Agrobiznes va uning turlari Tadbirkorlik faoliyatining qishloq xwjalik sohalaridagi shakli agrobiznes
Download 1.43 Mb.
|
Agrobiznes va uning turlari
Agrobiznes va uning turlari Tadbirkorlik faoliyatining qishloq xwjalik sohalaridagi shakli agrobiznes kwrinishida namoyon bwladi. Agrobiznes tushunchasiga qishloq xwjaligi bilan bog`liq bwlgan faoliyat bilan shug`ullanuvchi biznes turlari ham kiritiladi. Bu qishloq xwjaligiga texnikaviy, ta`mirlash xizmat kwrsatish, uning mahsulotlarini qayta ishlash va iste`molchilarga etkazib berish bilan bog`liq bwlgan tadbirkorlik faoliyatidir. Qisqacha qilib aytganda, agrobiznes agrosanoat integratsiyasi natijasida vujudga kelgan agrosanoat majmuasining barcha bwg`inlarni qamrab oladi. Agrobiznes faoliyatining maqsadi iste`mol bozorini etarli miqdorda sifatli qishloq xwjalik mahsulotlari, sanoatni esa xom ashyo bilan uzluksiz ta`minlash orqali foyda kwrishdan iborat. Agrobiznesning asosiy shakli va birlamchi bwg`ini fermer va dehqon xwjaliklaridir. Chunki ular bevosita qishloq xwjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Bu xwjaliklar wz erida yoki ijaraga olingan erda ish yuritib, unda mulk egasi va ishlab chiqaruvchi fermerning wzi va oila a`zolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma mehnatdan foydalanish ham mumkin. Fermer xwjaligining afzalligi shundan iboratki, undan mulk va mehnat bevosita qwshiladi, bu esa yuqori samarani ta`minlaydi. Fermer xwjaliklari mustaqil tuzilma bwlish sababli wz faoliyatini bozor kon`yunkturasiga tez moslashtira oladi. Unda iqtisodiy manfaat va pirovard natija uchun mas`uliyat bitta faoliyatning ikki tomonini tashkil qiladi. Bularning hammasi fermer xwjaligining yashovchanligini ta`minlaydi. Respublikada islohotlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichlaridayoq, Prezidentimiz Islom Karimov fermer xwjaliklari, qishloq xwjalik ishlab chiqarishini tashkil etishning asosi sifatida faoliyat kwrsatishi lozimligini ta`kidlab wtgan edi. Shu sababli respublikamizda qishloq xwjaligini fermerlashtirish agrar islohotlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Respublikada bu jarayon zarar kwrib ishlash natijasida og`ir ahvolga tushib qolgan davlat xwjaliklarining tarkibi fermer xwjaliklaridan iborat shirkatlar uyushmasiga aylantirish, mavjud davlat va jamoa xwjaliklari tarkibida ular resurslari hisobidan fermer xwjaliklari uyushtirish hamda dehqonning wz mol-mulki negizidan bunday xwjaliklarni dehqon xwjaligi tashkil qilish ywli bilan boradi. Fermer xwjaligining barcha tashkiliy shakllarining umumiy tomoni shundaki, ular ijaraga olingan davlat erida faoliyat kwrsatadi. Fermer va dehqon xwjaliklarini tashkil qilish, rivojlantirish va ular faoliyatini tartibga solish Wzbekiston Respublikasining «Fermer xwjaligi twg`risida»gi, «Dehqon xwjaligi twg`risida»gi, «Qishloq xwjaligi kooperativi (shirkat xwjaligi) twg`risida»gi qonunlarga hamda qishloq xwjaligida islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan boshqa huquqiy bitimlarga va hukumat qarorlariga asoslanadi. Bu qonuniy hujjatlarda fermerlarga ajratilgan erlarni meros qilib qoldirish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga olish huquqi mustahkamlab qwyildi. Shu bilan, birga bu xwjalik uchun erlarning unumdorligini saqlash va oshirishda davlat tomonidan kafolatlar yaratish ywli bilan ularni himoyalash tizimi vujudga keltirildi. Shunday qilib fermer xwjaliklarini rivojlantirishni rag`batlantirish uchun ham huquqiy, ham tashkiliy shart-sharoitlar yaratildi. Natijada Respublikada 2004 yil boshiga kelib fermer xwjaliklari soni 103921 dan ziyodni tashkil qildi. Ularga biriktirilgan qishloq xwjalik foydalanishidagi erlar maydoni 2935,4 ming gektarni tashkil qilib, bir xwjalik ixtiyoridagi er maydoni 24,5 gektarga twg`ri keldi. 2004 yilda fermer xwjaliklarida butun qishloq xwjalik mahsulotlarining 20,4 foizi etishtirilgan (1-chizma). Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling