Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S


O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatning


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/91
Sana24.12.2022
Hajmi1.31 Mb.
#1056334
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   91
Bog'liq
yangi oquv

 
2.2. O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatning 
huquqiy bazasi 
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, dunyodagi 
barcha mamlakatlar bilan tenglik asosida hamkorlik qilish, jahon 
hamjamiyatida o'z o'rnini topishiga qaratilgan tashqi siyosat olib 
bormoqda.
Har qanday davlatning tashqi iqtisodiy faoliyati jahon 
xo’jaligining faoliyat ko’rsatishi bilan bog’langan va muqarrar ravishda 
nafaqat milliy huquqiy me'yorlar, balki xalqaro huquq standartlari bilan 
ham tartibga solinadi. Tabiiyki, milliy huquq reglamentasiyalari bilan 
xalqaro iqtisodiy huquq o'rtasida muayyan ziddiyatlar mavjud. 
Bir tomondan, davlatlarning huquq sohasidagi suverenitetini 
e'tirof etmaslik mumkin emas, boshqa tomondan esa – xalqaro qoidalar 
ustuvorligini tan olish zarurati u yoki bu mamlakatlar suvereniteti 
sohasiga kattagina cheklovchi ta'sir ko’rsatadi. 
Milliy huquqiy xujjatlarni davlatlararo shartnomalarga muvofiq, 
tarzda muayyan darajada birxillashtirish hozirgi bosqichda ushbu 
muammoning eng maqbul yechimi hisoblanadi. Ya'ni xalqaro 
huquqning qoida va me'yorlari amaliyotda milliy qonun hujjatlari orqali 
ro’yobga chiqariladi. 
Mamlakagimizda iqtisodiy islohotlarni erkinlashtirish va 
chuqurlashtirish jarayoni tashqi iqtisodiy faoliyatni huquqiy boshqarish 
strategiyasining o’ziga xosliklarini hamda ham mintaqaviy miqyosda, 
ham alohida mamlakatlar darajasida savdo-iqtisodiy hamkorligining 
tegishli ustuvorliklarini belgilab berdi. 
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan munosabatlarni rivojlantirish 
O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy strategiyasining ajralmas 
qismi hisoblanadi. 
Uzoq muddatli, barqaror va umum tan olingan tamoyillar asosida 
qurilgan o’zaro xo’jalik hamkorligini ta'minlovchi Yevropa Ittifoqi 
bilan iqtisodiy aloqalarni huquqiy ta'minlash orqali o’z strategik 
manfaatlariga erishish maqsadida O’zbekiston qator ikkitomonlama 
shartnomalardan tashqari sherikchilik va hamkorlik to’g’risida kelishuv 
shaklida savdo-iqtisodiy hamkorlik to’g’risidagi umumiy kelishuvni 


22 
ham imzolagan, u 1998 yil iyunida kuchga kirgan. Uni amalga oshirish 
uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinining qarori va 
O'zbekiston Respublikasi bilan Yevropa hamjamiyat va unga a'zo 
davlatlar o'rtasidagi sherikchilik va hamkorlik yo'lidagi kelishuvni 
amalga oshirish bo'yicha 2000-2005 yillarga mo’ljallangan O'zbekiston 
Respublikasi yuksalishning asosiy sababi chora-tadbirlari umumiy 
dasturi qabul qilindi. 
MDH mamlakatlari bilan munosabatlar ham jadal rivojlanmoqda. 
Hamdo’stlik mamlakatlari bilan munosabatlar ilgari mavjud bo'lgan 
iqtisodiy aloqalarning tabiiy davomi hisoblanadi. 
O'zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatining shartnomaviy - huquqiy 
bazasini ishlab chiqishda va takomillashtirishda jahonning boshqa 
mintaqalari mamlakatlari bilan ham savdo-iqtisodiy aloqalarni 
rivojlantirishga ham muhim ahamiyat berish kerak. Masalan, Osiyo 
mamlakatlari asta-sekin jahon iqtisodiyotida yetakchi mavqeini 
egallamoqdalar, 
dunyoning 
katta 
transport-kommunikasiya 
imkoniyatlariga ega bo’lgan muhim savdo, moliya markazlariga 
aylanmoqdalar. O’zbekistonning eksport salohiyatini rivojlantirish 
dasturini amalga oshirish nuqtai nazaridan e'tibor to'la qayta ishlangan 
mahsulotni sotishga qaratilishi kerak. Bu sharoitlarda O’zbekistonning 
huquqiy strategiyasi eng avvalo xalqaro mehnat taqsimoti asosida 
O'zbekistonning 
iqtisodiy 
ehtiyojlaridan 
kelib 
chiqqan 
tabaqalashtirilgan holda, har bir davlat uchun alohida ishlab chiqdilishi 
kerak. 
O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga 
oshirish 1991 yil 14 iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston 
Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi qonuni bilan tartibga solinadi, qonunning yangi 77-II-
sonli tahriri 2000 yil 26 mayda e‘lon qilingan edi. Unga ko’ra: 
Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda O‘zbekiston Respublikasi 
yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va 
jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali 
iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati 
tushuniladi. 
Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirayotgan O‘zbekiston 
Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari tashqi iqtisodiy faoliyat 

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling