Iqtisodiyot fakulteti mustaqil ish


Download 54.47 Kb.
bet1/2
Sana24.01.2023
Hajmi54.47 Kb.
#1114307
  1   2
Bog'liq
Ashraf Umrzoqov


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
IQTISODIYOT” FAKULTETI





MUSTAQIL ISH


MAVZU: Tashqi iqtisodiy faoliyatni kvotalash tartibga solish

BAJARDI: Umrzoqov Ashraf
TEKSHIRDI: Mavlonov Feruz

SAMARQAND – 2022
Reja:
Kirish
Asosiy qism

  1. Tashqi iqtisodiy faoliyat

  2. Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish usullari. Tashqi iqtisodiy faoliyatda kvotalash, litsenziyalash, tarif va notarif, soliqlar hamda valyuta orqali tartibga solinishi



Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Tashqi iqtisodiy faoliyat

Kirish
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan jismoniy shaxslar tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishga haqlidir.
Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasi tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining huquqlarini belgilab beradi. Ular quyidagi huquqlarga ega:
qonun hujjatlari doirasida tashqi iqtisodiy faoliyatda qatnashish shakllarini mustaqil belgilash, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun o‘z xohishiga ko‘ra boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni shartnoma asosida belgilangan tartibda jalb qilish;
tashqi iqtisodiy faoliyat natijalariga, shu jumladan, milliy va chet el valyutasidagi daromadga qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish.
Qonunning 8-moddasiga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi hisobotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etishi;
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlarning O‘zbekistonda belgilab qo‘yilgan texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, veterinariya, fitosanitariya, ekologiya standartlari va talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarni belgilangan tartibda taqdim etishi shart.
Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishning alohida tartibi joriy etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.08.2004 y. “Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 387-sonli Qaroriga muvofiq tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi jismoniy shaxslar eksport-import operatsiyalarini va chakana savdoni amalga oshirish huquqi bilan yuridik shaxs bo‘lmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari shart;
“erkin muomalaga chiqarish” rejimida rasmiylashtirilgan yuk bojxona deklaratsiyasi, muvofiqlik sertifikatlari mavjud bo‘lganda, bojxona va boshqa to‘lovlar to‘langan taqdirda savdo komplekslarida yakka tartibdagi tadbirkorning faqat o‘zi bevosita olib kelgan import tovarlar bilan chakana savdoni amalga oshirishga haqli.
Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan Yakka tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jismoniy shaxs yashaydigan joy bo‘yicha davlat soliq inspeksiyasida shaxsan kelib yoki Internet tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.
Ariza beruvchi (yakka tartibdagi tadbirkor) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab bir oy mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida va bojxona organlarida tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tishi hamda tijorat bankida talab qilib olinadigan depozit hisob raqami ochishi shart.
Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasiga asosan chetdan olib kelinadigan va chetga olib chiqib ketiladigan mahsulotlarni majburiy sertifikatlashtirish belgilangan. Milliy muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilari yoki boshqa davlatlarning "O‘zstandart" agentligi tomonidan e’tirof etilgan muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilari arizachi (mahsulot yetkazib beruvchi) tomonidan bojxona nazorati organlariga yukka taalluqli bojxona deklaratsiyasi bilan birgalikda taqdim etiladi va ular mahsulotni respublika hududiga olib kirishga ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlar hisoblanadi.
Chetdan olib kelinayotgan mahsulotning xavfsiz ekanligini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan taqdirda bojxona nazorati organlari bu xususda "O‘zstandart" agentligini xabardor etadilar hamda mahsulotni sertifikatlashtirishdan o‘tkazish yoki chet el sertifikatini e’tirof etish to‘g‘risidagi masala sertifikatlashtirish milliy tizimi qoidalariga muvofiq hal etilgunga qadar bu mahsulotni chetdan olib kirishni taqiqlab qo‘yadilar.
Majburiy tartibda sertifikatlanadigan, O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va unga olib kiriladigan mahsulotlar turlari Ro‘yxati”ga asosan kofe, choy, shakar, tuz, alkogol ichimliklar, farmasevtika mahsulotlari, bolalar o‘yinchoqlari kabi mahsulotlarni majburiy sertifikatlashtirish belgilangan.
Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari “Gigienik sertifikatsiya qilinadigan (sanitariya-epidemiologik xulosa beriladigan) tovarlar Ro‘yxati”ga kiritilgan mahsulotlarni gigienik sertifikatlashtirishdan o‘tkazishlari lozim.
Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunning 11-moddasi tashqi savdo faoliyatining mazmunini belgilab beradi. Tashqi savdo faoliyati xalqaro tovarlar, ishlar (xizmatlar) savdosi sohasidagi tadbirkorlik faoliyatidir.
Import – bojxona hududiga olib kirilgan tovarlar ularni ushbu hududdan olib chiqib ketish
Tashqi savdo faoliyati tovarlarni, ishlarni (xizmatlarni) eksport va import qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning yana bir yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan chet el investitsiyalarini jalb qilishdir (12-m.). O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalarini amalga oshirish shakllari va tartibi “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi Qonun bilan belgilanadi. Ushbu Qonunning 5-moddasida chet el investitsiyalarini amalga oshirish shakllari ko‘rsatib o‘tilgan.
Eksport – tovarlar bojxona hududidan tashqariga ularni ushbu hududga qaytarib olib kirish majburiyatisiz olib chiqilishi

Tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlar shuningdek “Konsessiyalar to‘g‘risida”gi va “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida”gi qonunlar bilan tartibga solinadi.


O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiya faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi Qonun bilan belgilangan.
Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunning 28-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining hududida erkin iqtisodiy zonalar uchun tashqi iqtisodiy faoliyatning alohida tartibi (bojxona, valyuta, soliq va boshqalar) o‘rnatilishi mumkin bo‘lib, u erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati Qonunning 13-moddasiga muvofiq yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati xorijiy davlatning qonun hujjatlarida va O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
“O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chet elda tashkilotlar tashkil etish yoki ularning ustav fondi (kapitali)da ulush bilan ishtirok etish to‘g‘risida xabardor etish tartibi haqidagi Nizom”ga asosan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chet elda tashkilotlar tashkil etish yoki ularning ustav fondi (kapitali)da ulush bilan ishtirok etishsa, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligini belgilangan tartibda xabardor etishlari lozim.
Chet eldagi tashkilot davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin ta’sischi bir oy ichida TIAISVni ushbu haqida chet elda tashkil etilgan tashkilotning tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi akkreditatsiyadan o‘tgan joyi bo‘yicha diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi yoxud O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasi tomonidan legalizatsiya qilingan ta’sis hujjatlarini tegishli tarjimasi bilan birga yuborgan holda xabardor qiladi.


Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish usullari. Tashqi iqtisodiy faoliyatda kvotalash, litsenziyalash, tarif va notarif, soliqlar hamda valyuta orqali tartibga solinishi

Har bir davlat o‘z iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning o‘ziga xos usullariga ega. Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish usullari Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasida belgilangan.


Tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlari uchun o‘zaro preferensiya va imtiyozlar berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi bir qator davlatlar bilan eng ko‘p qulaylik rejimi taqdim etiladigan savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni imzolagan (“Eng yaxshi qulaylik rejimi taqdim etiladigan savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar imzolangan mamlakatlar ro‘yxati”. 08.04.1998 y. 426-son).
Boj tarifi to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasi 3-qismiga asosan savdo-iqtisodiy aloqalarda eng ko‘p qulaylik berish tartibi nazarda tutilmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan yoki qaysi mamlakatda ishlab chiqarilganligi aniqlanmagan tovarlar uchun undiriladigan import bojining stavkalari ikki baravar oshiriladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunning 18-moddasida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, 19-moddada esa O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining vakolatlari belgilangan.
Mazkur Qonunning 20-moddasiga muvofiq tovarlar eksporti, importini taqiqlash hamda cheklash belgilanishi mumkin.
Qonunning 21-moddasi tovarlar ayrim turlarining eksport va importini litsenziyalash hamda kvotalash tartibini belgilaydi. Tovarlarning ayrim turlarini eksport va import qilish faqat ularni olib kirish yoki olib chiqish uchun tegishli ruxsatnoma (litsenziya) olinganidan keyin amalga oshiriladi. Tovarlar ayrim turlarining eksporti va importini amalga oshirish uchun litsenziyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organlar tomonidan beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ayrim tovarlar turlarini eksport va import qilishga nisbatan miqdoriy cheklovlar (kvotalar) belgilashi mumkin.
Kvotalarni taqsimlash, qoida tariqasida, tanlov yoki kimoshdi savdosi asosida amalga oshiriladi.
Eksport va import qilinishi litsenziyalanishi hamda kvotalanishi zarur bo‘lgan tovarlar ayrim turlarining ro‘yxati, shuningdek litsenziyalarni berish va kvotalarni taqsimlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasida import kvotalari qo‘llanilmaydi, biroq 1987 yilgi Ozon qatlamini buzuvchi moddalar bo‘yicha Monreal protokoli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.11.2005 y. “Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishni va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishni tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 247-sonli Qaroriga asosan 2005-2030 yillar davrida ozonni buzuvchi moddalarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishga kvotalar tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.03.1998 y. “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 137-sonli Qaroriga asosan “Kontraktlar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin eksport qilinadigan tovarlar Ro‘yxati” hamda “O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo‘yicha eksport va import qilinadigan maxsus tovarlar (ishlar va xizmatlar) Ro‘yxati” tasdiqlangan.
Boj tarifi to‘g‘risida”gi Qonunga asosan import va eksport bojining stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.10.1997 y. “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-1871-sonli Farmoniga asosan 1997 yil 1 noyabridan boshlab barcha turdagi tovarlarga (ishlar, xizmatlar) qo‘llaniladigan eksport bojlari bekor qilingan. Ushbu Farmonga muvofiq litsenziya asosida eksport-import qilinadigan tovarlar, eksport hamda import qilish taqiqlangan tovar va mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududiga etil spirtini olib kelish va uning tranziti ham taqiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.08.2009 y. “Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1169-sonli Qororiga asosan 2009 yilning 1 sentabridan boshlab qo‘llaniladigan import boji stavkalari tasdiqlangan. Stavkalar tovarning bojxona qiymatiga nisbatan foizlarda yoki tovarlar birligi uchun belgilangan miqdorda AQSh dollarida hisoblanadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.06.2011 y. “Tovarlar importini bojxona-tarif jihatdan boshqarishni takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1560-sonli Qaroriga asosan 2011 yilning 1 avgustidan boshlab tovarlarning ayrim turlariga import boji stavkalari o‘rnatilgan.
Eksport mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga qonunchilikda bir qator imtiyoz va afzalliklar belgilangan. Ularning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.03.2012 y. “Eksport qiluvchi korxonalarni rag‘batlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni kengaytirish borasida qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1731-sonli Qarorida keltirilgan:
1. Aksiz to‘lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga aksiz solig‘i solinmaydi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari bundan mustasno.
2. Tovarlarni chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilish (qimmatbaho metallar bundan mustasno) oborotiga nol darajali stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadi.
3. Eksport qiluvchi korxonalar (xom ashyo tovarlarini sotish bundan mustasno) uchun foyda solig‘i va mulk solig‘i stavkasi umumiy sotish hajmida o‘zi ishlab chiqargan va erkin almashtiriladigan valyutaga sotilgan tovar (ish, xizmat)lar eksportidagi ulushiga bog‘liq holda kamaytiriladi:
eksport ulushi 15 foizdan 30 foizgacha miqdorda bo‘lganida - 30 foizga;
eksport ulushi 30 va undan ko‘proq foiz bo‘lganida - 2 marotaba.
4. Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi quyidagicha kamaytiriladi:
umumiy sotish hajmida eksport ulushi 15 foizdan 30 foizgacha bo‘lganida - 30 foizga;
eksport ulushi 30 va undan ko‘proq bo‘lganida - 2 marotaba.
5. 2016 yil 1 yanvarga qadar respublikadagi o‘z mahsuloti hajmining, jumladan yarim tayyor mahsulotlarining (kalava, gazlama, trikotaj gazlama va paxta yigirish chiqindilari) 80 foizi va undan ortig‘ini erkin almashtiriladigan valyutaga sotadigan to‘qimachilik sanoati korxonalari mulk solig‘i to‘lashdan ozod qilingan.
6. Tovar (ish, xizmat)larning barcha turlariga eksport bojxona bojlari va spesifik tovarlardan tashqari boshqa tovar (ish, xizmat)lar eksportini litsenziyalash bekor qilingan.
7. Tovarlarni eksport qilishda to‘lanadigan bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlarining amaldagi stavkasiga qaraganda o‘rtacha 2 marotabaga kamaytirilgan yangi stavkalari tasdiqlangan.
8. Mikrofirmalar va kichik korxonalar o‘zi ishlab chiqargan tovar (ish, xizmat)larni eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumining 50 foizini majburiy sotishdan ozod etilgan.
Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.08.2013 y. “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2022-sonli Qarori asosida Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida respublika mintaqalarida hududiy filiallari bo‘lgan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi.
Boj tarifi to‘g‘risida”gi Qonunning 33-moddasiga asosan boj undirishdan ozod qilingan faoliyat turlari belgilangan.
Davlat ehtiyojlari uchun tanlov asosida oziq-ovqat tovarlari yetkazib berishni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzurida tenderlar o‘tkazuvchi “O‘zbektender-konsalting” agentligi tashkil etilgan. Agentlik tovarlar (ishlar va xizmatlar)ni xarid qilish, sotish yuzasidan tender savdolari, tanlovlar o‘tkazish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilot hisoblanadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi va “Eksport nazorati to‘g‘risida”gi Qonunlarga asosan ma’lum bir tovarlar ustidan eksport nazorati o‘rnatilishi belgilangan.
Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunnning 23-moddasiga asosan xorijiy davlat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining va tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining iqtisodiy manfaatlarini buzuvchi choralar qabul qilingan taqdirda, shuningdek ushbu davlat xalqaro shartnomalarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi oldida qabul qilgan o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida javob choralarini ko‘llashga haqli.
Shunga o‘xshash norma FKning 1167-moddasida ham belgilangan bo‘lib, unga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Hukumati O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquqlariga maxsus cheklovlar qo‘ygan davlatlarning fuqarolari va yuridik shaxslariga nisbatan javob tariqasida cheklovlar (retorsiyalar) belgilashi mumkin.
Shuningdek, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunning 24, 25, 26-moddalarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari qo‘llanilishi belgilangan.
Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga binoan Tovar importi ko‘payishini cheklash bo‘yicha tovar importining miqdori va (yoki) qiymatiga (import kvotasi) nisbatan cheklov tariqasida, import bojidan tashqari undiriladigan maxsus boj tariqasida qo‘llaniladigan choralar yoki tovar importi ko‘payishini cheklashga qaratilgan boshqa choralar muhofaza choralaridir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 19 maydagi 129-son Qarori bilan tasdiqlangan “Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlarini qo‘llanish maqsadida tekshirish o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan O‘zbekiston


Download 54.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling