Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/91
Sana24.12.2022
Hajmi1.31 Mb.
#1056334
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   91
Bog'liq
yangi oquv

Ilmiy abstraktsiya usuli hodisalarning mohiyatini bilish uchun 
tadqiqot jarayonida kichik hodisalardan, ahamiyatsiz tomonlardan 
umumiy, muhim xususiyatlarni ajratishdan iborat. 


14 
Induksiya usulidan foydalanilganda umumiy xulosa yagona 
omillar asosida amalga oshiriladi, ya'ni qarorlar xususiydan umumiyga, 
omillardan nazariyaga qadar qabul qilinadi.
Deduktsiya usuli tadqiqotlarning teskari yo'nalishini o'z ichiga 
oladi – ya’ni umumiydan xususiyga boriladi. Ushbu usullar 
gipotezalarni ilgari surish imkonini beradi.
Gipoteza – bu har qanday hodisani tushuntirish uchun taqdim 
etilgan va ishonchli ilmiy nazariya bo'lishi uchun amaliyotda 
tekshirishni va nazariy asosni talab qiladigan ilmiy taxmindir (farazdir). 
Dialektik usul hozirgi hayotdagi barcha voqelik va omillarni 
to'gri tahlil qilib, umumlashtiradi va shu asosda bundan keyingi 
rivojlanish uchun sharoit yaratadi. To'g'ri xulosa chiqarish uchun ilmiy 
izlanishning quyidagi usullaridan foydalaniladi: statistik guruhlash
monografik, hisoblash-mantiqiy tahlil qilish metodi, tajriba qo'yish va 
matematik modellashtirish. 
Qiyosiy tahlil usuli eng yaxshi natijalarni aniqlash uchun 
xususiy va umumlashtiruvchi iqtisodiy ko'rsatkichlarni taqqoslashdan 
iborat. 
Statistik-iqtisodiy usul – ommaviy raqamli ma'lumotlar orqali 
ijtimoiy hodisalarning rivojlanishini har tomonlama tavsiflash uchun 
ishlatiladigan usullar to'plami. Statistik ma'lumotlarni qayta ishlash va 
tahlil qilishning asosiy usullari iqtisodiy guruhlash, o'rta va nisbiy 
qiymatlar, grafik tasvirdir. 
Statistik guruhlash usuli – barcha ishlab chiqarish tarmoqlari 
bo'yicha juda katta ma'lumotlar to'plashga, qishloq xo'jaligida 
chorvachilik mahsulotlarining o'sishi, ekinlar hosildorligi, ish kuchi, 
ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish darajalari, mehnat sarflari va 
unumdorligi, mahsulot tannarxi va daromadlar, mexanizasiyadan 
foydalanish darajalari kabi ma'lumotlarni to'plashga qaratilgan usuldir. 
Amalda bu ma'lumotlar guruhlanib korxonalarning ixtisoslashuvi
xo'jalikning 
maqsadga 
muvofiq 
hajmini 
asosiy 
iqtisodiy 
ko'rsatkichlarga ta'sir etuvchi ayrim omillarni aniqlashda ishlatiladi. 
Monografik usul – ayrim ilg'or xo'jaliklar va ularning ichki 
bo'linmalari ishlab chiqarish-moliya faoliyatini sinchiklab o'rganishda 
hamda ayrim ish metodlarini chuqur tahlil qilishda foydalaniladigan 
usuldir. Tadqiqot ishlarining bu usulini qo'llanishi ko'pgina tashkiliy 
masalalarni to'gri hal qilish imkonini beradi. Bu usuldan foydalanishda 
to'plangan 
ma'lumotlar, 
hodisalar 
va 
jarayonlar 
orasidagi 


15 
bog’lanishlarni aniqlashda, qonuniyatlarning ma'nosini ochishda, 
qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining istiqbollarini belgilashda va 
barcha yangiliklar hamda ilg’or ish usullarini qishloq xo’jalik ishlab 
chiqarishiga tadbiq etishda asosiy yo'llarni belgilashga yordam beradi. 
Tadqiqotning monografik usuli umumiy to'plamning alohida 
elementlarini o'rganishni o'z ichiga oladi. Ushbu usul yangi va ilg'or 
narsalarni aniqlashga yordam beradi. 

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling