distribyutorlar – sotuvchilar va xaridorlar bilan alohida sotish 
shartnomalarini tuzadigan savdo firmalari; 

shartnoma asosida eksport qiluvchi yoki import qiluvchi 
nomidan va manfaatlari uchun ishlaydigan, asosiy majburiyatlarga 
qo'shimcha ravishda agentlar, masalan, mahsulotni sotishdan oldin 
xizmat ko’rsatishni amalga oshirishi mumkin bo’lgan savdo agentlari. 

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling