141
Demping – savdo siyosatining moliyaviy metodi bo'lib, tovarni tashqi
bozorga mamlakatdagi mavjud normal bahoga qaraganda past
baholarda eksportga chiqarish.
Davlatning migratsiya siyosati – ishchi
kuchi eksporti-importini
tartibga solishga qaratilgan davlat siyosati.
Devalvatsiya – milliy valuta kursining kamaytirilishiga qaratilgan
tadbir. Derivativlar – biron-bir moliyaviy dastakning hosilaviy shakli.
Eksport – tovarlami xorijga olib chiqib ketishni ko‘zda tutuvchi
tovarlar savdosi.
Eksportga yo‘naltirilgan siyosat – ayrim
tovarlami tashqi bozorga
chiqarish uchun ushbu tovarlami ishlab chiqarishga ixtisoslashish
(Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari).
Eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiy rivojlanish modeli –
milliy
iqtisodiyotning ustun darajada tashqi bozorga, iqtisodiyotning
eksportga yo ‘naltirilganligini ta’minlashga
qaratilgan iqtisodiy
rivojlanish modeli.
Do'stlaringiz bilan baham: