Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S


Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning ma'muriy


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/91
Sana24.12.2022
Hajmi1.31 Mb.
#1056334
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   91
Bog'liq
yangi oquv

7.3. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning ma'muriy 
(tarifsiz) chora-tadbirlari 
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tarifsiz tartibga solish – tovarlar tashqi 
savdosini miqdoriy cheklash yoki boshqa iqtisodiy cheklovlar 
jumladan, litsenziyalash, kvotalash, deklaratsiya qilish, import 
depozitlarini kiritish, eksport va import mahsulotlarini sertifikatlash, 
ikki tomonlama ahamiyatga ega tovarlar va texnologiyalar eksporti 
ustidan nazorat va boshqalar kabi davlat tomonidan tartibga solish 
usullari majmui.
Davlatlar o'rtasidagi erkin savdoni qiyinlashtiradigan yoki 
cheklaydigan, iqtisodiy, ma'muriy va texnik tusdagi (boj tarifidan 
tashqari) chora-tadbirlar majmuasidir. 
1. Tartibga solishning tarifsiz miqdoriy usullari – bu eksport 
yoki 
importga 
ruxsat 
berilgan 
tovarlarning 
miqdori 
va 
nomenklaturasini belgilovchi usul bo’lib, savdo aylanmasini davlat 
tomonidan tartibga solishning tarifsiz ma'muriy shaklidir. Ularga 
quyidagilar kiradi: 
A. Kvotalash / belgilangan muddat davomida eksport va/yoki 
importni tovarlar miqdori (miqdoriy kvotalar) yoki ularning umumiy 
qiymati (qiymat kvotalari) bilan cheklashni anglatadi. Xalqaro savdoda 
kvotalash iqgisodiy, siyosiy sharoitlar yoki to'lov munosabatlarining 
holati taqozo etgan hollarda qo’llaniladi. Ichki bozorda talab va taklif 
regulyatori sifatida foydalaniladi. Chet ellik savdo sheriklarining 
kamsituv harakatlariga javob chorasi sifatida ham xizmat qilishi 
mumkin. 
Kvota – ma'lum bir vaqt oralig'ida ma'lum miqdorda yoki 
qiymatda mahsulotni eksport qilish yoki import qilishni cheklashning 
miqdoriy tarifsiz o’lchovidir. Kvota turlari:
- umumiy kvota – davlat ehtiyojlari uchun belgilanadi;
- tabiiy kvota – neft quvurlari, portdagi terminallar va h. k. larning 
cheklangan o’tkazish salohiyatiga bog’liq; 
- istisno tariqasidagi kvota – davlatning milliy xavfsizligini 
ta'minlash, ichki bozorni himoya qilish, xalqaro majburiyatlarni 
bajarish bilan bog'liq alohida holatlarda kiritiladi. 
- tarif kvotasi – mamlakatga bojsiz yoki past stavkalar bo'yicha 
ma'lum miqdorda tovarlarni olib kirish uchun ruxsat; ushbu 
cheklovdan ortiq import qilinadigan tovarlar odatdagi stavkalar 


72 
bo'yicha bojxona bojlariga tortiladi, yoki import qilinuvchi tovarlarga 
ular qiymati yoki miqdori doirasida oddiy hajmdagi boj solinadi, 
belgilangan cheklovlar oshib ketganida tovarlarga nisbatan 
bojlarning oshirilgan stavkalari qo’llaniladi. 
- eksport kvotasi – eksport uchun ruxsat etilgan mahsulotlar miqdorini 
cheklaydi.
- import kvotasi – import uchun ruxsat etilgan mahsulotlar miqdorini 
cheklaydi. 
B. Litsenziyalash – vakolatli davlat organlaridan ma’lum bir 
eksport va/yoki import operatsiyalarini amalga oshirish uchun huquq 
yoki ruxsat (litsenziya) olish tarzidagi cheklov. Litsenziyaning o'zida 
tovarlarni olib kirish yoki olib chiqish tartibi belgilanishi mumkin. 
Shuningdek, litsenziya ma'lum miqdordagi tovarni import qilish (olib 
chiqish) uchun ruxsatni ham o'z ichiga olishi mumkin – bu holda 
litsenziyalash kvota bilan chambarchas bog'liq. Litsenziyalash 
kvotaning ajralmas qismi bo'lishi yoki davlat tomonidan tartibga 
solishning mustaqil vositasi bo'lishi mumkin. Birinchi holatda, 
litsenziya qabul qilingan kvota doirasida tovarlarni olib kirish yoki olib 
chiqish huquqini tasdiqlovchi hujjatdir; ikkinchi holatda bir qator o'ziga 
xos shakllarni oladi: 
- bir martalik litsenziya – muayyan firmaga birta tashqi savdo bitimi 
bo’yicha eksport yoki import operatsiyasini amalga oshirish uchun 
hukumat tomonidan 1 yilgacha bo'lgan muddatga berilgan yozma 
ruxsatnoma;
- bosh litsenziya – bitimlarning sonini cheklamasdan, bir yil ichida 
ma'lum bir mahsulotni olib kirish yoki olib chiqish uchun 
ruxsatnoma. Bosh litsenziya tovarning aniq xaridori yoki 
sotuvchisi ko'rsatilmagan holda eksport yoki import qilinadigan 
tovarlarning har bir turi, miqdori va qiymatini, tovarning aniq 
xaridori yoki sotuvchisini belgilamasdan ko’rsatgan holda 
rasmiylashtiriladi. O'zR hukumatining qarori bosh lisenziyani 
berish uchun asos hisoblanadi; 
- global litsenziya – ushbu mahsulotni ma'lum bir vaqt ichida 
dunyoning istalgan mamlakatiga miqdori yoki qiymatini 
cheklamasdan olib kirish yoki olib chiqish uchun ruxsatnoma; 
- avtomatik litsenziya – eksportchi yoki importchidan ariza 
olinganidan keyin, davlat organi tomonidan rad etilishi mumkin 
bo’lmagan, darhol beriladigan ruxsatnoma. 


73 
Litsenziyalarni taqsimlash mexanizmlari:
- kim oshdi savdosi – tanlov asosida litsenziyalarni sotish;
- hukumat tomonidan muayyan firmalarga litsenziyalarni avvalgi 
davr uchun import hajmiga proporsional ravishda yoki milliy 
importchilar tomonidan talab tarkibiga proporsional ravishda 
biriktirish; 
- litsenziyalarni narxsizz asosda taqsimlanishi. 
 
C. Eksportni "ixtiyoriy" cheklash – savdo sheriklaridan birining 
eksport hajmini cheklash yoki hech bo'lmaganda kengaytirmaslik 
majburiyatiga asoslanadigan, hukumatlararo rasmiy yoki norasmiy 
bitim doirasida qabul qilingan eksportning miqdoriy cheklanishi. 
Import qiluvchi mamlakat emas, balki eksport qiluvchi mamlakat 
tomonidan kiritilgan kvota eksportning ixtiyoriy cheklanishi deb 
ataladi. 

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling