Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/91
Sana24.12.2022
Hajmi1.31 Mb.
#1056334
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   91
Bog'liq
yangi oquv

Erkin iqtisodiy zonalar – shunday geografik hududki, ularda 
mamlakatda qabul qilingan normal xo'jalik faoliyat yuritishi tartibiga 
qaraganda nisbatan imtiyozli soliq to‘lash tartibi joriy etiladi.
Erkin savdo siyosati – tashqi savdodagi to‘siqlami minimallashtirish 
siyosati.
Eksportni ixtiyoriy cheklash – rasmiy davlatlararo yoki tovar 
eksportiga norasmiy kvota belgilash to‘g‘risida savdodagi hamkor 
tomonidan savdoni cheklash yoki eksportni kengaytirmaslik 
to‘g‘risidagi majburiyatiga asoslangan eksportni miqdor jihatidan 
cheklash.
Eksportni kreditlash – tashqi savdoning notarif moliyaviy metodi 
bo‘lib, davlat tomonidan milliy firmalar eksportini rivojlantirish uchun 
moliyaviy rag'batlantirishni ko‘zda tutadi.
Eng qulay savdo rejimini yaratish – bu xalqaro savdo 
shartnomalarida qat’iy belgilangan shart bo‘lib, shartnoma tuzuvchi 
shartnomalarining bir-biriga barcha huquq, afzallik va imtiyozlami 
taqdim etish ko‘zda tutilgan bo'lib, ushbu mamlakatlar yoki uchinchi 
davlat ulardan foydalanilishi mumkin.
Emigratsiya – mehnatga layoqatli aholining mamlakat hududidan 
ko‘chib ketishi.
Erkin konvertirlanadigan valuta – har qanday xorijiy valutaga erkin 
va cheklanmagan miqdorda ayirboshlanadigan valuta.


142 
Erkin savdo zonasi – tarif va boshqa cheklovlar bekor qilingan holda 
erkin savdo olib borish imkoni bo‘lgan hudud.
GATT – dunyoning yetakchi mamlakatlari tomonidan xalqaro 
savdodagi cheklovlarni kamaytirish bo‘yicha tuzilgan ko‘p tomonlama 
hukumatlararo kelishuv.
GATS – xizmatlar savdosi bo'yicha ko‘p tomonlama hukumatlararo 
kelishuv.
Globallashuv 
– 
jahon 
iqgisodiyotining 
integrasiyalashuv, 
transmilliylashuv va baynanmilallashuv jarayonlari. 

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling