Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S
Jahon tovar bozorida narxning shakllanishi
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
yangi oquv
5.2 Jahon tovar bozorida narxning shakllanishi Yuqorida aytib o'tilganidek, jahon bozorida maxsus narx tizimi – jahon narxlari mavjud bo’lib, ularga ishlab chiqaruvchilarning qaysi xarajatlari tovarlarni sotishdan keyin qoplanishi, foyda darajasi, tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada kengaytirish uchun imtiyozlar paydo bo'lishi bog’liq. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar bozorlaridagi narxlarning shakllanishi sabablarini aniqlash muhimdir. Shartlarni yoki narxlarni shakllantirish omillarini aniqlashdan oldin «narx» tushunchasini aniqlash kerak. Xalqaro tovar savdosi holatini eng yuqori darajada jahon narxlari ifodalaydi. Jahon narxi – bu tashqi savdo narxidir, unda erkin tovar bozorida eksport va import operatsiyalari erkin konvertatsiyalanadigan valyutadagi to'lovlar bilan muntazam ravishda amalga oshiriladi. Jahon narxlari asosidagi operatsiyalar quyidagi shartlarga javob berishi kerak: - muntazam ravishda amalga oshiriladi; - barter operatsiyalari narxini, davlat yordami doirasida yetkazib berish operatsiyalarini va boshqalarni hisobga olmaslik; - erkin bozorda amalga oshiriladi; - erkin almashtiriladigan valyutada amalga oshiriladi. Jahon narxlari mamlakatlar va turli mamlakatlar va yirik kompaniyalar o'rtasidagi savdo bitimlariga xizmat qiladi. Quyidagilar jahon narxlari hisoblanadi: - xom ashyo, mahsulot, tovarlarning yetakchi (asosiy) bozorlarida amalga oshiriladigan yirik eksport yoki import bitimlarining real narxlari; - xalqaro savdoni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan ma'lum bir vaqt uchun tan olingan narxlar; - jahon tovar bozorida muntazam ravishda amalga oshiriladigan bitimlar narxi; - turli mamlakatlar bozorlaridagi bir xil xom ashyo, mahsulot, tovarlar bitimlari bo'yicha hisoblangan o'rtacha narx. Narxlarning shakllanishiga quyidagi turli omillar ta'sir ko'rsatadi: 50 - umumiy iqtisodiy (mahsulot turi, ishlab chiqarish va sotilishiga bo’gliq bo’lmagan holda ta’sir ko'rsatadi); - maxsus iqtisodiy (muayyan mahsulotning o'ziga xos xususiyatlari, ishlab chiqarish va sotish shartlari bilan belgilanadi); - o'ziga xos (tovarlar va xizmatlarning ayrim turlariga nisbatan amal qiladi); - maxsus (davlat tomonidan tartibga solish vositalari, valyuta kursining o’zgarishi); - iqtisodiy, siyosiy, harbiy. Jahon bozorining narxi xalqaro qiymatga va jahon bozoridagi yetakchi eksport qiluvchi mamlakatlarning xarajatlariga asoslanadi. Ichki narxlar, aksincha, milliy xarajatlarga asoslanadi va milliy ishlab chiqaruvchilarning xarajatlarini aks ettiradi. Xalqaro savdoning narxi jahon va ichki bozorlarning turli hajmlari, ularning faoliyat yuritish shartlari, shuningdek, boshqa narx-navo omillari tufayli ichki narxlardan farq qiladi. Odatda, jahon narxi ichki narxdan past bo’ladi, chunki ichki narxlarni shakllantirishga ta'sir qiladigan, milliy bozorni xorijiy yetkazib beruvchilardan iqtisodiy jihatdan himoya qiladigan va natijada raqobatni yumshatadigan bir qator vositalar (bojlar, soliqlar va boshqalar) mavjud. Jahon va ichki narxlar o'rtasidagi farq 1/3 gacha bo'lishi mumkin. Shu bilan birga, tayyor mahsulotlar narxlari yuqoriroq bo’ladi, bu esa tayyor mahsulotni import qilishda tarif va tarifsiz to'siqlarning yuqori darajasi bilan bog’liq. Qayta ishlash sanoati mahsulotlarining jahon narxlari asosida yirik ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning eksport bahosi yotadi. Ushbu narxlar to'liq xarajatlar yoki to'g'ridan-to'g'ri xarajatlar usuli orqali aniqlanadi: To'liq xarajatlar usuli – bu usul asosida bahoning aniqlanishi ishlab chiqarishning to'liq xarajatlari, kutilayotgan daromad, mahsulotni to'liq sotilishi va ishlab chiqarish quvvatining 75-85% ishlatilishini hisobga olish yotadi. To'g'ridan-to'g'ri xarajatlar usuli – barcha xarajatlar ustama va bevosita xarajatlarga bo'linib, asosan o'zgaruvchan xarajatlarni o’z ichiga oladi. Alohida shartnomalar asosida – yetkazib beriluvchi ma'lum bir tovar turi va xizmat narxlari aynan shu xildagi tovar turi va xizmat narxlarining jahon bozoridagi darajasidan farq qilishi mumkin. Bu holat 51 tovarning o'ziga xos sifat belgilari, tovarni yuklash va to'lovi, yuklangan turkumning (partiyasi) hajmi, har ikki tomon munosabatlarining xarakteri bilan bog'liq holda tuzilgan shartnomaning o'ziga xos talablari bilan izohlanadi. Xalqaro savdoda narxlar turlarining ko'pligi tayyor mahsulotlar bozori shart-sharoitlarining har xil ekanligini aks ettiradi, mana shunday sharoitda oldi-sotdi aktlari tuziladi. Kuzatuvlar jahon narxining o'zgarib turish tendentsiyasi ana shu shart-sharoitlarga ham bog'liq ekanligini ko'rsatadi. Tovarning tashqi savdo narxini asoslash; aniqlash va kelishib olishda kelishuvning o'ziga xos tomonlarini belgilab beruvchi tabiati haqida aniq tushuncha, tasavvurga ega bo'lish kerak. Misol uchun, texnologik-mashina mahsulotlari, murakkab texnik tovarlar savdosini olib ko'raylik, bu savdo ishlab chiqaruvchi - sotuvchi va iste’molchi - xaridorning bevosita ishtirokida o'tkazilib, tovarni yetkazib berishning barcha shart-sharoitlari kelishib olinadi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling