Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
yangi oquv
Xalqaro
ishchi kuchi migratsiyasining rivojlanish tendentsiyalari: • mehnat migratsiya jarayonlarining dunyoning deyarli barcha mamlakatlariga tarqalishi; • mehnat migratsiyasining asosiy yo'nalishi: rivojlanayotgan mamlakatlar va o'tish iqtisodiyoti mamlakatlaridan eng rivojlangan mamlakatlarga; • bir rivojlangan mamlakatdan boshqasiga migratsiya jarayonlarini faollashtirish; • rivojlanayotgan mamlakatlar doirasida davlatlararo ko’chishlarning kuchayishi; • o'tish davri iqtisodiyoti mamlakatlari o'rtasida mayatnikli migratsiyasini tiklash; • mehnat migratsiyasining yangi shakli – ilmiy-texnik kadrlar migratsiyasining paydo bo’lishi; • yaqin Sharqda (Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Quvayt, Isroil), Lotin Amerikasida (Argentina, Braziliya, Venesuela), Janubi- Sharqiy Osiyoda (Yaponiya, Gonkong, Tayvan, Singapur) yangi jozibador migratsiya markazlarining shakllanishi; • "yosh migratsiya" ulushining oshishi; • xorijiy mehnat oqimini cheklashga intilayotgan AQSh va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining qattiq migratsiya siyosati tufayli noqonuniy migratsiya hajmini kengayishi. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining noiqtisodiy sabablari orasida siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy, diniy va boshqalarni ajratib ko’rsatish mumkin. Xususan, xalqaro mehnat migratsiyasining boshqa sabablariga V.I. Deren quyidagilarni kiritadi: - mamlakatlar o'rtasida iqtisodiy resurslarning notekis taqsimlanishi (oriqcha kapital va ortiqcha mehnatga ega davlatlar ushbu sharoitlarda mehnat resurslari migratsiyasi bilan bir-birini to'ldiradi); 112 - kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash xarajatlarining o'sishi, shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda IFT ta’siri ostida yuqori malakali kadrlarga talabning o'sishi. Yangi ishchilarni maxsus tayyorlashdan ko’ra, muhojirlar orasidan yuqori malakali kadrlarni talab qiluvchi ish o'rinlarini to'ldirish oson va arzon bo’ladi; - malakasiz mehnatga bo'lgan jahon talabning pasayishi va uning taklifining o’sishi, ayniqsa kambag’al mamlakatda, bu esa kambag'al mamlakatlar aholisining bir qismini ish izlab ko'chib o'tishga majbur qiladi; - turli mamlakatlardagi mehnat, turmush sharoiti, aholi daromadlari darajasidagi farqlar. Shuning uchun aholi migratsiyasining asosiy oqimlari kambag’al mamlakatlardan boy mamlakatlarga yo’nalgan; - Buyuk geografik kashfiyotlar, urushlar, yangi hududlarni egallash, inqirozlar, falokatlar, aholi migratsiyasini rag’batlantiradi. - xalqaro tashkilotlar, xalqaro korporatsiyalar, davlatlarning demografik va migratsiya siyosati, mehnat migratsiyasini jilovlab turuvchi yoki rag’batlantiruvchi ularning tashqi iqtisodiy siyosati 1 . Ushbu sanab o’tilgan sabablar mehnatga layoqatli yoshdagi kishilarni o'z mamlakatini tark etishga va boshqa davlatlarga ko'chishga undaydigan sabablardir. Shu bilan birga, ishchi kuchini qabul qiluvchi mamlakatlardagi tadbirkorlarni xorijiy ishchi kuchidan foydalanishga undaydigan bir qator sabablar ham mavjud. Masalan: chet elliklarni ishga olish xarajatlarining pastligi va o'qitish xarajatlarida tejash. Shunday qilib, ishchi kuchi migratsiyasining qabul qiluvchi mamlakatlar va donor mamlakatlarga ta'siri haqida gapirish mumkin. (11.1-jadval ) Emigratsiya kelib chiqadigan mamlakatlar ishchi kuchini export qiluvchi mamlakatlar – "donorlar" deb ataladi. Odatda, emigratsiya mamlakat ichki mehnat bozoridagi vaziyatni yaxshilaydi, birinchidan, qisman ishsizlik kamayadi, ikkinchidan, xorijda ishlashdan so'ng malakali ishchilar qaytib keladi. Bundan tashqari, emigratsiya mamlakatlari chet elda ishlaydigan fuqarolaridan valyuta o'tkazmalarini olish imkoniyatiga ega. Kamchiliklari mehnat resurslarining bir qismi va eng mehnatga layoqatli yoshdagi oqimlardan iborat. «Donor»-mamlakatlar, emigrantlarga aylangan shaxslarning 1 Дерен В.И. Мировая экономика. Смоленск, 2016. С. 215. 113 umumiy ta'lim va kasbiy tayyorgarligi uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini yo’qotadi. Immigratsiya mamlakatlari «qabul qiluvchi» mamlakatlar deb ataladi. Ushbu mamlakatlar uchun "afzalliklar" quyidagilar: birinchidan, muhojirlarni o'qitish uchun muayyan tejamkorlik, ikkinchidan, ish haqi tejalishi, chunki xorijiy ishchilarning ish haqi darajasi milliy xodimlarning ish haqi darajasidan pastroqdir. Shu nuqtai nazardan, mehnat bozorining ikki turi ham mavjud: "xorijiy" va "milliy" mehnat bozori, uchinchidan, muhojirlar hisobiga ichki iste'mol tovarlari bozorining hajmi kengaymoqda, to'rtinchidan, bank hisoblarida saqlanadigan muhojirlarning vaqtincha bo'sh mablag'lari iqtisodiyotni moliyalashtirish uchun ishlatilishi mumkin. to'rtinchidan, muhojirlarning vaqtincha bo'sh pul mablag’lari, bank hisob raqamlarida saqlanadi va ulardan iqtisodiyotni moliyalashtirish uchun foydalanish mumkin. Nihoyat, muhojirlar mehnat resurslarining yosh tarkibini yoshartirish yo'nalishida o'zgartirishda muhim rol o’ynaydi. Immigratsiyaning «qabul qiluvchi» mamlakatlar uchun kamchiliklariga bir tomondan, xorijliklarga qarshi kamsitishning paydo bo’lishi, boshqa tomondan mahalliy aholining noroziligi oshishini kiritish mumkin. Bundan tashqari, ijtimoiy-iqtisodiy, axloqiy va mafkuraviy muammolar mavjud. Shuning uchun migratsiya jarayonlarini milliy va millatlararo tartibga solish zarur. 11.3-jadval Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling