1-chizma. Wzbekistonda xwjalik toifalari bwyicha yalpi qishloq xwjalik mahsulotlarining ishlab chiqarilishi (% hisobida).
2005 yilda qishloq xwjaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish kwzda tutilib, fermer xwjaliklarini rivojlantirish, ularga davlat tomonidan qulay shart sharoitlarni yaratib berish asosiy ustuvor ywnalish hisoblanadi. Mazkur yilda 406 shirkat xwjaliklari wrnida 20 ming fermer xwjaliklarini tashkil etish kutilmoqda39.
Respublikada fermer xwjaliklari samarali ishlashi uchun zarur xizmat kwrsatuvchi infratuzilma – agrofirmalar, mashina- traktor parklari, ta`mirlash ustaxonalari, tayyorlov punktlari, qishloq xwjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalar tizimi shakllandi.
Agrobiznes turlaridan biri agrofirmalardir. Ular ma`lum turdagi qishloq xwjalik mahsulotlarini etishtirish va uni pirovard mahsulot darajasigacha qayta ishlashni qwshib olib boradigan korxonalardir.
Agrofirmalar ham qishloq xwjaligi, ham sanoatga xos resurslarni ishlatib, iste`molga tayyor bwlgan mahsulot yaratadi. Mazkur turdagi korxonalar turli mulkchilikka asoslanishi, chunonchi oilaviy xwjalik asosida ham tashkil topib, kichik zavodlar bilan birikishi mumkin. Agrosanoat birlashmalari va kombinatlari agrobiznesning yangi turlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |