Agrobiznes va uning turlari Tadbirkorlik faoliyatining qishloq xwjalik sohalaridagi shakli agrobiznes


-jadval. Respublikada fermer xwjaliklarining rivojlanishi


Download 1.43 Mb.
bet6/12
Sana02.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#192414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Agrobiznes va uning turlari

2-jadval. Respublikada fermer xwjaliklarining rivojlanishi41

Kwrsatkichlar


1993

1994

1995

1996

1997

1998

1999

2000

2004

Soni (ming birlik)

1,9

5,9

7,5

14,2

18,1

21,4

23,0

43,8

103,9

Ularga biriktirilgan er maydoni

(ming ga)


14

45

71

193

265

413

447

889,9

2935,4

Ekin maydonlarining ulushi, %

0,3

1,1

1,7

4,6

6,6

9,7

11,3

23,6

47,7


Jadvaldan kwrinib turibdiki, 2004 yilga kelib fermer xwjaliklarining umumiy soni 103,9 mingtaga, ularga biriktirilgan er maydoni 2,9 mln. gektarga etdi. Fermer xwjaliklarining yalpi qishloq xwjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi ulushi 2003 yilda 14,8%dan 2004 yilda 20,4%ga, jami ekin maydonlari 36,9%dan 47,7%ga ortdi. Paxta etishtirish 37,9%dan 51,7%ga, bug`doy 35,8%dan 46,2%ga ortdi. Ekspertlar xulosasiga kwra, shirkat xwjaliklariga qaraganda fermer xwjaliklarida paxta va bug`doy etishtirish unumdorligi yuqori bwlgan, ya`ni 16,2% kwp etishtirganlar. 2004 yilda shirkat xwjaliklarida bir tonna paxtaning wrtacha tannarxi 400 ming swm bwlsa, fermer xwjaliklarida 230 ming swmni tashkil etdi. Mos ravishda bug`doyning tannarxi 100 ming swm va 70-80 ming swmni tashkil etdi.

Respublikada agrar islohotlarni amalga oshirishning barcha bosqichlarida xwjalik yuritish mexanizmini takomillashtirishga ham katta ahamiyat berildi.

Bunga dastlab umumdavlat ehtiyojlari uchun etkazib berilayotgan mahsulotlarga oqilona xarid narxlarini belgilash, keyinchalik mahsulotlarning kwpchilik turlariga davlat buyurtmasini asta-sekin bekor qilish (1995 yildan faqat paxta va donga davlat buyurtmasi saqlanib qoldi) hamda qishloq xwjalik korxonalarini qwllab-quvvatlash (soliqlardan ozod qilish, kreditlarni qaytarish muddatini chwzish va boshqalar) orqali erishildi.

2004 yilda «Wzqishloqmash-xolding» kompaniyasi tomonidan qishloq xwjaligi ishlab chiqaruvchilariga 2959 ta traktor, 1161 ta pritsep, 188 ta turli omochlar, 985 ta paxta ekish moslamalari, 80 ta bug`doy ekish moslamalari, 1239 ta kul`tivatorlar, 185 ta wrish mashinalari, 789 ta paxtani dorilash moslamalari etkazib berildi. 2003 yilga nisbatan paxta seyalkalarini etkazib berish 6,9 marotaba, paxta kul`tivatorlari 3,1 marta, pritseplar 1,7 marta, traktorlar 1,1 marta, bug`doy ekish moslamalari 1,3 marta ortdi.

Erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda qishloq xwjaligida islohotlarni chuqurlashtirish jarayoniga twsiq bwluvchi muammolar ham mavjud. Fermer xwjaliklarini tashkil etish mexanizmini, shartnoma munosabatlarini takomillashtirish, bank-moliya tizimini isloh qilish, qishloq joylarda qishloq xwjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga xizmat kwrsatuvchi infratuzilmani shakllantirish shular jumlasiga kiradi.42

Hozirgi davrda agrar islohotni tubdan hal etishni taqozo qilayotgan g`oyat muhim ywnalish – qishloq xwjaligida band bwlgan ortiqcha ishchi kuchini bwshatib olish va ularni iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga (sanoat, xizmat kwrsatish sohalariga) jalb etishdan iboratdir. Bunda qishloq joylarda faoliyat shaklini tez wzgartira oluvchi, zamonaviy texnologiyaga ega bwlgan, qishloq xwjalik xom ashyosini qayta ishlaydigan, kasanachilik va xalq hunarmandchiligiga asoslangan kichik korxonalarni ochish ustuvor vazifa hisoblanadi.

Qishloq xwjaligida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish – agrar islohotning hozirgi kundagi ustuvor ywnalishidir.

Bu ywnalishda kommunal va injenerlik tizimlarining keng tarmog`ini yaratish, servis va maishiy xizmat tarmog`ini shakllantirish muhim vazifa hisoblanadi.

Shu vazifani bajarish ywlida keyingi yillarda ham qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish hamda qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta`minlash dasturini amalga oshirish ishlari davom ettirildi. Qishloqlarda 1965 km suv quvurlari tarmog`i ishga tushirildi, 4844 km gaz tarmoqlari qurildi. Mablag` bilan ta`minlanadigan barcha manbalar hisobidan 2000 yilda umumiy maydoni 6,97 mln. kv.m uy-joy binolari foydalanishga topshirildi.

Yuqorida tilga olingan agrar islohotlarni amalga oshirish va uni yanada chuqurlashtirishning barcha ywnalishlari respublikaning xususiyatlari va bozor iqtisodiyotiga wtish talablaridan kelib chiqadi.



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling