Iqtisodiy va valuta ittifoqi – ishlab chiqarish omillarining erkin
harakati ta’minlangan, ijtimoiy-iqtisodiy, jumladan, sanoat, qishloq
xo‘jaiigi, transport, energetika, valuta-moliya sohalarida yagona siyosat
amalga oshirilayotgan, umumiy valuta muomalaga kiritilgan
mamlakatlar guruhi.
Jahon iqtisodiyoti – xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimi orqali
o‘zaro aloqada bo'lgan milliy iqtisodiyotlar yig'indisi.
Jahon xo‘jaligi – bir-biri bilan harakatchan ishlab chiqarish omillari
orqali bog'langan milliy iqtisodiyotlar yig‘indisi.
Jahon bozori – xalqaro mehnat taqsimoti va boshqa ishlab chiqarishga
asoslangan barqaror tovar-pul munosabatlari sohasi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi – jahon iqtisodiyotining
tovarlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchi va texnologiyalarning yagona
bozoriga aylanish jarayoni.
Ko‘pmillatli korporatsiyalar (KMK) – bosh kompaniya ikki va
undan ortiq mamlakat kapitaliga tegishli bo‘lib, xorijiy bo‘limlari turli
mamlakatlarda joylashgan korporatsiyalar.
Kooperastiya qilish - yakuniy mahsulotni birgalikda tayyorlash
bo’yicha uzoq muddatli to’g’ridan-to’g’ri xo’jalik aloqalarini o’rnatish.
Listenziya - qonunda belgilangan muayyan xo’jalik operastiyalari,
jumladan, tashqi savdo (eksport va import) operastiyalarini amalga
oshirish bo’yicha, vakolatli davlat idoralarining huquqiy shaxslarga
beruvchi maxsus ruxsatnomasi.
Litsenziyalash – davlat mutasaddi organlari tomonidan tashqi iqtisodiy
faoliyatga ruxsat berish orqali eksport yoki import qilinayotgan
tovarlami muayyan vaqt mcbaynida ma'lum miqdorda eksport yoki
import qilishga ruxsat berish.
Litsenzion to‘lov – litsenziat tomonidan shartnoma predmetidan
foydalanganligi evaziga litsenzialarga to'lanadigan to'lov.
Litsenziya – texnologiya egasi (litsenziar) tomonidan manfaatdor
tomonga
(litsenziatga)
patent
bilan
himoyalangan
yoki
himoyalanmagan texnologiyadan muayyan muddat va to‘lov evaziga
foydalanish uchun beriladigan ruxsatnoma.
144
Do'stlaringiz bilan baham: |