Agrobiznes va uning turlari Tadbirkorlik faoliyatining qishloq xwjalik sohalaridagi shakli agrobiznes
-§. Wzbekistonda agrar islohotlar va ularni chuqurlashtirishning asosiy ywnalishlari
Download 1.43 Mb.
|
Agrobiznes va uning turlari
5-§. Wzbekistonda agrar islohotlar va ularni chuqurlashtirishning asosiy ywnalishlari
Wzbekistonda agrar islohotning negizi erga bwlgan mulkchilik masalasidir. Respublika Konstitutsiyasida er xususiy mulk qilib sotilishi mumkin emasligi, balki uni uzoq muddatli ijara shartlari bilan topshirish mumkinligi ta`kidlangan. Shunday ekan, qishloqda bozor munosabatlarini shakllantirishga erni meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod foydalanish uchun ijaraga berib qwyish orqali erishish kwzda tutilgan. Respublikada erga bwlgan mulkchilik munosabatlarini isloh qilishning boshqa xususiyati shundan iboratki, melioratsiya, irrigatsiya, erlarning unumdorligini oshirish dasturlarini bajarishni davlat wz zimmasiga oladi. Buni bizdagi dehqonchilikning xususiyati taqozo qiladi. Bu xususiyat faqat sug`oriladigan erlarga xosdir. Respublikada barcha haydaladigan erlarning 3/4 qismidan kwprog`i (4,2 mln.ga) sug`oriladigan erlar bwlib, uning yarmidan kwprog`i yaxshi meliorativ holatda, qolgan erlar esa melioratsiya ishlari (qayta wzlashtirish, kollektor-drenaj tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish)ni olib borishni talab qiladi. Hozirgi vaqtda sug`orib kelingan har gektar erni qayta wzlashtirish uchun 1990 yilgi darajadan 14-15 baravar kwp xarajat talab qilinadi. Bundan xulosa shuki, birorta ham fermer irrigatsiya va melioratsiya ishlarini wzi mustaqil amalga oshira olmaydi. Faqat davlatgina melioratsiya tarmoqlarini rekonstruktsiyalashga, qurishga va irrigatsiya tadbirlarini amalga oshirishga qodirdir. Respublikada agrar islohotlarni amalga oshirish dasturlariga asoslanib, 1992 yildan boshlab wtgan davr mobaynida mavjud 1137 davlat xwjaligidan 1066 tasi mulkchilikning aktsiyadorlik, jamoa va ijara xwjalik shakllariga aylantirildi. 2000 yil davomida yana 776 ta qishloq xwjalik korxonasi shirkat xwjaligiga aylantirildi, va ularning soni 1754 taga etdi2. Natijada qishloq xwjalik ishlab chiqarishining tarkibi mulkchilik shakllari bwyicha ancha wzgardi. Agar 1991 yilda qishloq xwjaligida davlatga qarashli bwlmagan sektor butun mahsulotning deyarli 61% ni3, 1998 yilda 98,7% ni4 ishlab chiqargan bwlsa, 2004 yilga kelib uning 99,0% ni ishlab chiqardi. Qishloq xwjaligini isloh qilishning muhim ywnalishi – bu shaxsiy tomorqalarni kengaytirish, yangi sug`oriladigan erlarni shaxsiy xwjaliklar va bog`-dala hovli uchastkalariga ajratib berish ywli bilan aholini er bilan ta`minlashdan iboratdir. Shu kwrilgan chora-tadbirlar hisobiga, birinchidan, qishloq joylarda ishsizlikning kuchayib borish xavfini barham toptirishga, ikkinchidan, aholining real daromadlarini oshirishga, uchinchidan, aholini hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlashdagi keskinlikka barham berishga va twrtinchidan, yakka tartibda uy-joy qurilish kwlamini ancha kengaytirishga muvaffaq bwlindi. Islohotlar amalga oshirilgan dastlabki yillarda aholiga foydalanish uchun qwshimcha 550 ming gektar sug`oriladigan er ajratib berildi, shaxsiy tomorqa uchun berilgan erning umumiy maydoni 700 ming gektarga etdi. Natijada dehqon xwjaliklarning qishloq xwjalik ishlab chiqarishi umumiy hajmidagi ulushi 1992 yildagi 33% dan 1998 yilda 60,3% ga1, 2000 yilda esa 66% ga kwtarildi2. Respublikada agrar islohotlarning navbatdagi ywnalishi – bu qishloq xwjalik ishlab chiqarishining tarkibiy tuzilishini takomillashtirishdir. Bunda xwjaliklarga ekin maydonlari tarkibini va ishlab chiqarish hajmini mustaqil belgilash huquqi beriladi. Don mustaqilligiga erishish va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashni tiklash ywli izchil amalga oshirilishi natijasida donli ekinlar maydoni ancha kengaydi, paxta ekiladigan maydonlar esa tegishli ravishda qisqardi. Don etishtirishni kwpaytirib borish (1994 yil 2,5; 1996 yil 3,5; 1998 yil 4,1; 1999 yil 4,3; 2000 yil 3,9; 2004 yil 5 mln. tonna) uni chetdan keltirishni qisqartirish va qisqa davrda twliq don mustaqilligiga erishish imkonini berdi. Respublikada agrar islohotlarni chuqurlashtirishning navbatdagi ywnalishi barcha davlat va shirkat qishloq xwjalik korxonalarini (birinchi navbatda zarar kwrib ishlayotganlarini) fermer xwjaliklariga aylantirishdan iboratdir. Mamlakatimiz agrar sohasini taraqqiy ettirishda fermer xwjaliklarini rivojlantirishning muhim ahamiyatini ta`kidlab, Prezidentimiz I.A.Karimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qwshma majlisida «keyingi yillar tajribasi fermer xwjaliklarining shirkatlarga nisbatan ancha yuqori rentabelli bwlishi va zarar kwrmay faoliyat yuritishini yaqqol tasdiqladi»40, deb kwrsatib wtdi. Xuddi shu ma`ruzada zarar kwrib ishlaydigan va past rentabelli shirkatlarni fermer xwjaliklariga aylantirish borasida 2005-2007 yillarga mwljallangan dastur qabul qilinganligini va unga asosan shu kwrsatilgan yillar ichida 1100 ta, jumladan, shu 2005 yilda 406 ta shirkat xwjaligini qayta tashkil etib, fermer xwjaliklariga aylantirish vazifasi belgilanganligi aytib wtildi. Bunda birlamchi qishloq xwjalik bwg`ini bwlmish fermer xwjaliklariga moddiy-texnikaviy va boshqa resurslar ta`minoti, texnika, agrokimyo xizmati kwrsatadigan ishlab chiqarish infratuzilmalari tashkil etilishi lozim. Bu borada bugungi kunga qadar amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida fermer xwjaliklari jadal ravishda rivojlanib bormoqda (2-jadval). Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling