Agrobiznes va uning turlari Tadbirkorlik faoliyatining qishloq xwjalik sohalaridagi shakli agrobiznes
Download 1.43 Mb.
|
Agrobiznes va uning turlari
Xulosalar
Qishloq xwjaligida ishlab chiqarish kwp jihatdan er bilan bog`liq, shuning uchun ham erga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog`liq bwlgan munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. Agrar munosabatlarning asosini renta munosabatlari tashkil qiladi. Er egasi va uni ijaraga olib foydalanuvchi (tadbirkor) wrtasida mazkur erdan olinadigan foydani taqsimlash borasidagi munosabatlar renta munosabatlari deyiladi. Er rentasi er egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizatsiya qilish)ning shaklidir. Hozirgi paytda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: absolyut er rentasi, differentsial (tabaqalashgan) renta I va II, monopol renta, qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan erlardan olinadigan renta. Agrosanoat integratsiyasi – qishloq xwjaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste`molchiga etkazib beruvchi tutash tarmoqlar wrtasida ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir. Agrosanoat majmuasi (ASM) – bu qishloq xwjalik mahsulotlari etishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va iste`molchilarga etkazib berish bilan shug`ullanuvchi xalq xwjalik tarmoqlaridir. ASM twrtta sohani wz ichiga oladi. Birinchi soha - qishloq xwjaligiga ishlab chiqarish vositalari etkazib beradigan sanoat tarmoqlari, shuningdek, qishloq xwjaligiga ishlab chiqarish texnika xizmati kwrsatish bilan band bwlgan tarmoqlar; ikkinchi soha – qishloq xwjaligining wzi; uchinchi soha – qishloq xwjaligi mahsulotlarini iste`molchiga etkazib berishni ta`minlaydigan tarmoqlar (tayyorlash, qayta ishlash, saqlash, tashish, sotish); twrtinchi soha - odamlar hayoti va faoliyatining umumiy sharoitlarini ta`minlaydigan infratuzilma (ywl-transport xwjaligi, aloqa, moddiy-texnika xizmati, mahsulotni saqlash tizimi, ombor va tara xwjaligi). Tadbirkorlik faoliyatining qishloq xwjalik sohalaridagi shakli agrobiznes kwrinishida namoyon bwladi. Agrobiznes tushunchasiga qishloq xwjaligi bilan bog`liq bwlgan faoliyat bilan shug`ullanuvchi biznes turlari ham kiritiladi. Bu qishloq xwjaligiga texnikaviy, ta`mirlash xizmat kwrsatish, uning mahsulotlarini qayta ishlash va iste`molchilarga etkazib berish bilan bog`liq bwlgan tadbirkorlik faoliyatidir. Agrobiznes faoliyatining maqsadi iste`mol bozorini etarli miqdorda sifatli qishloq xwjalik mahsulotlari, sanoatni esa xom ashyo bilan uzluksiz ta`minlash orqali foyda kwrishdan iborat.
Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling