Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/91
Sana24.12.2022
Hajmi1.31 Mb.
#1056334
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   91
Bog'liq
yangi oquv

Iqtisodiy-matematik usul ilmiy usullar to'plamini o'z ichiga 
oladi: matematik-statistik, ishlab chiqarish funktsiyalari, iqtisodiy va 
matematik modellashtirish. Bu usulda istiqbolli muammolarni hal 
etishda va kundalik hayotda zarur bo'lgan iqtisodiy muammolarni 
yechishda samarali foydanilmoqda. Bularga xo'jalikdagi ishlab 
chiqarish tarmoqlarining maqsadga muvofiq holatini belgilash, xo'jalik 
ichidagi bo'linmalar ishlab chiqarish sharoitlarini hisobga olgan holda 
ularning maqsadli hajmini, ishlab chiqarishni rejalashtirish va 
boshqarish masalalarini istiqbolini belgilash jarayonlari kiradi. 
1.3. Fanning iqtisodiy fanlar tarkibidagi o’rni. Agrobiznes va 
iqtisodiy fanlar bilan aloqasi 
O’zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning eng asosiy 
shartlaridan biri qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi taraqqiyoti 
ustivorligini ta'minlab, qishloqda mulkdorlar sinfini yaratish va ichki 
xo’jalik yuritish mexanizmlarini bozor iqtisodiyoti talablari asosida 
qayta qurishdir. Qishloq xo'jaligi va agrosanoat kompleksi mahsulotlari 
O’zbekiston eksport siyosatini rivojlantirishning strategik yo'nalishlari 
hisoblanadi. 
Keyingi yillarda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini isloh qilish, 
xususan sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, bozor 
munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini 
yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi subyektlar o‘rtasidagi 
munosabatlarning 
huquqiy 
asosini 
mustahkamlash, 
sohaga 
investitsiyalarni jalb qilish, resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish 
hamda qishloq ho‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni 
zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga 
oshirilmoqda. 
Ishlab 
chiqarishni 
diversifikatsiya 
qilish, 
yer 
va 
suv 
munosabatlarini takomillashtirish, qulay agrobiznes muhitini va yuqori 
qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, kooperatsiya munosabatlarini 
rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, sohaga bozor mexanizmlarini, 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini 
keng 
joriy 
etish, 


17 
shuningdek, ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish maqsadida 
O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020-
2030 yillarga mo’ljallangan strategiyasi ishlab chiqildi. 
So’nggi vaqtlarda tashqi siyosatimizda amalga oshirilgan ijobiy 
islohotlar natijasida chegaradosh va xorijiy davlatlar bilan o'zaro 
do'stlik aloqalari yanada mustahkamlandi, savdo-sotiq ishlari keng 
yo'lga qo’yilmoqda, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksport qilish 
orqali aholi daromadlarini oshirishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. 2018 
yilning o'zida mamlakatimiz birgina gilos eksport qiluvchi mamlakatlar 
reytingida to'rtinchi o'ringa chiqib oldi. Xitoy, Janubiy Koreya kabi 
mamlakatlarda O'zbekistonda yetishtirilgan mahsulotlarga talab ortdi. 
Bunday ijobiy ko'rsatkichlarni yanada yaxshilash tashqi iqtisodiy 
faoliyatni boshqarish va tashkil etishni takomillashtirishni talab etadi. 
Qishloq xo’jaligi korxonalari uchun tashqi iqtisodiy faoliyat o’z 
strategik maqsadlarini hal etishning eng samarali usullarini tanlashda 
imkoniyatlarni kengaytirishni anglatadi. 
Tashqi iqtisodiy munosabatlar – mamlakatlar va mintaqalar 
o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar majmui, shuningdek, savdo-iqtisodiy va 
ilmiy-texnikaviy hamkorlikning shakllari, usullari va vositalari 
to’plamidir. Tashqi iqtisodiy munosabatlar mintaqaviy iqtisodiyotni 
rivojlantirishda muhim omil bo'lib, iqtisodiy o'sishga, ishlab chiqarishni 
jadallashtirishga, iste'mol va ishlab chiqarish bozorini boyitishga 
xizmat qiladi 
Agrobiznesda tashqi iqtisodiy munosabatlar – bu qishloq xo’jaligi 
mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqarish va ayirboshlash bilan 
bog'liq bo'lgan mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalarining bir qismidir. 
Tashqi iqtisodiy munosabatlar davlat va uning sub'ektlarining 
iqtisodiy tizimiga tashqi iqtisodiy faoliyat mexanizmi orqali amalga 
oshiriladigan ta'sir ko'rsatish vositasidir.
Agrobiznesda tashqi iqtisodiy faoliyat bu qishloq xo’jaligi 
mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqarish va ayirboshlash bilan 
bog'liq bo'lgan tashqi iqtisodiy aloqalarini amalga oshirish jarayonidir. 

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling