Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S


Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti fanining


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/91
Sana24.12.2022
Hajmi1.31 Mb.
#1056334
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   91
Bog'liq
yangi oquv

 
1.2. Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti fanining 
predmeti va organish usullari 
Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti fanining predmeti 
bo’lib tashqi iqtisodiy faoliyatni xo'jalik yurituvchi sub'ekt, firma, 
korxona darajasida tashkil etish va boshqarish hisoblanadi. 
Shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatda, ham davlat hokimiyati 
organlari darajasida, ham xo'jalik yurituvchi sub'ektlar darajasida 
bitimlarni amalga oshirishning xalqaro-huquqiy, tashkiliy, ma'naviy-
axloqiy tamoyillari, normalari va qoidalarining nazariy va amaliy 
asoslari hisoblanadi. 
Iqtisodiy tadqiqot – mavzuni asoslash, gipoteza, maqsad va 
vazifalarni shakllantirish, tahlil ob'ektlarini tanlash, dasturni tuzish
omillarni to'plash va o'rganish, nazariy umumlashtirish va amaliyotda 
tadqiqot natijalarini qo'llash bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishni 
o'z ichiga olgan murakkab tafakkur jarayoni. Iqtisodiy tadqiqotning 
asosida metodologiya yotadi. 
Fan metodologiyasi – bu ilmiy tafakkurning shakllanish 
tamoyillari, shakllari va usullari to’g’risidagi ta’limotdir. Metodologiya 
fanda qo'llaniladigan usullarga asoslanadi. 
Fanning usuli (metodi) – bu o'rganilayotgan (tadqiq 
qilinayotgan) voqea va hodisalarni bilish yo'llaridir. Har bir fanni 
o'rganishda nazariy bilimlar voqelikni amalga oshirish uchun 
amaliyotga yo'l ochib, uni yoritib turadi va shu bilan ijtimoiy ishlab 
chiqarishni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini belgilab beradi. 
Amaliyotda nazariy jihatdan tadqiq etilgan fikrlar yo'nalishlari, 
belgilangan nuqtai nazarlarning to'griligi yoki asossiz ekanligini 
tasdiqlab beradi. 
Iqtisodiyotda hodisalar va jarayonlarning mohiyatini bilish uchun 
umumiy ilmiy va o'ziga xos tadqiqot usullari ishlatiladi. Birinchisi, 
ilmiy abstraktsiya usullari, induktiv, deduktiv, qiyosiy tahlil, 
eksperiment va boshqalarni o'z ichiga oladi. Fanni o'rganishning o'ziga 
xos usullari statistik-iqtisodiy, monografik, hisob-konstruktiv, balans, 
iqtisodiy-matematik usullar hisoblanadi. 

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling